Muloqot madaniyati


Download 27.08 Kb.
bet2/4
Sana22.04.2023
Hajmi27.08 Kb.
#1380610
1   2   3   4
Bog'liq
7-variant

Xususiy mulk - ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor iqtisodiyotidagi xilmaxil mulklar orasida yetakchi mulk shakli. Xususiy mulkning obʼyekti moddiy va moliyaviy boyliklar, ish kuchi, intellektual mehnat mahsuli, yer, suv, yer osti boyliklari, korxonalar, xoʻjaliklar, aksiya va obligatsiyalar, pul mablagʻlari, transport vositalari, turar joy, isteʼmol tovarlari, mehnat qobiliyati, ishbilarmonlik mahorati, ilmiy kashfiyotlar, texnikaviy ixtirolar, sanʼat va adabiyot asarlari va boshqalar boʻlishi mumkin. Xususiy mulk subʼyekti unga egalik qiluvchi kishilar, ayrim shaxslar va xonadon axli xisoblanadi.

Xususiy mulk mulkchilikning eng koʻhna shakli, bundan bir necha ming yillar oldin qabila, urugʻaymoklarning jamoa mulkidan oʻsib chiqqan jamoa mulki ayrim kishilar qoʻliga oʻtib Xususiy mulkga aylangan. Xususiy mulk anʼanaviy va bozor tizimida asosiy mulk hisoblangan. Rejali iqgisodiy tizim xususiy mulkni yoʻqotib davlat mulkini oʻrnatgan, isteʼmolga xizmat qiluvchi mulkni, jumladan uyroʻzgor buyumlari va tomorqa xoʻjaligini shaxsiy mulk, deb eʼlon qilgan. Rejali tizimdan bozor iqgisodiyotiga qaytilgach, Xususiy mulk yangidan tiklanadi. Bunga quyidagi yoʻl bilan erishiladi: 1) davlat mulki Xususiy mulkga aylantiriladi; 2) uz mablaga xisobidan xususiy mulkni yaratishga ruxsat beriladi; 3) jamoa (kolxoz) mulkidan xususiy mulk ajralib chiqadi; 4) shaxsiy mulk xisoblangan tomorka va xonadon molmulkiga Xususiy mulk maqomi beriladi; 5) Xususiy mulk chet eldan kirib keladi, mavjud mulkchilik tizimiga qoʻshiladi.
Bozor iqtisodiyotiga xos mulkiy poliformizmni Xususiy mulk transformatsiyasi yuzaga keltiradi. Xususiy mulk oʻz sohiblari ixtiyori bilan birlashganda jamoa mulki hosil boʻladi. Xususiy mulk milliylashtirilganda u davlat mulkiga aylanadi.
Xususiy mulk bozor iqtisodiyotining tayanchi sifatida bir qator belgilar bilan tavsiflanadi: Xususiy mulk iqtisodiy resurslar, yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, umuman boylikni yakka tartibda ayrim kishilar yoki oilalar tomonidan oʻzlashtirilishini taʼminlaydi. Xususiy mulk sohiblari turli toifadagi kishilar, chunonchi tadbirkorlar, ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, yer egalari va rantyelar boʻlishi mumkin. Xususiy mulk oʻz egasiga iqtisodiy hokimiyat beradi, yaʼni uni boshqarish funksiyasi bilan taʼminlaydi. Mulk obʼyektini mulqdorning oʻzi yoki uning nomidan menejerlar boshqaradi. Xususiy mulk oʻz soxibiga naf keltirishi shart. Xususiy mulk oʻz soxibiga iqgasodiy mustaqillik beradi, yaʼni mulk soxibi uni uz bilganicha ishlatadi. Mulk egasi muqobil iktisodiy tanlov qoidasiga binoan, nima ish qilishini belgilab oladi, u mulkini biznesga qoʻyadi, sotadi, garovga beradi yoki merosga qoldiradi.
Xususiy mulk iqtisodiy roʻyobga chiqishi — oʻz egasiga mulkiy daromad keltirishi yoki uning isteʼmol ehtiyojini qondirishi kerak. Davlat qabul qilgan qonunlar va yozilmagan qoidalar, yaʼni shakllangan anʼanalar va mulkiy udumlar Xususiy mulkga egalik qilishni, mulkiy huquqni taʼminlaydi. Oʻzbekistonda Xususiy mulk daxlsizligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va mulk toʻgʻrisidagi qonunlarda eʼtirof etilgan.

Download 27.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling