Muloqotning psixologik tahlili. Muloqot psixologiyasining predmeti muloqot madaniyati


Download 15.93 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi15.93 Kb.
#1229895
Bog'liq
muloqot psixologiyasi


Muloqotning psixologik tahlili.
Muloqot psixologiyasining predmeti – muloqot madaniyati
muloqot texnikasi,muloqot etikasini o`rganishdan iborat.
Muloqot faqat insonlarga xos bo`lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida
bir-birlari bilan muloqotda bo`lish ehtiyoji tug`iladi. O`zaro muloqotda esa, tabiiyki
kishilik jamiyati vujudga kelishining eng asosiy unsuri hisoblanadi.
Psixologiya lug`atida muloqot tushunchasiga ikki xil ta`rif beriladi:

  1. Muloqot – hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa

o`rnatish va uni rivojlantirish jarayoni;

  1. Muloqot – belgilar tizimi orqali subyektlarning o`zaro ta`sirlashuvi.

Muloqot psixologiyasi fani psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog`liq
holda rivojlanadi. Jumladan, pedagogik psixologiya bilan uzviy bog`liq. Pedagogik
muloqotda ta`lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, o`qituvchi va o`quvchi munosabatlari, o`qituvchi psixologiyasi, maktablarda ta`lim – tarbiya
jarayonlarini boshqarish muhim o`rinni egallaydi.
Ijtimoiy psixologiya fanida muloqot tarkibi (struktura) muammosi muhim o`rin
tutadi. Chunki muloqot tuzilishini aniqlab olish uning tarkibidagi har bir elementni
alohida tahlil qilish imkonini beradi. Muloqotning asosiy tarkibi quyidagi elementlardan tashkil topgan, deb hisoblanadi. Bular; Kommunikatsiya, interaksiya, ijtimoiy persepsiya.
Muloqotning kommunikativ tomoni muloqot ishtirokchilari o`rtasidagi axborot
almashinuvidan, interaktiv jihati muloqot ishtirokchilarining o`zaro ta`sirlashuvidan, perseptiv tomoni esa muloqot ishtirokchilarining muloqot
jarayonida bir-birini idrok etishi va bilishidan iborat.
Ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy guruhlar, jamoalaning psixik namoyon bo`lishi
katta guruhlar – jamoalarning kayfiyati, tafakkuri, raqobati kabilarni o`rganadi.
Boshqaruvda rahbarlarda nutq qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, hodimlar
bilan til topa olish uchun muloqot psixologiyasini bilish zarur.
Muloqot din psixologiyasi uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Din psixologiyai diniy ong xususiyatlari, uning psixologik va ijtimoiy asoslari, vazifalari, tizimi, his -tuyg`ular, diniy guruhlar psixologiyasini o`rganishda albatta muloqot xususiyatlari,
muloqot madaniyatini bilishga asoslanadi. Demak, muloqotpsixologiyasi psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog`liq holda rivojlanadi.
Download 15.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling