Muloqotning yoshga xos xususiyatlari


Download 120.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi120.69 Kb.
#229819
  1   2
Bog'liq
MULOQOTNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI(2)



MULOQOTNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI 

 

SAVOLLAR: 



 

1. Bola tili deganda nimani tushunish mumkin?  

2.  Maktabgacha yoshdagi bolalar qanday muloqotda bo'ladilar?  

3. O'smirlar bilan o'spirinlar muloqoti o'rtasida qanday farq bor?  

4.  Kattalar bir-birlari bilan muloqotda qaysi usullaridan foydalanadilar?    

5. Muloqot madaniyati nima?  

6.  EGO holatiga qanday xususiyatlar kiradi?  

7. Muloqotning mazmuni nimaga bog'liq?  

8. Transaksiya nima?  

9. Qiziqarli muloqot qachon yuzaga keladi?  

lO.Transakt tahlilga ko'ra muloqotdagi nizoning sabablari nimada? 

 

Javoblar: 



1.  Kattalar o'yinchoqlar tilidan bola bilan muloqotda bo'lishlari muhim ahamiyatga ega.  

O'yinchoq  o'ynaganda  bolalar  uni  qimirlatishga  va  og'ziga  solishga,  ichini  ochib 

ko'rishga  harakat  qiladilar.  9  oylik  bolalarga  endi  o'yinchoqdan  tashqari  qog'oz,  qalam 

ham  berish  kerak.    Shunda  bolada    yozma    nutqni,    rasmlar  chizish    elementlarini 

shakllantirish  mumkin  bo'ladi. O'yin  orqali  bolalarda  sezgi,  idrok,  xotira,  fikrlash,  

fantaziya,  hayolot  kabi  ruhiy  jarayonlar,  ruhiy  xususiyatlar  shuningdek,  xarakter 

xislatlari,  qobiliyat  turlari,  temperament  (mijoz)  tiplari  rivojlanadi.  

Bolalarning    nutqini,    muloqotini    rivojlantirishda    kattalar    muhim    rol  o'ynaydilar.  

Bolaning  ongini  o'stirish  uchun  o'yinchoqlar  va  o'yin  turlaridan ko'proq foydalanish 

yaxshi natija beradi. 




2.  Maktabgacha    yoshdagi    bolalar    o'yinda    taqlid    qilish    orqali  kattalaming    hatti-

harakatlari,    o'zaro    munosabatlarini    ifodalaydilar.  Bu  ularda  muloqot  rivojlanishiga 

yordam beradi. 

Kichik    maktab  yoshidagi    o'quvchilarda    o'yin    faoliyati    o'ziga    xos  xususiyatga  ega.  

Ular  ko'proq  harakatli,  sport  xarakteridagi  o'yinlami  o'ynaydilar.O'smirlarda,    ayniqsa,  

5—6-sinf  o'quvchilarida  o'yinga  bo'lgan ehtiyoj saqlanib qoladi.  Tanaffus paytlarida, 

darsdan bo'sh vaqtlarida o'smirlar  o'yin  faoliyati  bilan  ham  shug'ullanadilar.  Ularda  

o'yin  orqali    muloqot    shakllari    rivojlanadi.Umuman  o'yin  faoliyati  bolalar  hayotida 

muhim  o'rin egallaydi. 

3.  Rahbarlar  har  bir  suhbatdoshning  yoshini,    tajribasini,    malakasini  hisobga  olgan 

holda  munosabatda  bo'lishi  maqsadga  muvofiq.    Masalan,  o'smirlarga,  o'spirinlarga 

alohida,  kattalarga alohida, ishchilarga, oliy ma’lumotlilarga alohida muloqotda bo'lish 

kerak. 


Rahbarlar  har  bir  suhbatdosh  bilan  uning  individualligini    hisobga  olgan    holda  

munosabatda  bo'lishi    lozim.    Chunki  har  bir  xodimning  o'ziga    xos    temperamenti  

(mijozi),    xarakteri    (tabiati),    qobiliyati  (iqtidori,  layoqati),  odatlaribor.  Ulami 

o'zgartirish  juda  qiyin,  shuning  uchun    rahbarlar    xodimlarni    doimo    kuzatishlari,  

ularning    ruhiy  xususiyatlarini  o'rganishlari  lozim.  Shunda  ular  bilan  to'g'ri  muloqotda 

bo'lishlari  oson bo'ladi.  Rahbar xodimlariga doimo jonkuyar,  g'amxo'r,  vaqti kelganda 

talabchan, to'g'ri munosabatda bo'lishi kerak. 

4.  Bolalarning    kattalar  bilan    muloqotga  kirishish  ehtiyoji  7  yoshgacha  bir  nechta 

bosqichlarda rivojlanib boradi: 

1)  e’tibor va  hayrixohlikka  ehtiyoj  paydo bo'ladi; 

2)  kattalar  bilan  hamkorlik  qilish  ehtiyoji  tug'iladi; 

3)  awalgi  barcha  ehtiyojlarning  kattalar  tomonidan  hurmat  

qilinishiga ehtiyoj tug'iladi; 




4)  maktabgacha tarbiya  yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o'zaro  

bir-birini tushunish  ehtiyoji vujudga keladi. 



5.  Rivojlanib    borayotgan    jamiyatimizda    sog'lom    avlodni,    komil  insonlami  voyaga 

yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri 

muloqot  madaniyatidir.  Yetarlicha  shakllanmagan  muloqot  madaniyatisiz  sog'lom 

ijtimoiy  munosabatlami  o'matish    mushkul.  Muloqot    bilan    bog'liq    muammolar  

psixologiya  fanida  chuqur  o'rganilgan.  Unga  tayanib  insonning  ruhiy  taraqqiyotini, 

uning  atrofdagilar  bilan  bo'ladigan  aloqasini,  individning  shaxs  bo'lib  shakllanishini  

muloqotsiz    tasavvur    qilib    bo'lmaydi,    degan    xulosaga  kelish    mumkin.    Chunki  

muloqot    ham    insonning    o'ziga    xos  ehtiyojlaridan  biri.    Insonning  go'daklik  va 

o'smirlik  davrlarida  muloqot  yetakchi,  ya’ni  yangi  psixologik  xususiyatlarning 

shakllanishiga bevosita ta.’sir ko'rsatuvchi faoliyat sifatida gavdalanadi. 



6.  Shaxs  uch  EGO  holatini  o'z  ichiga  oladi:  bolalik,  ota-onalik,  katta  odam.  Boshqalar 

bilan  bo'lgan  munosabatning  har  bir  daqiqasida  individ  shundayholatlardan  birida  

bo'ladi.    Transaksiya    nima?    Insonlar    o'rtasidagi  muloqot    jarayonida    turli    signallar  

almashinadi.    Ushbu    signallar  transaksiya  deyiladi.  Transaksiya  bu  —  muloqotga 

kirishayotgan  individlar  EGO    holatlarining    o'zaro    ta’siridir.    Har    biri    stimul    va  

javob  transaksiyalardan  iborat.  Transaksiya  muloqot  ishtirokchilaridan  birini  EGO  

holatidan  olib  chiqadi,  birini  bu  holatga  yo'naltiradi. 

7. Muloqotning bu uch  tomonining birligi  muomalaga  kirishuvchi kishilaming o'zaro  

munosabati    va  hamkorlikdagi    faoliyatini    tashkil  etish    usuli    sifatida    namoyon  

bo'ladi.    Muloqotning    mazmuni    —  axborot    almashish,    o'qituvchi    tomonidan    turli  

kommunikativ  vositalar    yordamida    o'quvchilar    bilan    o'zaro    tushunish    va    o'zaro 

munosabatlami  tashkil  etishdir.    Pedagoglaming  tarbiyaviy  va  didaktik  vazifalarini  

o'qituvchi    hamda    o'quvchilar    jamoasi    o'rtasida  munosabatlami    ta’minlamay  turib  

amalga  oshirib  bo'lmaydi. 


Download 120.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling