Сохранить параметры при выходе (save Settings on Exit) amalga oshirilsa, barcha moslashtirishlar keyingi seanslarda ham ishlatiladi, ya'ni saqlanadi;
Выводить всплываюшие подсказки (show tool tips)-“sichqoncha” ko’rsatkichi taqalganda, uskuna tugmalarini nomlari bilan bir vaqtda ilova yoki izohlar ifodalanadi.
Ознакомительное воспроизведение (Show tool Tips)- hisoblagichda sekundlarda ifodalanadigan, Into Play rejimida har bir asarni eshittirish uchun zarur vaqt saqlanadi.
Шрифт (Displey font) sohasivaqt ko’rsatkichida kichik (Small font - Мелкий) yoki katta (Large font- Крупный) shriftni tanlash imkonini beradi.
Simulatorlar: o’quv yurtlarida qo’llash perspektivalari
Bu punktda o'quv jarayonida simulatorlarning tutgan o'rni hamda ular haqida misol va qisqacha ma’lumot berilgan.
O'quv jarayonida modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadim-qadimdan o'quv-o'rganish mobaynida modellardan foydalanib kelingan. Simulatorlar o'quv jarayoning qariyb barcha jabhalarida: boshlang'ich ta'limdan boshlab oliy o'quv yurtlarigacha, oddiy til o'rganishdan to mexanika sohalarigacha qo'llanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda xattoki meditsina sohasida ham simulatorlardan foydalanilmoqda. Ammo biz ushbu maqolada asosiy e'tiborni komputer simulatorlariga qaratamiz.
Komputer simulatorlaridan asosan ikki yo'nalishda foydalanish mumkin: haqiqiy ob'ektlarni modellashtirish hamda ushbu modellarni rivojlantirish. Hayotiy ob'ektlarni modellashtirishda eng sodda chiplardan tortib butun boshli murakkab komputer tizimlarigacha virtual prototiplarini yaratish mumkin. O'quvchilar ushbu virtual modellarni o'rganish jarayonida ularning ishlash prinsip va usullarini yanada takomillashtirishlari ham mumkin bo'ladi.
Avval o'quv jarayonida simulatorlardan foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlari bilan tanishib chiqamiz. Undan keyin axborot texnologiyalar olamida keng qo'llaniladigan simulatorlar, NS2 hamda OMNet++, bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Maqolani qisqacha xulosalarimiz bilan yakunlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |