Multimedia vositalari
Download 31.21 Kb.
|
1 2
Bog'liqMultimedia vositalari
MULTIMEDIA VOSITALARI Reja: Multimedia vositalari Multimedia Viewer Publishing Toolkit nomli dasturlar paketi Multimedia yaratishga mo‘ljallangan asosiy amaliy dasturlar. KIRISH Multimedia yaratishga mo‘ljallangan asosiy amaliy dasturlar Power Point, Macromedia Flesh, Adobe Photoshop, Corel Draw, Adobe Director, Multimedia Builder,Sound Recorder va boshqalar yaratuvchi va o‘rgatuvchi dasturlar. Multimedia texnologiyasining nazariy va amaliy asoslari - informatika va zamonaviy axborotlar texnologiyasi asoslariga borib taqaladi. Multimedia – dastlab vosita sifatida axborotlarni birato‘la tovush, video, grafika, matn, tasvir, animatsiya berilgan holda uzatish va saqlash usuli (muhiti) sifatida shakllandi. Shakllanish, asosiy texnik ta’minoti bo‘lgan kompyuter va uning axborotni, nutqni kiritish va chiqarish qurilmalari, skanerlar, video va audio platalari, videoqamrash platalari orqali amalga oshiriladi. Dasturiy ta’minotda esa multimedia vositasi mazmunini ifodalash algoritmini tuzish va dasturlash muhim rol o‘ynaydi. Amaliy ta’minotda multimediali darsliklar, kompakt disklar, taqdimotlar, slaydlar, shuningdek, kompyuterda mavjud dasturlar (Macromedia Flash, Power Point, Paint, Corel Draw) va telekommunikatsiya vositalaridan keng foydalaniladi. Hozirgi vaqtda axborot texnologiyalari tezkorlik bilan rivojlanib zamonaviy multimedia texnologiyalariga aylandi. Shu boisdan, u o‘nlab yo‘nalishlar va sohalarga tatbiq etilib kelinmoqda. Ta’lim jarayoniga esa 1990 yillardan boshlab kirib keldi. Multimedia texnologiyasining bir nechta ta’riflari mavjud bo‘lib, shulardan birini keltiramiz. «Multimedia texnologiyasi- informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (obyektlarning fazodagi harakati) samaralari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan ko‘rinishidagi texnologiyasidir”. Bu yerda shuni ta’kidlash kerakki, multimedia axborot(material) shakllantirilishi uchun kamida uning uchta elementi (nutq, tasvir va animatsiya) qatnashishi shart. Masalan, radioeshittirishda beriladigan axborotni yoki teleko‘rsatuvlarda ko‘rsatiladigan ovozsiz tasvirlarning o‘zi multimedia bo‘la olmaydi. Animatsiya yaratuvchi dasturlar, videofayllarni ko‘rish (Media Player dasturi) multimedia tizimida ishlaydigan kompyuterlar uchun, kamida MS Windows 3.0 versiyasidagi va undan yukori bo‘lgan operatsion sistemasi mavjud bo‘lishi shart. IBM va Microsoft firmalarining birgalikdagi ishlari natijasida ma’lumotlarni turli formatlarini ta’riflaydigan spetsifikatsiyalar va dasturiy interfeyslar yaratilgan. Windows muhitida multimedia dasturlarini amalga oshirish uchun Microsoft firmasi tomonidan Multimedia Viewer Publishing Toolkit nomli maxsus dasturlar paketi ishlab chiqilgan. Bu paket quyidagi qismlardan iborat: Multimedia Extension – tarkibida biblioteka, drayverlar va dasturlar mavjud. Ular Windows operatsion tizimining multimedia funksiyalari bilan ishlash uchun imkoniyatlarni kengaytiradi; API (Application Programming Interface) – tarkibida SI dasturlash tili uchun muljallangan bibliotekalar, dastlabki fayllar, dasturlarda xatolarni aniklaydigan otladchik.; VAT (Viewer Author Toolkit) – bu kism multimedia vositalarini ishlab chikuvchilar uchun muljallangan. Masalan, matn, tasvir, tovush, animatsiya bilan ta’minlangan takdimotlarni yaratish va namoyon etish; DPT (Data Preparation Tools) - tovushli, tasvirli fayllarni yaratish uchun mo‘ljallangan dasturlardan iborat bo‘lib, ular kerakli format shaklida qayta ishlanishi kerak; BitEdit va PalEdit dasturlari yordamida rastrli tasvirlarni kayta ishlash mumkin. Bu ikkita taxrirlagich ma’lumotlarni multimedia dasturlarida tayyorlash uchun ishlatiladi. Ular TGA, TIFF, GIF, BMP PCX formatli tasvirli fayllarni ukish va saklab kolish uchun muljallangan; WaveEdit taxrirlagichi tovushli fayllarni yuklaydi va kayta ishlaydi. Turli diskret chastotali va razryadli fayllarni yuklash mumkin yoki signal amplitudasini o‘zgartirish, fonni o‘zgartirish, ma’lumotlarni kesish yoki qo‘yish mumkin; konvertatsiya programmasidan foydalanib rastrli, rangli palitrali, tovushli fayllarni o‘zgartirish mumkin; redaktor File Walker taxrirlagichi turli tipdagi fayllar bilan pastrok pog‘onada ishlash uchun mo‘ljallangan; Xozirgi paytda multimedia tizimlarida fayllarni turli formatlarga konvertatsiya kilish imkoniyatlari kengaytirilayapti. Axborotni kodlashtirish va sikish tizimlari yaratilgan. Videoqamrov, video va audioeshittirishga (video va audio pleyer) mo‘ljallangan dasturlar mavjud. Quyida multimedia mahsulotlari ishlab chiqishga mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlarni qisqacha sharhlab o‘tamiz. Microsoft PowerPoint Ushbu mahsulot dasturiy ta’minotlar orasida taqdimot yaratishga qaratilgan eng yetakchi mahsulot hisoblanadi. U Microsoft Office paketining tarkibiga kiradi. Har bir yangi versiyasi yangi imkoniyatlarga ega bo‘ladi. U taqdimot tayyorlash uchun oldindan ishlab chiqilgan shablonlardan iborat. Dasturiy mahsulot audio va video fayllar, animatsiyalarni hosil qilish, har xil diagrammalar yaratish, taqdimotni himoyalash, fotoalbomni avtomatik generatsiyalash funksiyalariga ega. Adobe Director SD va DVD disklarda, ijtimoiy terminallarda, shuningdek, Internetda e’lon qilinadigan ilovalar va axborotlar bilan to‘ldirish, amalga oshirishda tayyor multimedia vositalaridan bir necha bora foydalanish imkoniyatini beradi. Ilova multimedia materiallarini qayta ishlash sohasida amaliy jihatdan cheklanmagan imkoniyatlarni taqdim etadi. Foydalanuvchining ixtiyorida materiallarni har xil platformalarda e’lon qilish vositalari, shuningdek, DVD-Video formatlarni qo‘llab-quvvatlash, ikki tilda ssenariylar yozish va bularning hammasini Flash paket bilan integratsiyalashgan holda hal etish imkoniyati bor. Multimedia formatlarining ko‘p miqdorli qo‘llab-quvvatlanishi tufayli Director ish jarayonini optimallashtirishga yordam beradi. Taqdim etilayotgan ishlab chiqish muhiti multimedia axborotlarini yaratish uchun zarur barcha vositalarni ta’minlaydi. Interfaol audio va video-fragmentlar, vektor va grafiklar, har xil shriftlar va boshqalarning qo‘shilishi mahsulotdan foydalanuvchilarning diqqatini jalb qiluvchi jozibaga ega bo‘ladi. Foydalanuvchi uchun qulay interfeys Adobe mahsulotlari seriyasining barchasi uchun yagona, ishning samarasini ancha oshiradi va Adobe Flash paketidan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Opus Presenter Pro – interfaol taqdimot uchun instrument bo‘lib, interfaol o‘rgatuvchi materiallar katalogini namoyon etadi. PowerPoint bilan raqobatlasha oladigan va interfaolligi jihatidan ustunlikka ega bo‘lgan mahsulot. MatchWare Mediator – interfaol taqdimotlarni yaratish uchun professional instrument. Uni asosiy imkoniyatlarni oshirish uchun xizmat qiladigan skriptlar qo‘llab-quvvatlaydi. Multimedia Builder – CD/DVD disklarning, taqdimotlarning, multimedia ilovalarining, MP3-pleyerlarning, o‘yin va boshqalarning avtomatik ishga tushishini ta’minlash menyusini yaratish imkonini beradi. U foydalanuvchiga Windows-ilovalarni, grafiklarni, animatsiyani, musiqani mukammal tuzishga olib keladi. Mazkur dastur boshlovchilar hamda mutaxassislar (professionallar)ga ham qo‘l keladi. 276 Multimedia Builder foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan katta bo‘lmagan mustaqil yexe-ilovalarni yaratadi. Foydalanuvchi uning yordamida murakkab tillarni o‘rganish uchun vaqt sarflamasdan multimedia dasturlarini tuza oladi. Multimediya-gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi.Axborotning xilma-xil turlari:an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original(nutq musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari:mikrofon, audio tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi. Multimediya vositalari o’qitish jarayonida foydalanish o’qitishning sifatini va samarasini oshirib o’rgatishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Multimediya vositalari bilan olib borilgan dars o’quvchining darsga bo’lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini oshiradi. Multimediya vositalari - kerakli fan, mavzu, darsni o’quvchining o’zi tanlab o’rganish imkonini beradi. O’qituvchining bevosita ishtirokisiz xam o’quvchi o’z ustida ishlash mumkin bo’ladi. Hozirda multimediya degan so’z kundalik faoliyatimizda juda ko’p ishlatilmokda. Ta’limda multimediya texnologiyasini tadbiq etish uchun dastlab, "Multimediya nima o’zi?" degan savolga javob beraylik. Кo’pgina mutaxassislar bu atamani turli xil izohlamoqdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib multimediyaga shunday ta’rif berish mumkin: Multimediya - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning an’anaviy va original turlari asosida o’quv materiallarini tinglovchilarga etkazib berishning mujassamlashgan xoldagi ko’rinishidir. Multimediya hozirda juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasi bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi: - an’anaviy axborot turlari: matn, jadval, turli xil bezaklar va original axborot turlari (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya ko’rinishidagi axborot turlari); - video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessorning xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati, tezkor va video-xotira, katta si\imli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi; - "inson-kompyuter- inson" interaktiv muloqotining yangi darajasining ta’minlanishi, muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni olishdir. Ta’lim jarayonida multimediya vositalari yordamida darslarning samaradorligini oshirish asosida tinglovchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda o’qitishning bu usulini ta’lim sohasining yo’nalishlari buyicha tadbiq qilmoqda. Hozirda sotilayotgan har bir kompyuterni multimediya vositalarisiz tasavvur etish qiyin. Кasbiy ta’limda multimediya vositalarining afzalliklari va muammolari Ta’lim sohasiga 70-yillarda ilk bor kompyuterlarning tatbiq etilishi ancha samarasiz bo’ldi. Bu samarasizlik o’sha paytlarda texnikaviy va dasturiy vositalarni ishlab chiqarish sifatini nihoyatda pastligi hamda dasturiy vositalar unchalik ham moslanuvchan emasligi bilan izohlanar edi. Hozirda amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimediya vositalari yordamida tingloavchilarni o’qitish ikki barobar samarali bo’lmoqda. Ma’lumki, eshitgan materialning to’rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo’lsa, tinglovchilarga berilayotgan materiallarni video orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 35-70 foizgacha oshadi. Shuningdek, mazkur o’quv dasturlar audio, video va grafika ko’rinishida mujassamlashtirilgan xolatda tinglovchilarga berilsa, materialarni xotirada saqlab qolish 70-95 foizga oshishi kuzatilmokda. Ta’lim sohasida multimediya vositalari yordamida tinglovchilarga bilim berish afzalliklari: 1. Ta’lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyatining mavjudligi. 2. Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqini yanada oshishi. 3. Dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishilishi. 4. Olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlab qolinishi va uni amaliyotda qo’llash mumkinligi. Multimediyani ta’lim jarayoniga qo’llashning ayrim muammolari ham mavjud: 1. Ta’lim uchun zarur bo’lgan o’quv materiallarini hamda boshqa zaruriy ko’rsatmalarni qo’llanma shaklida kompyuter dasturlari ko’rinishida ishlab chiqish. 2. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari uchun multimediya elementlarini qo’llash. O’quv materiallarini ishlab chiqishda hozirda Respublikamizda ma’lum bir ishlar qilinmokda. Bunga etakchi mutaxassislar jalb qilingan va o’quv materiallari ta’lim yo’nalishlari bo’yicha yaratilmoqda. Multimediya texnologiyasini texnik ta’minoti va ularga qo’yiladigan talablar Multimediya texnologiyasini ta’limda qo’llash uchun quyidagilarga asosiy e’tiborni qaratish lozim: 1. Кamida 80486 mikroprosessorli shaxsiy kompyuter. 2. Mikroproseesorning taktli chastotasi kamida 66 mGs 3. bo’lishi kerak. 4. Operativ xotira kamida 4 Mbayt bo’lishi kerak. 5. Vinchesterning xajmi kamida 400 Mbayt bo’lishi kerak. 6. 1.44 Mbaytli disketa. 7. Ikki tugmali "Sichqon" tipidagi manipulyator. 8. 7. 101 klavishli klaviatura va DIN standarti bo’yicha ulash uchun bo’linma. 9. 640x480 piksel (256 rang bo’lganda) yoki 800x600 piksel (16 rang bo’lganda) grafik rejimini ta’minlay oluvchi VGA tipidagi displey va adapter. 10. Кompakt disklar uchun CD-ROM diskovodi. 11. Кamida parallel ikkita yo’nalishli bitta interfeys. 12. Shaxsiy kompyuterga ulash mumkin bo’lgan bo’sh telefonlar yoki ovoz kuchaytirgich. 13. 12.Кirish va chikish MIDI porti. 14. 13.MPC (Multimedia Personal Computer) bilan mos keluvchi 15. audioadapter. Qayd etilgan talablar kerakli multimediya ilovasini ishini amalga oshirish imkonini beradi. Multimediya vositalari bilan ishlash Video yoki audio multimediya vositalarini kompyuterda juda ko’p dasturlar orqali ishlatiladi. Video, audio bilan ishlovchi dasturlar · Windows Media Player · Winamp va boshqalar. Windows Media Player dasturini ishlatishni ko’rib o’tamiz. Windows o’rnatilgan barcha kompyuterlarda Windows Media Player dasturi Windows bilan birgalikda o’rnatilgan bo’ladi. Windows Media Player dasturini ishga tushirish uchun Windows ning pusk tugmasi bosiladi, menyuning programmo’ menyu ostining standartno’y qismidan ishga tushiriladi. Hozirgi vaqtda ko‘plab kompaniya va firmalarda seminarlar, uchrashuvlar, treninglar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun turli kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Ma’lumot mazmunga boy, esda qoladigan va ko‘rgazmali bo‘lishi uchun ko‘proq multimedia texnologiyalari ishlatiladi. Multimedia - bu bir necha ma’lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi bo‘lib, odatda multimedia deganda matn, ovoz, grafika, multiplikatsiya, videotasvir va fazoviy modellashtirish kabi ma’lumot taqdim etish vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi tushuniladi. Illyustratsiya, jadval va chizmalar mavjud bo‘lgan animatsiya elementlari va ovoz jo‘rligida taqdim etilayotgan chiroyli bezalgan multimediali ilova o‘rganilayotgan materialni qabul qilishni osonlashtiradi, tushunish va eslab qolishga yordam beradi, ta’lim oluvchining bilim olishga bo‘lgan faolligini oshirib, predmetlar xaqida aniqroq va to‘laroq tushunchaga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Multimediani xalq xo‘jaligining turli soxalarida qo‘llash ko‘lami kundan-kunga yanada ortib bormoqda. Bugungi o‘sish darajasi, ayniqsa, texnika soxasida doimo yangilanishini talab qiladi. Shu bois raqobatga asoslangan korxona o‘z faoliyatida ancha moslanuvchan bo‘lishi lozim. Bu oddiy xodimlar uchun xam, raxbarlar uchun xam birday xakkoniy yul. Kompyuterlardan foydalangan xolda o‘qitish uchun ma’lum tizim kerak, lekin bunday tizimni ishlab chikarish uchun bunga ixtisoslashgan firmaga buyurtma berish kerak. Firma prezentatsiyalar uchun multimedia ilovalardan foydalanuvchi reklama agentliklarida daromadning o‘sishini kuzatish mumkin. Vitrinali reklamalar soxasi (ROSTpoint of Sale-sotish joyi) multimediani qo‘llash uchun misol bo‘la oladi. Bunday vitrinalar yordamida mijozlar o‘zlarini qiziqtirgan axborotni mustaqil olish imkoniga ega buladi. Bu, masalan, banklarning operatsion zallari, ko‘rgazma va yarmarka zallari, avtosalon, sayoxat byurosi, aeroport, temir yul vokzallari zallari bo‘lishi mumkin. Bu xildagi ma’lumot olish tizimidan ishdan tashqari soatlarda xam foydalanish mumkin. Masalan, katalogni varaqlash, shuningdek, istalgan buyum tasvirini yoki axborot soxasini ko‘rib chiqish va albatta tovar xususiyati yoki raqami buyicha buyurtma berish mumkin. Univermaglarning musiqa bo‘limida foydalanuvchi o‘ziga tegishli videofilm yoki kompakt disk tanlashi mumkin. Tizim muqovani yoki musiqiy bezalgan kerakli videoklipni ko‘rsatadi. Xaridor o‘sha zaxoti bu tovar omborida bor yoki yuqlini biladi. Bu tizimning afzalligi shundaki, u istalgan axborotni tez yetkazib beradi, qo‘shimcha ijobiy tovar reklamasini yaratadi, shuningdek, xaridorning sotib olishga bo‘lgan nisbati ma’lumotlar asosida ko‘rsatib beriladi, bozorning shu soxada mavjud talab kandayligi to‘g‘risida axborot xam olasiz. Tizim, bundan tashkari, ommabop prezentatsiyani yo‘lga qo‘yadi. Vitrinalardagi bunday reklama bekatlari elektron reklamalardan ko‘ra boshqacharoq bo‘lishi lozim. Ular so‘rov bo‘yicha yangi axborot taqdim etuvchi va reklamani ozmi-ko‘pmi domiy yangilab turuvchi bosh idora bilan aloqador bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda multimedia texnologiyalaridan barcha sohalarda jumladan, ta’lim jarayonida ham keng maqsadda qo‘llanilmokda. Masalan: Informatsion va reklama xizmati; Dam olish, o‘yin va virtual reallik tizimlarida; Video va audeo fayllarni yuklash, namoyish etish; Tovushli fayllarni eshitish va h.k. O‘yinlar: Ko‘ngil ochuvchi o‘yinlar - foydalanuvchiga bo‘sh vaqtini o‘tkazishga imkon beradigan dasturlar. O‘rgatuvchi o‘yinlar - taqdim etilgan yengil o‘yin shaklida foydalanuvchiga u yoki bu soha bo‘yicha o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradigan dasturlar. Talab darajasida to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia materiallari matnli axborotga qaraganda birmuncha ilg‘or usul bo‘lib, o‘quvchilarda aniq va samarali mental model (tasavvur) shakllanishiga yordam beradi. O‘tkazilgan kompleks tadqiqot natijalariga ko‘ra (Shephard – SHepard) to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia materiallarining afzalliklari quyidagilardan iborat: 1. Muqobil istiqbollar 2. Faol ishtirok 3. Tezkor ta’lim olish 4. Bilimlarni xotirada saqlash va qo‘llay olish 5. Muammolarni yechish va qaror qabul qilish ko‘nikamalari 6. Tizimli ravishda tushuna borish 7. Yuqori darajadagi tafakkur 8. Mustaqillik va e’tiborlilik 9. Axborotlar ketma-ketligi va tezligini (temp) boshqarish Hozirgi kunda o‘quv jarayonini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan ko‘pgina kompyuter dasturlari mavjud. Ulardan ba’zilari ta’lim jarayoniga doimiy ravishda tatbiq etilmoqda. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: avtomatlashtirilgan o‘quv tizimlari; ekspert o‘rgatish tizimlari; o‘quv ma’lumotlari bazasi; bilimlar bazasi; multimedia tizimlari; virtual voqelik tizimlari; ta’lim kompyuter telekommunikatsiya tarmoqlari. Ta’lim va o‘qitish soxalarida multimedianing qo‘llanilishi (Computer Based Training-CBT) shaxsiy foydalanish xamda biznes ishlarini yulga qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Bugungi kunda esa o‘qitish dasturlari shunday tuzilganki, foydalanuvchi o‘qitishning turli variantlaridan foydalanishi mumkin. YA’ni, u o‘quv materiallarini o‘zlashtirish davomida o‘qitish tezligini, material xajmini va uning murakkablik darajasini o‘zi belgilaydi. Bugungi kunda eng ommabop mavzu – multimedia loyihasini yaratish. Bu yerda har kim o‘zining bor ijodiy o‘ziga xosligini, aql-zakovatini, bilimini, nozik didini namoyon qilishi mumkin. Afsuski, taqdimot tayyorlash va ma’lumotlar bazasi yaratish bilimlariga ega bo‘lmasdan multimediali loyiha tayyorlab bo‘lmaydi. Multimedia ilovalari quyidagilarga bo‘linadi: prezentatsiyalar; animatsion roliklar; o‘yinlar; videoilovalar; multimediali galereyalar; audioilovalar. Tovushlar va video elementlar bilan ishlash mul`timedia vositalari deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga oshiriladi. Bunday texnik vositalar bilan jihozlangan komp`yuter- mul`timedia- komp`yuter deb ataladi. Download 31.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling