Multimediali aloqa tarmoqlari. Aloqa hizmatlaridan foydalanuvchilarning yuklamalarini hisoblash
Download 208.29 Kb.
|
амалиет 10
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.2. Topshiriq
- 10.3. Nazorat savollari
- 10.4. Amaliy mashg‘ulotga yakun yasash
- 10.6. Nazariy qism Aloqa hizmatlaridan foydalanuvchilarning yuklamalarini hisoblash
10- amaliy mashg‘ulot MULTIMEDIALI ALOQA TARMOQLARI. ALOQA HIZMATLARIDAN FOYDALANUVCHILARNING YUKLAMALARINI HISOBLASH 10.1. Mashg‘ulotning maqsadi Transport tarmoq bilan ulanish tarmog‘ini moslashishini va multimediali aloqa tarmoqlarining qurilmalaridan turli foydalanuvchilarning yuklamalarini hisoblashni o‘rganish. 10.2. Topshiriq 10.2.1. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida quyidagi o‘quv materiallarning: [2] adabiyotning 10 - bo‘limini o‘rganish va keltirilgan nazorat savollariga tayyorlanish zarur. 10.2.2. O‘zingizga tegishli variant bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajaring. Quyidagi 10.1-jadvalda variant bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar keltirilgan. 10.2.3. Topshiriqni bajarish uchun quyidagilarni aniqlang: - Transport tarmoqga ulanish tarmog‘i hosil qiladigan yuklamani hisoblang; - Transport paketli tarmoqni kommutatorlarini yig‘indi ishlab chiqilishini hisoblang; - Shlyuzning yuklamasini hisoblang. 10.1-jadval Topshiriq variantlari
10.3. Nazorat savollari MAK multiservis abonent konsentratoriga qanday turdagi terminal qurilmalar ulanishi mumkin? Tarmoqning transport platformasi sathini xarakterlang. Yangi avlod tarmog‘ining sathli arxitekturasini tushuntiring. Ulanish tarmog’ida qanday texnologiyalar qo’llaniladi? Ulanishning multiservisli kommutatori qanday qurilmalar bilan o‘zaro ta’sirlashishi mumkin? 10.4. Amaliy mashg‘ulotga yakun yasash Transport tarmoq bilan ulanish tarmog‘ini moslashishi va multiservisli aloqa tarmoqlarining qurilmalaridan turli foydalanuvchilarning yuklamalarini hisoblash o‘rganildi. 10.5. Foydalaniladigan adabiyotlar V.V. Velichko, E.A. Subbotin, V.P. SHuvalov, A.F. YAroslavsev. Telekommunikatsionnыe sistemы i seti. Tom 3. Multiservisnыe seti. - Moskva, Goryachaya liniya – Telekom. 2005. 592 s. V.I. Bitner, S.S. Mixaylova. Seti novogo pokoleniya – NGN. Uchebnoe posobie dlya vuzov. – M.: Goryachaya liniya – telekom, 2011, - 226 s. 10.6. Nazariy qism Aloqa hizmatlaridan foydalanuvchilarning yuklamalarini hisoblash Hisoblash uchun 6.2-jadvalda multimediali hizmatlarning trafiklarini parametrlari keltirilgan. 10.2-jadval Boshlang‘ich ma’lumotlar
Ulanish tarmoqlarida telefoniya hizmati, xujjatlar qidirish, rangli faks va fayllarni uzatish trafiklarini konsentlatorlari sifatida, transport tarmoqga ulanish vositalarini qo‘llash samaradorligini oshirishni ta’minlovchi, “Protey” yoki “Iskratel” multiservisli abonent konsentratorlari (MAK) qo‘llanilishi mumkin. Bitta MAKga ulanadigan barcha hizmatlardan foydalanuvchilarning terminallarini soni real holdagi loyihalashtirish jarayonida aniqlanadi. Barcha hizmatlar chaqiriqlar oqimini generatsiyalaydi deb hisoblaymiz. Bu asosda oqimlar jadalligini yig‘amiz. MAK portlariga fayllarni uzatish va rangli faks, hujjatlarni qidirish hizmati, telefon hizmati foydalanuvchilari tomonidan hosil qilinadigan chiquvchi yuklama yig‘indisini aniqlaymiz: (10.1) bu yerda NT, Nxq, Nrf, Nfu - mos keluvchi interfeyslar soni; aT, axq, arf, afu-yuklamaning solishtirma jadalligi. Videotelefoniya va video qidirish hizmatlari foydalanuvchilariga hizmat qilish uchun Fast Ethernet texnologiyali lokal tarmoqni hosil qilamiz va uni IR marshrutizatorga ulaymiz. Videotelefoniya va videoni qidirish manbalari yuqori rashkaliligi bilan xarakterlanadi (rashkalilik koeffitsienti videotelefoniya uchun 5, video qidirish uchun 18 ga teng). Rashkalilik bu, katta vaqt davomiyligi oralig‘ida o‘lchangan, manbadan qabul qilinadigan o‘rtacha tezlikka oqimni cho‘qqi tezligini nisbati tushuniladi. Vodeotelefoniya va video qidirish manbalari xosil qiladigan yuklama quyidagi formula orqali aniqlanadi: (10.2)
Kompyuter tarmoqlarda videotelefoniya va video qidirish hizmatlari foydalanuvchilariga hizmat ko‘rsatish jarayonida, raqamli oqim 100 Mbit/s tezlikda uzatiladigan birlamchi traktda oqimlarni statik multipleksorlash bajariladi. 100Mbit/s tezlikda bitta trakt hizmat ko‘rsatadigan videotelefoniya va video qidirish foydalanuvchilari terminallarining sonini shunday tanlash kerakki, foydalanuvchilar guruhiga hizmatlar bir vaqtda taqdim etilganda o‘ta yuklanish yuzaga kelmasligi kerak. Fizik muxitda talab etilgan tezlikni hisoblashda yuklama manbalarini rashkalilik koeffitsientini hisobga olish zarur.
Download 208.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling