Multimediali uzatish tizimlari elementlarining ishonchliligi
Download 49.58 Kb.
|
амалиет 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Topshiriq
- 3.3. Nazorat savollari
- 3.4. Amaliy mashg‘ulotga yakun yasash
3- amaliy mashg‘ulot MULTIMEDIALI UZATISH TIZIMLARI ELEMENTLARINING ISHONCHLILIGI 1. Mashg‘ulotning maqsadi Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligini asosiy parametrlarini o‘rganish, multimediali uzatish tizimlarini ishonchliligini, axborotlarni uzatish va qabul qilish traktlarini ishonchliligini hisoblash. 2. Topshiriq 3.2.1. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida quyidagi o‘quv materiallarining: ma’ruzalar matnini, [3] adabiyotning 9-bo‘limini, o‘rganish va keltirilgan nazorat savollariga tayyorlanish zarur. 3.2.2. O‘zingizga tegishli variant bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajaring. 4.1-jadvalda variant bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar keltirilgan. 3.2.3. Berilgan boshlang‘ich ma’lumotlarga asoslangan holda quyidagilar aniqlansin: - berilgan optik magistral trassa uzunligi uchun uzatish tizimi va to‘lqin uzunligi tanlansin; - tanlangan to‘lqin uzunligiga bog‘liq holda seksiya va regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi aniqlansin; berilgan trassa uzunligi uchun (seksiya va regeneratsiyalash uchastkasi uzunligiga bog‘liq holda) optik regeneratolar va multipleksorlar soni aniqlansin; optik regeneratorlar, multipleksorlar va kabelning jadalligini aniqlagan holda butun magistralning rad etish jadalligi aniqlansin; butun magistral trassasi uchun rad etishlar orasidagi o‘rtacha ishlash vaqti T0 aniqlansin; liniya trakti qurilmalarining T0 ga bog‘liq bo‘lgan holdagi butun magistralning tayyorlik koeffitsienti Kt aniqlansin; aniqlangan natijalarga asoslangan holda uzatish tizimining liniya traktini rad etmasdan ishlash ehtimolligi P(t) hisoblansin va rad etmasdan ishlash ehtimolligi P(t)ning vaqtga bog‘lanish grafigi chizilsin. Hisoblangan natijalar (To gacha) 4.2-jadvalga kiritilsin; hisoblangan natijalar bo‘yicha liniya trakt tuzilishi keltirilsin. 3.1-jadval Topshiriq variantlari
3.3. Nazorat savollari Multimediali uzatish tizimining asosiy elementlarini ayting? Topshiriqni bajarishda qaysi uzatish tizimini tanladingiz va ular qanday hususiyatlarga ega? Optik uzatish tizimlarida seksiya va regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi nimaga bog‘liq holda aniqlanadi? Optik tolali uzatish tizimlarining tayyorgarlik koeffitsienti deganda nimani tushunasiz? Optik kabelning rad etish jadalligi qanday aniqlanadi? Optik multipleksorlarning rad etish jadalligi qanday aniqlanadi? 3.4. Amaliy mashg‘ulotga yakun yasash Multimediali uzatish tizimi va uning liniya trakti qurilmalari o‘rganildi, liniya traktini tashkil etuvchi qurilmalarning ishonchlilik parametrlarini hisoblagan holda uning rad etmasdan ishlash ehtimolligi aniqlandi. 3.5. Nazariy qism Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi Ishonchlilik nazariyasi bilan telekommunikatsiya tizimi, murakkab dinamik tizimdan, ya’ni aniq funksional o‘zaro aloqa asosida ishlab chiqarish vazifalarini bajarish jarayonida o‘zaro hamkorlik qiluvchi texnik qurilmalar yoki elementlar majmuidan tashkil topgan. Ishonchlilik nazariyasida ob’ekt asosiy tushuncha bo‘lib, loyihalash, sinov va foydalanish davrida aniq maqsadli buyum hisoblanadi. Ob’ektlarga ko‘p kanalli uzatish tizimi, ularning qurilmalari, tugunlari, bloklari va elementlari kiradi. Tizim – bu elementlar majmuasidan iborat bo‘lgan ob’ektdir. “Tizim” va “element” tushunchalari esa nisbiy hisoblanadi. Ob’ekt, bir xil tadqiqotlarda tizim bo‘lib hisoblanadi, agar katta masshtabdagi ob’ekt o‘rganilayotgan bo‘lsa unda u element sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Download 49.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling