Multimediya xizmati Multimediya tizimida ma’lumotlar uzatish


Download 31.72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi31.72 Kb.
#1591402
Bog'liq
alicho axborot



Reja:

1.
2.
3.
4.
Multimediya xizmati
Multimediya tizimida ma’lumotlar uzatish
Multimediyaning dasturiy vositalari.
PowerPoint dasturida ishlash.


Multimediya xizmati
Multimediya texnologiyalari informatikaning istiqbolli va
mashxur yo'nalishlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Multimediya-
texnologiyalarining asosiy maqsadi - tovush, video, animatsiya va
boshqa vizual effektlar (Simulation) bilan ta'minlangan dasturiy
maxsulotlarni yaratishdan iboratdir. Bunda multimediya dasturiy
maxsulotlari o’z ichiga interaktiv interfeys va boshqarish
mexanizmlarini o'z ichiga qamrab oladi.


M u l t i m e d i a t i z i m l a r i n i p a y d o b o' l i s h i a x b o r o t
texnologiyalarini rivojlanishiga va ilm-fanda, ta'limda, savdo
(biznes)da, tibbiyotda keng ko’lamda tatbiq etilishiga turtki
bo'ldi.
Multimedia (multimedia) - bu zamonaviy kompyuterli
axborot texnologiyalari bo'lib, matn, tovush, videotasvir,
graf iktasvir va animatsiyani (multiplekatsiyani) yaxlit
kompyuter tizimiga birlashtirish imkonini yaratadi.
Multimedia amaliyotidagi ish tartibi - bu apparat-dasturiy
muhit bo'lib kompyuterga axborotni kiritish, ishlov berish,
saqlash, uzatish va matn, chizmalarni, videotasvir, tovush
hamda nutqlarni insonga zarur va qulay holatda yetkazishdir
(chiqarish).


Multimediya xizmati
80 - yillar oxirida multimediya texnologiyalariga qiziqish
mashxur amerikalik kompyuter mutaxassisi biznesmen Bill
Geytsning nomi bilan bog'liq. U ("National Art Gallery. London")
nomli dasturiy mahsulotni yaratgan. Bu multimediya dasturida
muzeyning ma'lumot omborlaridan foydalanilgan. Bunda turli
muhitlardan - tasvir, tovush, animatsiya, gipermatn tizimi
namoyon qilingan.


Multimediya xizmati
Aynan mana shu multimediya dasturi o’z ichiga multimediyaning
uchta asosiy tamoyilini qamrab olgan.
1.
Axborotni odam qabul qila oladigan bir nechta muhit yordamida
tasvirlash. (multi -ko’p, va media - muhit);
2.
Foydalanuvchi tomonidan “mustaqil qidiruv” asosida dastur
chegaralaridan chiqib ketmagan holda, o’zining mustaqil usullarini
qo’llash;
3. Navigatsiya vositalari va interfeys dizaynidan foydalanish.


Multimediya texnologiyalarining asosiy
afzalliklari va xususiyatlariga quyidagilar
tegishli: 





bitta axborot tashuvchisida katta xajmli turli ma'lumotlarni saqlash imkoniyati ( 20 ta tomga
yaqin matnlar, 2000 va undan xam ko’p yuqori sifatli tasvirlar, 30 - 45 minutli videoyozuvlar, 7
soatga teng tovush ma'lumotlari);
ekranda tasvirni yoki uning ayrim fragmentlarini kattalashtirish imkoniyati. (rejim "lupa").
Tasvirni sifatini saqlab qolgan holda 20 marotabagacha kattalashtirish mumkin. Bu
imkoniyatdan tarixiy xujjatlar va san'at asarlarini prezentatsiya qilganda foydalanish mumkin;
tasvirlarni taqqoslash va turli dasturiy vositalar yordamida ularni qayta ishlash;
matnlar yoki turli ko’rgazmali materiallarda kerakli joylarni belgilash va ular yordamida boshqa
tushuntiruvchi ma'lumotga ega bo’lish (gipermedia va gipermatn texnologiyasi);


Multimediya - bu kompyuter texnologiyalarining shunday
sohasiki, u turli (matn, graf ika, rasm, tovush, animatsiya, video)
ko’rinishdagi axborot bilan bog‘liq. Bunda ma'lumot turli axborot
tashuvchilarida mavjud bo’lishi mumkin (magnit va optik disklar, audio
va video tasmalar).
Multimediya (multimediya - ko’pmuhitlik) vositalari bu -
foydalanuvchi tovush, video, graf ika, matn, animatsiya yordamida
muloqotda bo’ladigan apparat va dasturiy vositalarning yig'indisi.


Multimediya tizimlarining tarkibi va
tuzilishi.
Multimediya tizimlari asosan ikki tarkibiy qismdan
iborat: apparat va dasturiy vositalar
Multimediyaning apparat qismi standart kompyuter
vositalaridan - graf ik adapter, monitor, tovush kartalari,
DVD va shuningdek kiritish - chiqarish vositalaridan -
videokarta, TV-tyunerlar, CD-RW, DVD-RW turidagi
jamlovchilardan hamda proyektor, elektron doskalardan
tashkil topgandir.


Multimediya tizimlarining tarkibi va
tuzilishi.
Multimediya tizimining dasturiy muhitini har ikkiga bo’lish
mumkin: amaliy va ixtisoslashtirilgan.
Amaliy dasturlar - foydalanilayotgan yoki loyihalashtirilgan amaliy
dasturlar.
Ixtisoslashtirilgan dasturlar - bu dastur to’plamiga multimediya
ilovalarini yaratuvchi dasturiy vositalar kiradi. Bu toifadagi dasturlarga
graf ik muxarrir, videotasvir muxarriri, tovushli axborotni xosil qilish va
muxarrirlash vositalari kiradi.



Multimedia texnologiyasini ta'limda qo'llanilishi
Multimedia texnologiyalari ta'limning turli sohalarida maktab, litsey, kollej,
institut va universitetlarda keng miqyosda o'z o'rnini egallamoqda.
Asosan multimedia tizimining ikki turidan foydalanilmoqda: tashqi qurilma
to'plamiga ega bo'lgan shaxsiy kompyuter asosidagi va ikki tomonlama axborot
almashuvi orqali o'qitishning elektron doskasi (interaktiv doska) proyektor va
tizimli blok asosidagi turlari.
Multimedia tizimining birinchi turini oddiy shaxsiy kompyuter asosida joriy etish
uchun qo'shimcha texnik jihozlardan katta sig'imli tovush kartasi (700 M.b), lazerli
disk qurilmasi, video tasvirlarni buferlash hamda kiritish uchun video karta,
uzluksiz signalni (analog) raqamli o'lchamga o'zgartirish uchun televizion tyuner
(TV-tyunerlar), video-pleyrlardan foydalaniladi.


1. PowerPoint dasturi haqida umumiy ma’lumot.
Mi c ros oft Power Poi n t das tu r i u n i v er s al
imkoniyatlari keng, bo‘lgan ko‘rgazmali graf ika dasturi
bo‘lib, u matn, rasm, chizma, graf iklar, animatsiya
effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil
topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.


PowerPoint dasturi MICROSOFT f irmasining
WINDOWS qobig‘i ostida yaratilgan bo‘lib, ushbu dastur
prezentatsiyalar (taqdimot qilish, ya’ni tanishtirish) bilan
ishlash uchun eng qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan
biridir.
Dasturdagi asosiy tushunchalar bu — slayd va
prezentatsiya tushunchalaridir.


• Prezentatsiya (taqdimot) — yaratilayotgan slaydlar
turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan
fayl nomi. Masalan: Prezentatsiya 1 — PowerPoint
dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo‘lib,
yaratilgan yoki yaratilayotgan taqdimotning ayni
vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni keyinchalik o‘z
xohishingizga ko‘ra almashtirishingiz mumkin.



4. PowerPoint dasturidagi qo‛shimcha elementlar bilan ishlash.
Rasm qo‘yish. Taqdimotga rasm qo‘yish yoki rasmni
boshqa
taqdimotdan olib qo‘yish mumkin. Buning uchun quyidagi ishlar
bajariladi:
Rasm qo‘yish uchun:
· Rasmni qo‘yish kerak bo‘lgan slayd ko‘rinishi tanlanadi.
· tugmachasi bosiladi kerakli rasm tanlab olinadi.
· Shu darchadan «Вставить» (Qo‘yilsin) tugmachasi
bosilgandan so‘ng yaratilayotgan prezentatsiyada rasm paydo
bo‘ladi.


Diagrammalarni qo‘yish
Diagrammani qo‘yish uchun zarur bo‘lgan slaydlar
umumiy
ko‘rinishidagi diagrammalar bilan ishlash slaydlari tanlanadi.
tugmachani bosing va kerakli ko‘rinishdagi
diagrammani
tanlang. O‘lchamlarni o‘rnating hamda qiymatlarni keraklicha
o‘zgartiring.
· Diagramma kattaligini o‘zgartiring va kerakli joyga o‘rnating.

Download 31.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling