Multisim dasturida turli qiyinchilikdagi sxemalarni yig’ish va modellashtirish


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1449316
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Multisim dasturida turli qiyinchilikdagi sxemalarni yig’ish va m

Dasturiy kompleksning Analsis menyusini ko’rib chiqaylik. Undagi
birinchi uchta komandalar (Activate, Pause va Stop) 
va 
knopkalarga 
o’xshash.
DC Operating Point — rejimlarni o’zgarmas tok bo’yicha hisoblash. Ushbu
rejimda modellanayotgan sxemadan hamma kondensatorlar olib tashlanadi va 
hamma induktivliklar qisqa tutashtiriladi. 
AC Frequency… —chastotaviy xarakteristikalarni hisoblash. Komanda
bajarilishidan oldin dialog oynasida (1.17-rasm) quyidagi parametrlarni o’rnatish 
kerak:
• FSTART, FSTOP —chastotaviy diapazonning chegaralari;
• Sweep tpe — gorizontal bo’yicha masshtab (dekadaviy, chiziqli yoki 
oktavali); 


• Number of point — hisoblanadigan nuqtalar soni; 
• Vertical scale —vertikal bo’yicha masshtab (chiziqli, logarifmik yoki 
detsibellarda); 
• Nodes in circuit — zanjir tugunlarining (nazorat nuqtalari) ro’yxati;
• Nodes for analsis — xarakteristikalari hisoblanadigan nuqtalarning tartib 
raqamlari. 
1.17-rasm. CHastotaviy xarakteristikalarni hisoblash oynasi
 
Transient… — o’tish jarayonlarini hisoblash. Ushbu komandaning dialog 
oynasi (1.18-rasm) quyidagi punktlarni o’z ichiga oladi: 
1.18-rasm. O’tish jarayonlarini hisoblash oynasi 


Initial conditions — modellashning boshlang`ich shartlarini o’rnatish (Set to 
Zero – nolli boshlang`ich holat; User-defined – boshlang`ich shartlarini foydalanuvchi
boshqaradi (o’rnatadi); Calculate DC operating point – boshlang`ich shartlar
o’zgarmas tok rejimini hisoblash natijalaridan olinadi.
TSTART i TSTOP — o’tish jarayonlarini tahlil qilishning boshlanish va 
tugallanish vaqtlari.
Generate time steps automaticall — O’tish jarayonlarini avtomatik ravishda 
tanlanadigan o’zgaruvchi qadam bilan hisoblash.
Tsteps — modellash natijalarini ekranga chiqarish uchun vaqt bo’yicha
qadam.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling