Mumtoz adabiyotda didaktik
Hikoyatlar va ularning axloqiy didaktik mohiyati
Download 99.22 Kb.
|
DIDAKTIK ADABIYOT
2.2. Hikoyatlar va ularning axloqiy didaktik mohiyati
Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida ham markaziy o’rinni inson shaxsi, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, shuningdek, shaxsni kamolotga etishuvini ta’minlash masalasi turadi. “Hibat ul-haqoyiq” asarining birinchi bobidayoq ilm manfaati, ilmsizlik va jaholatning zarari haqida fikr bildiriladi. Ilmli va ilmsiz kishini bir-biri bilan taqqoslash asosida ilm-ma’rifatning afzalligi, uning inson uchun qay darajada foydali ekanligini ochib berar ekan, Ahmad Yugnakiy bilimli insonni qimatbaho dinorga, bilimsiz kishini esa qimmatsiz ilikka o’xshatib, er kishining ko’rki aql, deya ta’kidlaydi. Ilmli inson o’z ilmi bilan mashhur bo’lib, nomi o’chmagani holda, ilmsiz kishi garchi tirik bo’lsada, nomi o’lik ekanligini e’tirof etadi. Alloma bilim egallash kishini yuksaklarga ko’tarsa, ilmsizlik tubanlikka tomon yetaklashiga alohida urg’u beradi. Bu boradagi fikr quyidagi misralarda o’zining yorqin ifodasini topgan: Taraqqiyparvar - demokratik adabiyot namoyandalari ijodida davr, zamon va sharoitga ko‘ra, mahdudlikning xilma-xil ko‘rinishlari mavjud bo‘lishidan qat’iy nazar, hayot haqiqatini kuylash asosiy o‘rinni egallar edi. Bu ijodkorlar asosan Gulxaniy, Maxmur, Munis, Nodira, Uvaysiy, Ogahiy kabilar edi. Bularning g‘azallarida, qasida va qit’alarida, ruboiy va chistonlarida, zarbulmasal va dostonlarida xalq hayotiga achinish, uning orzu-umidlarini kuylash, pok insoniy ishq-muhabbat dardlariga sheriklanish, ilm-ma’rifatning ravnaqi, tinchlik va obodonchilik uchun kurash motivlari o‘z ifodasini topgan. Hayotiylik bu shoirlar ijodining asosiy xususiyati bo‘lgani uchun ular o‘z g‘azallari, dostonlarida o‘z zamonasiga mos ravishda fikrlar aytdilar, mehnat, ijod, yashash erkinligi orzulari bilan qalam tebratdilar. XVIII asarda va XIX asrning birinchi yarmida ko‘pgina tarixiy asarlar va tazkiralar yaratilishi bilan birga, badiiy tarjima sohasida ham ancha ish qilindi. Fors-tojik tilida yaratilgan mashhur asarlar o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Bu sohada Sayid Husayn Xorazmiy, Munis, Xoziq, Ogahiy, Volidxoja, Siddiq va Xiromiyning xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. Munis va Xoziq XV asrda yaratilgan Mirxondning mashhur «Ravzat - us safo» asarini o‘zbek tiliga tarjima qila boshlagan bo‘lsalar, Ogahiy Sa’diyning «Guliston» asarini, XVII - XVIII asrlarda Hindistonda yashagan Muhammad Vorisiyning «Zubdat - ul hikoyat» asarini, Kaykovus bin Vushmagirning mashhur «Qobusnoma»sini, Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston»i kabi asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qildi. XVIII- XIX asrlarda faqat nasriy asarlar emas, balki she’riy asarlar, poemalar ham tarjima qilindi. Bu sohada Xoja Sayid Husayn tomonidan «Vomiq va Uzro», «Eron shohi Zahir Kirmoniy», Xiromiy tomonidan «Chor darvesh», « To‘tinoma», Ogahiy tomonidan Nizomiy Ganjaviyning «Haft paykar», Xisrav Dehlaviyning «Hasht behisht», Abdurahmon Jomiyning «Salomon va Absol», «Yusuf va Zulayho» kabi asarlarining tarjimalarini ta’kidlash lozim. Turli uslub bilan amalga oshirilgan badiiy tarjimaning hammasida ham o‘zbek xalqini qo‘shni xalqlar adabiyotining eng yaxshi va mashhur namunalari bilan tanishtirish maqsadi ko‘zda tutilgan edi. Bu davr tarjimachiligida katta yutuqlarga erishildi. Tarjimonlar asosan axloqiy-didaktik va ishqiy-romantik asarlarni tanlab tarjima qildilar. Bu o‘rinda, shubhasiz, tarjimonning dunyoqarashi, o‘sha zamondagi adabiy oqimlarga munosabati chuqur iz qoldiradi. XVIII asr va XIX asrning boshlaridagi adabiyot o‘z o‘rnida yangi davr, yangi adabiy jarayonning debochasi sifatida tarixda iz qoldirgan. Chunki, mana shu taraqqiyparvar adabiyotgina bo‘lajak demokratik adabiyotning paydo bo‘lishiga yo‘l ochib berdi. Davrlar o‘zining tarix, falsafa, san’at va adabiyot sohalariga, davlatning butun madaniy hayotiga o‘zinig naqshin izlarini soladiki, bu naqshlar asrlar davomida o‘z mavqeini saqlab turaveradi. Toki, kelajak avlodlar uning tub moxiyatini, uning o‘z zamonasi va kelajak avlodlariga qoldirajak ma’naviyatini sarhisob qilgan holda baholayveradilar. Bu o‘rinda XVIII asr va XIX birinchi yarmi o‘tmish asrlar, ya’ni XVI- XVII asrlarga nisbatan ancha sermahsul va mazmundor davrlar hisoblanishi mumkin. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan manbalar fikrimizning isbotidir. Diniy-falsafiy oqimlar, didaktik va badiiy adabiyot. Tasavvuf - diniy-falsafiy oqimdir. Uning obektiv borliq va ilohiyot masalasida ikki xil ta’limoti: mistitsizm va panteizm ta’limoti bor. Mistik ta’limotga ko‘ra, bu mavjud olamdan boshqa sirlar va g‘ayri tabiiy kuchlar olami ham bor. Inson butun hayoti va kuch-quvvati, fikr-zikrini mana shu olamga g‘arq bo‘lishga, «al-haq»qa (xudoga) qovushib ketishga qaratmog‘i lozim deyiladi. Bu ta’limot zohidlikni - tarkidunyochilikni vujudga keltiradi. Zohidlar dunyoni ikkiga: «foniy» («vaqtincha») va «boqiy» («abadiy») ga bo‘lib, bu «foniy» dunyodan voz kechadilar. Masalan, Abubakr Shibliy degan bir zohid o‘z ko‘ziga tuz sepib ko‘r bo‘lgan. Panteistik ta’limot borliqni ilohiylashtiradi. Bu ta’limotga ko‘ra, butun olam mutlaq haqiqat - xudo («al-haq»)ning in’ikosidir, ya’ni zuhur etishdan iborat. Kishining «men»ligi «al-haq»ning ojiz bir zarrasidir, kishi o‘lganidan keyingina bu ojizlikdan xalos bo‘lib, asliga - «al-haq»qa qo‘shilib ketadi, degan ta’limotga asoslanadilar. Tasavvuf ilmining hali hozirga qadar mukammal bir yo‘nalishga to‘g‘ri tushib olmaganligining natijasi o‘laroq, har xil yo‘nalish va guruhlar paydo bo‘ladiki, bular «Vahhobiy»lik yoki «Xizbut-tahrir» va boshqa shunga o‘xshash oqimlar, kishilik jamiyatining sokin yo‘nalishiga tahlika solib keladilar. Islom ruhoniylari, aniqrog‘i, mana shu tasavvuf ilmining na mistik, na panteistik ta’limotlarining mohiyatini tushunib yetmaydigan din peshvolari mistik ta’limotga ham, shuningdek, panteistik ta’limotga ham qarshi chiqqanlar, chunki biror ta’limotni oxiriga yetkazish yoki uni mukammal tarzda o‘rganish uchun ularning onglari ojizlik qilgan, shu sababli panteistik ta’limot tarafdorlaridan bo‘lgan Shayx Boyazd Bistomiy (IX) Mansur Xallojni vaxshiylarcha o‘ldirgan. Tasavvuf adabiyoti IX asrdayoq vujudga kela boshladi. XI-XII asrlarda uning Bobo Ko‘hiy (1050 yilda vafot etgan), Abdulla Ansoriy (1002-1088), Abdulmajid Sanoiy (1150 yilda vafot etgan), Ahmad Yassaviy (1166 yilda vafot etgan), Sulaymon Boqirg‘oniy (1186 yilda vafot etgan) kabi namoyondalari yetishib chiqdi. Farididdin Attor (1151-1221) kabi tasavvufning yetuk namoyondalari bu ta’limotning falsafiy masalalarini targ‘ib qiluvchi asarlar yaratdilar. Farididdin Attor «Mantiq-ut-tayr» nomli majoziy asarida inson xudoning soyasidir, u o‘zligidan voz kechib, «vahdati vujud» (xudoga) qo‘shilmog‘i lozim, degan g‘oyani ilgari suradi. Ahmad Yassaviy tasavvuf adabiyotining yirik vakili, yassaviya (yoki jahriya) tariqatining asoschisidir. Yassaviya tariqati, garchi diniy ilmning falsafiy oqimi va asosi bo‘lgan tasavvuf tariqasida kirib kelgan bo‘lsa-da, u asosan xalq ommasini muhtojlik va huquqsizlikka ko‘nikishga, hukmdorlarga quldek tobe va mute bo‘lishga chaqirgan. Chunki, uning tariqatida hayotda nimaiki sodir bo‘lsa, u Ollohdan kelishi va shu asnoda inson hech bir o‘zgarishsiz, uni shukronalar bilan qabul qilishi, sabr bilan nihoyasiga yetkazishi kerak, degan da’vatlar bor. Download 99.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling