Mumtoz she


Download 158.5 Kb.
bet3/4
Sana28.10.2023
Hajmi158.5 Kb.
#1729185
1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU (1)

DEBOCHA (forscha هچابیدmuqaddima) kitobga yozilgan kirish so‘z, lirik muqaddima. Qadimgi kitoblarda kirish so‘zi birinchi sahifa hoshiyasiga ham yozilgan. Shuning uchun ba’zi o‘rinlarda bu atama kitobning oltin suvi va naqshlar bilan bezatilgan birinchi sahifasiga nisbatan ham qo‘llaniladi. Debocha odatda, muallifning o‘zi, ba’zan boshqalar (ko‘pincha kotiblar) tomonidan bitilgan.
Debochalar nasr yoki nazmda, ba’zan har ikkala shaklda – aralash yozilishi mumkin. Chunonchi, Alisher Navoiyning «Badoyi’ ul-bidoya» devoni debochasi nasr va nazmda yozilgan. Bunda Navoiy dostonlari muqaddimalaridagidek, avval Ollohga hamdu sano, so‘ngra payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ga na’t bag‘ishlaydi. O’zi va she’riyati haqida kamtarona qaydlar keltirib, so‘z san’atining buyukligini urg‘ulaydi, salaflari Husrav Dehlaviy, Hoja Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy nomlarini hurmat bilan tilga oladi, Sakkokiy, Lutfiy va Suhayliy kabilarni turkigo‘y shoirlar sifatida maqtaydi.
Debocha namunalari zamonaviy adabiyotimizda ham uchraydi. S.Abdulla, Charxiy, G’.G’ulom, M.Shayxzoda, E.Vohidov, Jamol Kamol kabi shoirlarning devonlari va ba’zi she’riy to‘plamlari debocha bilan boshlangan.
HIJO – (arabch اجه – bo‘g‘in) aruz tizimidagi she’riy nutqning eng kichik ritmik bo‘lagi, ya’ni so‘zning bir tovush to‘lqini bilan hosil bo‘ladigan qismi. Hijo bo‘g‘in tushunchasiga yaqin bo‘lsa ham uning o‘zi emas. Chunki hijo undosh tovushning o‘zidan ham tashkil topishi mumkin. Masalan Alisher Navoiyning:
Vasl bog‘i / ichra sendek / shohi zolim / ko‘rmadim,
Ishq koyi / da o‘zimdek / notovone / topmadim
baytidagi «vasl» va «ishq» so‘zlari tarkibidagi «l» hamda «q» undoshlari alohida hijo hosil qilib kelmoqda.
Hijolar o‘qilishi jarayonida sarf bo‘lgan vaqtiga ko‘ra qisqa, cho‘ziq va o‘ta choziq hijolarga ajratilib o‘rganiladi. Har xil hijolarning muayyan tartibda birikib takrorlanishidan aruz she’riy tizimining juzvlar deb ataladigan birliklari: sabab, vatad va fosilalar vujudga keladi.



Download 158.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling