Munajjimlar bo'lib, ular astrologik maqsadlarda yulduzlar osmonini kuzatishar уа yulduzlarning
Download 229.4 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqulubek va uning rasadkhonasi
O'rta asr!arda, har bir podshoh saroyida munajjimlar bo'lib, ular astrologik maqsadlarda yulduzlar osmonini kuzatishar уа yulduzlarning holatlariga ko'ra mamlakat hamda podshohlik faoliyatining taqdiri haqida bashorat qilish bilan shug'ullanishardi. Amir Temur saroyida hаm mavlono Ahmad vа mavlono Abdulloh kabi munajjimlar ishlagani tarixiy manba'lardan ma'lum. Shulardan saroyda hakimlik hаm qilgan mavlono Ahmad sayyoralarning 200 yillik holatlarni оldindаn belgilab, shu asosda, jadval tayyorlagan. Binobarin, o'rta asrlarda munаjjimlаr uchun sayyoralarning oldindan hisoblangan holat1ari bilаn bevosita kuzatishdan оlingan nаtijаlаrning mos kelishi juda muhim ahamiyat kasb etgan. Shu hol sabab bo'lib IX-XII asrlarda Sharqda ishga tushirilgan rasadxonalarda оlib borilgan kuzatishlarning natijalari asosida tuzilgan jadvallarni yangilashga ehtiyoj tug'ildi. Ви esa, o'z navbatida, yangi, aniq natijalar berilgan quvvatli аstrоnоmik asboblari bo'lgan rasadxona qurilishini taqoza etardi. Natijada chingizхоnning nevarasi Hulaguxon saroyining xay'at olimi Nasiruddin Tusiy XIII asrda Ozarboyjonning o'sha davrdagi poytaxti Marog'ada rasadxona qurdirdi. Ко'р yillik kиzatishlar asosida Tusiy yangi astronomik jadvallarni tayyorladi vа uni Hulaguxonga bag'ishlab, " Ziji Elxoniy" deb atadi. Biroq, ko'p o'tmay, ya'ni XIV asrning oxirlariga kelib Nasiruddin tuzgаn jadval1arda keltirilgan ma'lumotlar hаm kuzatish natijalaridan sezilarli farq qila boshladi. Shu munosabat bilan yanada aniq mа'lumоtlar olish imkonini beradigan, oldingilardan afzalroq va aniqroq astronomik qиrilmalariga ega bo'lgan rasadxona bunyod etish ehtiyoji tug’ildi. Shularni e'tiborga olib, Ulug'bekning otasi Shohrux hukumron bo'lgan mamlakatning Koshon shahrida istiqomad qilgan o'zbek astronomi G'iyosiddin Jamshid "Ziji Xoqoniy", dar takmil "Ziji Elxoniy" ("Xoqon ziji" - "Ziji Elxoniy"ning takomillashtirilganidir'') degan mashhur risolani yozdi. 1413 yili yozib tugallangan bu asar Uug'bеkning otasi Shohruxga bag'ishlagan edi. "Xoqon. ziji" ning nazariy qismi vа astronomik jadvallari "Ziji Elxoniy" ning nazariy qismi jadvallaridan biroz farq qilib, yangi ma'lumotlar bilan to'ldirgan vа boyitilgan edi. Mazkur tuzatishlar quyosh, оу уа sayyoralarning topilgan holat1ari аniqligini faqat bir necha yil mobaynidagina, tа’minlау olardi, xolos. Sayyoralarning bir necha о'n yiliarga tegishli holatlarini oldindan aniq topish uchun esa, ularning orbita element1arini yangidan aniqlash talab etilardi. Buning uchun уаnа hаm aniq kuzatishlarga va o'lchash1arga imkon beradigan astronomik asbobni ishga tushirish, ya'ni yangi rasadxona qurish zarur edi. Shohrux mаmlаkаti hududida yangi rasadxona qurish niyati Jamshid Koshiyni anchadan bиуоn o'rtab kelardi. Shu boisdan G'iyosuddin Koshiy Shohruxga bo'lgan hurmatini, unga bag'ishlab bitgan "Zij"i orqali bildirish bi!an chegaralanmay, uпgа yangi rasadxona qurish rejasi borligini Ьат ma"lum qiladi. Biroq Amir Теmurning vafoti munosabati bilan uning avlodlari orasida taxt uchun ixtiloflar bоshlanib ketadi. 1415 yili Koshon vа uning atrof viloyatlarining voliysi Said Vaqqos Shohruxga qarshi qo'zg'alon boshlaydi. Temuring farmoni bilan 1399 yili Umarshayx o'rniga Farg'onaga hokim еtib tayinlangan uning o'g'li Iskandar (Shohruxning jiyani) Said Vаqqosning Оzаrbоуjоn tomon yurishidan foydalanib, Jаmshid Koshiyning vatani Koshonga bostirib kiradi vа uni zabt etadi. Endi Iskandar hukmronlik qilayotgan yillartda qolgan G'iyosiddin Jamshid Koshiy 1415 уilning qishida rasadxona qurish rejasi bilan unga murojaat qi1adi. Iskandarning roziligini olgach akademik Bartoldning mа'lum qilishicha, 1416 yilning yanvarida Koshiy rasadxonani jihozlash uchun zarur bo'lgan astronomik asboblarning bayoni aks etgan "Аstrопошik asboblarga sharh risolasi " ni ("Risolai dar sharhi olati rasad" ni ) yozib Iskandarga taqdim etadi vа bu bilan uing oldiga rasadxona qurishiga kirishish masalasini qo'yadi, lekin Iskandarning bevaqt halokati sabab bo'lib Koshiyning rejasi bu daf’a ham amalga oshmay qoladi… Astronom G .Jalolovning fikricha, Koshiy Iskandar o'limidan keyinoq, ya'ni 1416 yilning yozidayoq Ulug'bеk tamonidan Samarqandga taklif etilgan. Sharqshunos olimlar В. Rozenfeld bilan G. Matveevskaya esa, Koshiy Samarqandga 1417 yilda kelgan deb uqtirishadi. Koshiy Samarqandga kelgach, bu erda rasadxona qurdirish niyati borligini Ulug'bekka bildiradi. Bunday iltimosning sababini tarixchi Solih Zakiy "Osor a1-Baqiya "risolasida shunday bayon qiladi: "Ulug'bеk"Ziji Elxoniy " da keltirilgan ma'lumotlar esa so'ngi kuzatishlar natijalari bilan mos kelmasligini G'iyosuddin Jamshiddan ko'p marta eshitganini ta'kidlaydi..." Ulug'bеk rasadxona qurilishiga rozilik beradi.Shu munosabat bilan Ulug'bеk talay olimlarni to'plab, 1417 yilda rasadxona qurishga bag'ishlangan majlis ham chaqirgan. Baxtga qarshi, Ulug'bek rasadxonasining qurilgan vaqti haqida tarixiy manba'lardan aniq, hozirgacha uchraydigan bahslarga nuqta qo'yadigan ma'lumot hаli – hanuz topilgani уо'q. XVIII asr tarixchisi Said Roqimning " Tarixi Roqimiy " kitobida Ulug'bek rasadxonasi 1428 yili qurilgan deb ma'lum qiladi. Tarixiy ma'lumotlarga tayangan holda ko'pchilik ХХ asr olimlari, xusиsan, V.Bartold, М. Masson, Т. Qoriniyoziy va V. Shishkin ham o'z asarlarida Ulug'bek rasadxonasining qurilib ishga tushgan yili deb 1424 va 1429 yillarniaytadilar. Asrimizning 50 -yillarida mashhur o'zbek arabshunos olimi G' .Jalolov Ulug'bek rasadxonasining qurilgan yillari va unda G'iyosiddin Koshiyning xizmati haqida Navoiyning zamondoshi, mashhur tarixchi Mixond ibn Hovandshohning "Ravzat us - safo " asaridan quyidagi so'zlarni topdi: "Ви voqeadan (gap Xitoy elchilarining 1419 yili Samarqandga kelish voqeasi ustida -G'. Jalolov) " oldin Mirzo Ulug'bеk madrasa qurish to'g'risida ko'rsatma berdi. Xuddi shи tarzda Ulug'bek tomonidan taniqli ustalar boshchiligida Samarqandda rasadxona qurish haqida ham ulug' farmon berildi. Вu haqda "Ravzat us-safo" da: "Rasadxona qurish bo'yicha yunon fanini to'la egallagan "ikkinchi Ptolemey" -G'iyosuddin Jamshid va Mavlono Nizomuddin al-Koshiylar rahbarlik qildilar. Ishning jadal sur'at уа o'ta darajada qizg'inlik bilan olib borilganligi rasadxonaning qisqa muddatda qurib bitkazilishiga imkon berdi ", -deyi1gan. Observatoriyaning qurilish davri haqida tarixiy manba'larda uchraydigan ma'lumotlar ichida, shubhasiz, Мiтxond ma'lumotlari уа Koshiyning otasiga yozgan xatidagi ma'lumotlar haqiqatga yaqin deb qarashga asos beradi. Shu boisdan astronom G'. Jalolov Шug'Ьеk observatoriyasining qurilishi 1420 yili yakunlangan degan xulosaga keladi. Keyinchalik arxitektor М. Bo'latov Ьат shunday xulosaga keladi. ("Zvezda Vostoka", 1982, l-son). Download 229.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling