Munavvar Qori Abdurashidxonov Reja


Download 33.25 Kb.
bet1/3
Sana24.01.2023
Hajmi33.25 Kb.
#1117207
  1   2   3
Bog'liq
Munavvar Qori Abdurashidxonov


Munavvar Qori Abdurashidxonov
Reja
1.Munavar qori. Tarjimayo xoli
2.Ilmiy ijodiy ishlar
3.Asarlari
4.Xulosa

Munavvarqori, Abdurashidxonov Munavvar qori (1878, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) — Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, 20-asr oʻzbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. Toshkentning Shayxontohur dahasidagi Darxon mahallasida ziyoli oilasida tugʻilgan. Otasi Abdurashidxon Sotiboldixon oʻgʻli mudarris, onasi Xosiyat otin Xonxoʻja Shorahimxoʻja mudarris qizi otinoyi boʻlgan. U oilada uchinchi oʻgʻil boʻlib, katta akalari Aʼzamxon (1872—1919) va Muslimxon (1875—1954) muallim boʻlishgan. Otasidan yosh yetim qolgani tufayli dastlabki taʼlim tarbiyani onasidan olgan. Soʻng oʻz davrining mashhur oʻqituvchisi Usmon domladan ilmi qiroat va tajvidni oʻrganib, hofizi Qur'on boʻlgan. 1885—1890 yillarda Buxorodagi Mirarab madrasasida tahsil olgan, ammo tahsilni oxiriga yetkazmay, Toshkentga qaytib, imomlik va muallimlik bilan shugʻullangan. Eshonquli dodxoh madrasasida tahsilni davom ettirgan. 1901-yilda usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus oʻquv dasturini tuzgan, darsliklar yozgan. 1904-yildan ijtimoiy siyosiy, madaniy hayotga aralasha boshlagan. 1906-yildan „Oʻrta Osiyoning umrguzorligi, taraqqiy“, „Taraqqiy“ gazetalarida adabiy xodim. Shu yili noshir va muharrir sifatida „Xurshid“ gazetasini tashkil etgan. „Shuhrat“ (1907), „Tujjor“ (1907), „Osiyo“ (1908) gazetalarini gʻoyaviy boshqargan va adabiy xodim vazifasini bajargan. Soʻng „Sadoyi Turkiston“ (1914—1915) gazetada masʼul muharrir muovini, „Al-isloh“ jur. (1915—1917)da maxfiy muharrir, „Najot“ va „Kengash“ (1917) gazetalarida masʼul muharrir.
Munavvarqori ibn Abdurashidxon turli jamiyat va uyushmalar tashkilotchisi. U „Jamiyati Imdodiya“ (1909), „Turon“ (1913), „Turkiston kutubxonasi“ (1914), „Umid“ (1914), „Maktab“ (1914), „Koʻmak“ (1921) jamiyat, tashkilot, shirkat va uyushmalarida muassis, muovin, rais, aʼzo. Shoʻrolar hukumati davrida Xalq dorilfununi shoʻrosining raisi, Turkiston Maorif xalq komissarligi turk shoʻbasining ish yurituvchisi (1918), Toshkent shahri maorif noziri, Sharq xalqlari sʼyezdi (1920, Boku) delegat va hayʼati aʼzosi. BXSR Maorif nozirligi vaqf boʻlimi boshligʻi (1920—1921), Toshkent shahri ijtimoiy tarbiya boʻlimi mudiri (1921), Akademmarkaz raisi (1922), Navoiy nomidagi maktab, Narimonov nomidagi ped. texnikumi, ayollar ped. institutida muallim (1923—1925), Samarqand shahri muzeyida ilmiy xodim, Oʻzbekiston osori-atiqalarni saqlash qoʻmitasining Toshkent-Fargʻona boʻlimida masʼul kotib (1927—1928).
Munavvarqori ibn Abdurashidxon bir qancha darslik muallifidir. Uning „Adibi avval“ (1907), „Adib ussoniy“ (1907), „Usuli hisob“, „Tarixi qavm turk“, „Tajvid“ (1911), „Havoyiji diniya“, „Tarixi anbiyo“, „Tarixi islomiya“ (1912), „Yer yuzi“ (1916—1917), 4 qismdan iborat „Oʻzbekcha til sabokligi“ (Shorasul Zunnun va Qayum Ramazon bilan birga, 1925—1926, 4qismi musodara qilingan) darsliklari bir necha marta chop etilgan. 1914-yilda taraqqiyparvar oʻzbek shoirlarining sheʼrlarini jamlab, „Sabzavor“ nomi bilan nashr etgan.
Munavvarqori ibn Abdurashidxon ijtimoiy-pedagogik faoliyat bilan birga badiiy ijod bilan ham shugʻullangan. Uning ixcham hikoyalari, talaygina sheʼrlari oʻsha davrdagi matbuot va oʻzi tuzgan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, u oʻtkir publitsist adib sifatida tanilgan. Misralarida inson va jamiyat, din va dindorlik, axloq, mustamlakachilik va hurriyat, ziyolilik, uyushma, tashkilot, davlat idorasi masalalariga alohida eʼtibor qaratgan.
Munavvarqori ibn Abdurashidxon oʻz faoliyati davomida pedagogik, matbuotchilik, muharrirlik, adiblik bilan cheklanmay, jiddiy siyosiy faoliyat ham olib borgan, shu sababli mustamlaka hukumati tomonidan bir necha bor hibs qilingan.
Yevropa savdosanoat, ilm-fanini oʻrganishga chaqirgan, maʼnaviy qoloqlikni qoralagan. Chor va shoʻro hukumatlari olib borgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi izchil kurash olib borib, 1917—1924-yillarda „Shoʻroyi islom“, „Turk adam markaziyat“, „Ittihod va taraqqiyot“, „Milliy ittihod“, „Nashri maorif“ kabi jamiyat, firqa va tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qilgan. U vijdon erkinligini inkor etmagan dunyoviy demokratik davlat tarafdori boʻlgan. Shu sababli Qoʻqon shahrida tashkil topgan Turkiston muxtoriyatini (1917) qoʻllab-quvvatlagan. Umr boʻyi oʻz vatanini mustaqil koʻrishni istagan.[1] M. 1929-yil 6-noyabrda qamoqqa olinib, Moskva shahridagi Butirka qamoqxonasida qatl qilingan va Vagankova qabristoniga dafn etilgan. 1991-yilda rasman reablitatsiya qilingan.

Download 33.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling