Munavvarsan, mo’tabarsan muqddas ayol


Download 24.63 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi24.63 Kb.
#1266844
Bog'liq
senari



munavvarsan, mo’tabarsan muqddas ayol”

8 mart xalqaro Xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan tadbir ishlanmasi


Sahna bayram ruhiyatiga mos qilib bezatilgan. Yigitlar ayollarni kutib olish jarayoni.
Zalda bahor valsi kuyi eshitilib turibdi. Davraga boshlovchi kirib keladi.
Lola, gullar barq urib, bog‘ ichra xandon ushbu kun
Chehralar gulgun ochilgan, sho‘x xiromon ushbu kun. Sayramoqda bog‘ aro bulbul, yayrab sho‘x kuylarin, Nur sochib keldi bahor, mohitabon ushbu kun.
Assalomu alaykum aziz ustozlar, qadrli ayollar, muhtarama onaxonlar, dilbar singillar, o‘lkamizga o‘zining go‘zal tarovati bilan, chiroyi bilan bahor fasli kirib keldi, odatda bahor faslini ayollarga qiyoslashadi. Bu judayam haqli o‘xshatish.
Barcha yurtimiz ayollarini, onaxonlarimizni, ulug‘ ayyom bilan samimiy qutlaymiz. Oilalaringizga tinch-totuvlik, ro‘zg‘oringizga qut-baraka, dasturxoningizga to‘kin-sochinlik tilaymiz.
Bugungi tadbirimizni ochib berish hamda Aziz va munis ustozlarimizni bayram bilan tabriklash uchun so‘zni filialimiz direktori , Samadov Alisher Usmonovichga beramiz.
Onaxonlarimiz, ayollarimiz, qizlarimiz doimo go‘zal, quvnoq, dilbar va iboli bo‘lib yurishlariga
haqlidirlar. Bugungi bayram tadbirida ijro etiladigan kuy va qo‘shiqlar, jozibali raqslar, she’rlar sizlar uchun yangraydi aziz ayollar.
Dunyoda ne dilbar erur, desam derman ayol qalbi
Dilni erkalovchi dilbar, bilmasang bil ayol qalbi Toqqa intilib netarsan, cho‘qqisini ko‘rayin deb Yuksaklikda baland tog‘dan alik olar ayol qalbi
Sahnaga siz ayollarni kayfiaytingizga pozitiv qo’shish uchun ansambl taklif etilgan. Marhamat ularning kuy qo’shiqlaridan bahramand bo’lib raqsga tushishingiz mumkin.
Ansambl chiqishi.

Qadimlardan qirqta joni bo‘lgan ayol,
Jannatlarning shavkat-shoni bo‘lgan ayol,
Eng ulug‘ xonlarning xoni bo‘lgan ayol Qirqta joningizga boylanib sizning
Qirq birinchi joningizga aylanay sizning
Yuraklarda qaynoq mehr undirasiz,
Endigi so’z navbatini filialimizning ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari va o’quv ishlari ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Xoliqulov doniyor hamda Xafizov Orif akaga beramiz.
Gulzor ichra oxista,
Sayr qilib yuraman.
Keyin esa bexosdan,
Gullar raqsin koʼraman.
Gullar raqs tushganda,
Childirma chalar shamol.
Bunday xolni koʼrganlar,
Boʼldilar xayronu-lol.
Sahnaga konchilik ishi faklutetining raqqosa talabalarini taklif etamiz.


Ansambl chiqishi
Bugun o‘zgachadur jilvai olam, Bugun o‘zgachadur borliqda xanda.
Bugun ko‘zlarimga go‘yo quyosh ham Shafaq gulxaniday teran chirmanda


Ayol haqida she’r Filialning kengash kotibi shoir filologiya fanlari nomzodi A.Pirimqulovga navbat

Qo‘shiq Ayollarimizni tabriklash uchun o’zining repertuaridagi xonishlar orqali filialimiz talabasi Abduhalilni taklif etamiz.


Filialimizda ya’na bir jon kuyar xodimimiz bor ularni ham ayollar haqidagi fikrlarini tinglash uchun sahnagaBosh muhandis Ibrohim akani taklif etamiz.
Qizlar ijrosida raqs.
Aziz ayollar, qadrli onaxonlar, ustozlar sizlarni bugungi bayram bilan qutlash hamda tadbirimiz yakuni uchun so‘zni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Jamiyevni taklif etamiz.
Hurmatli davramiz qatnashchilari shuning bilan 8 mart xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri nixoyasiga yetdi.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Qo‘shiq Ayollarimizni tabriklash uchun o’zining repertuaridagi xonishlar orqali filialimiz talabasi Abduhalilni taklif etamiz.
Aziz ayollar, qadrli onaxonlar, ustozlar sizlarni bugungi bayram bilan qutlash hamda tadbirimiz yakuni uchun so‘zni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Jamiyevni taklif etamiz.
Hurmatli davramiz qatnashchilari shuning bilan 8 mart xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri nixoyasiga yetdi.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Download 24.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling