Mundareja: I kirish
Download 17.05 Kb.
|
zari
Mavzu: Fizika ta’limida ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishga qo’yiladigan talablar Mundareja: I Kirish. II Asosiy qisim. Ta’lim texnologiyalari va ularning mohiyati. Fizika ta’limida ta’lim texnologiyalari. Fizika fanini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish III Xulosa. 1 Kirish. Ta’lim tizimini takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashda ta’lim texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir. Keyingi yillarda kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda dars mashg‘ulotlarni tashkil etishning yangi shakllari shakllanmoqda. Ulardan, keng foydalanayotgan amaliy ishlardan biri kompyuterda maxsus dasturlar yordamida kuzatilishi qiyin bo‘lgan fizik jarayonlarni elektron darsliklar, animatsiyalar, vertual tajribalar va taqdimotlar vositasida ko‘rgazmali tushuntirishdir. Fizik jarayonlar mexanizmlarini, ularni ma’ruza, amaliy va ayniqsa tajriba mashg‘ulotlarida namoyish etish va bu holatlarni kompyuter texnologiyalariga tayangan holda olib borish o‘qitish jarayonida tinglovchilarga bilim berish va fan asoslariga doir ko‘nikmalar hosil qilish samaradorligini oshiruvchi omillari bo‘lib hisoblanadi. Fizika kursini o’qitish jarayoniga kompyuter texnologiyalarini qo’llash va ular asosidagi multimediya vositalardan foydalanish pedagogik va psixologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega bo’lib, muhim natijalarga olib kelishi ma’lum. O’quv-tarbiya jarayoni faollashadi, dars samaradorligi oshadi. 2 Texnologiya (yunon. “techne” - mahorat, san’at, “logos” - tushuncha, ta’limot) - muayyan (ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy va b.) jarayonlarning yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi. Ta’lim texnologiyasi (ingl. “an educational technology”) - ta’lim (o‘qitish) jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi. Ta’lim texnologiyasi - ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma- bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish. Download 17.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling