Mundareja kirish i-bob. Makroiqtisodiy faoliiyat natijaarini ifodalovchi ko’rsatkichlarni hisoblashning umumnazariy asoslari


II-BOB. ASOSIY MAKROIDTISODIY KO’RSATKICHLAR ULARNI TAHLILI


Download 1.41 Mb.
bet4/7
Sana23.04.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1390923
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Makroiqtisodiy ko\'rsatkichlar..Javohir

II-BOB. ASOSIY MAKROIDTISODIY KO’RSATKICHLAR ULARNI TAHLILI.
2.1. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tahlili: O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2015 yil 16 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig’ilishida belgilab berilgan «2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlari» bo’yicha vazifalarni amalga oshirilishi, shuningdek, Hukumat tomonidan qabul qilingan tarmoq dasturlari va qarorlarida belgilangan parametrlarni viloyatda ijrosini ta’minlanishi hisobiga 2015 yil 1-yarim yillik yakuni bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o’sish sur’atlari ta’minlandi. Xususan, iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va ko’lamlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zarur ishbilarmonlik muhitini yaratish, aholining hayot darajasi va sifati izchil oshirilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot hajmining (YaHM) o’sish sur’ati 9,7 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 15,1 foizga, qishloq xo’jaligi 6,1 foizga, kapital qo’yilmalar 24,1 foizga, qurilish ishlari 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi 13,2 foiz va pullik xizmat ko’rsatish hajmi 14,5 foizga o’sishi ta’minlandi. Hisobot davrida YaHM dagi sanoatning ulushi 14,4 foizni (2014 yil 1-yarim yilligida 14,1%), qishloq xo’jaligi 13,6 foizni (14,8%), qurilish 9,4 foizni (9,6%), transport va aloqa 14,3 foizni (14,2%), savdo va umumiy ovqatlanish 11,2 foizni (11,3%) va boshqalar 37,1 foizni (36,0%) tashkil etgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2015 yil 16 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig’ilishida belgilab berilgan «2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlari» bo’yicha vazifalarni amalga oshirilishi, shuningdek, Hukumat tomonidan qabul qilingan tarmoq dasturlari va qarorlarida belgilangan parametrlarni viloyatda ijrosini ta’minlanishi hisobiga 2015 yil 1-yarim yillik yakuni bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o’sish sur’atlari ta’minlandi. Xususan, iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va ko’lamlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zarur ishbilarmonlik muhitini yaratish, aholining hayot darajasi va sifati izchil oshirilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot hajmining (YaHM) o’sish sur’ati 9,7 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 15,1 foizga, qishloq xo’jaligi 6,1 foizga, kapital qo’yilmalar 24,1 foizga, qurilish ishlari 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi 13,2 foiz va pullik xizmat ko’rsatish hajmi 14,5 foizga o’sishi ta’minlandi. Hisobot davrida YaHM dagi sanoatning ulushi 14,4 foizni (2014 yil 1-yarim yilligida 14,1%), qishloq xo’jaligi 13,6 foizni (14,8%), qurilish 9,4 foizni (9,6%), transport va aloqa 14,3 foizni (14,2%), savdo va umumiy ovqatlanish 11,2 foizni (11,3%) va boshqalar 37,1 foizni (36,0%) tashkil etgan.
Hozirda jahon hamjamiyatida yuz berayotgan jarayonlar (globallashuv, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda bozor munosabatlarining rivojlanishi) milliy iqtisodiyotni tartibga solish sohasida muvofiqlashtirilgan qarorlarni qabul qilishning asosi sifatida makroiqtisodiy tahlil usullaridan faol foydalanishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan o‘quv dasturiga «Makroiqtisodiy tahlil» kursi kiritilgan. Mazkur kurs tayanch iqtisodiy fanlarni o‘rganish jarayonida olingan bilimlar qanday qilib makroiqtisodiy tahlilning amaliy maqsadlarini amalga oshirish va u yoki bu mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni prognoz qilish uchun qo‘llanishi mumkinligini ifodalaydi. Makroiqtisodiy tahlilning predmeti sifatida milliy iqtisodiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi universal bog‘liqliklarning o‘ziga xos shakllari, iqtisodiy siyosatning turli vositalaridan foydalanishda amal qiladigan sabab-oqibat mexanizmlari, shuningdek, ichki iqtisodiyot hamda tashqi dunyoning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri ishtirok etadi. Ta’kidlash lozimki, huddi makroiqtisodiyot kabi, makrotahlil ham pozitiv va normativ tarkibiy qismlarni o‘zida mujassam etgan. Pozitiv tarkibiy qism «Nima sodir bo‘layapti?» degan savolga javob beradi va prognoz qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi (bunda muayyan faktlar, nisbatlar va raqamlardan foydalaniladi). Normativ tarkibiy qism «Qanaqa bo‘lishi kerak?» degan savolga javob beradi va iqtisodiy siyosat vositalarini ishlab chiqish orqali vaziyatni to‘g‘rilashga yordam beradi. Ushbu ikkita tarkibiy qismning uyg‘unlashuvi siyosiy tizimdan qat’i nazar har qanday mamlakatning iqtisodiy ahvolini makroiqtisodiy tahlil qilishda namoyon bo‘ladi. Mamlakatlarning iqtisodiy siyosatidagi farqlar birinchi galda pozitiv va normativ tarkibiy qismlarning ulushi bilan belgilanadi. Davlat tomonidan tartibga solish tarafdorlarida normativ yondashuv yaqqol ifodalangan, liberallarda esa bilim orttirishga (pozitiv) yo‘naltirilganlik ustunlik qiladi, ular ko‘proq bozorning kuchiga ishonib, bozor erkinligini nazarda tutadi, davlat tomonidan ta’sir etishning bilvosita, tuzatish kirituvchi vositalaridan foydalanishni afzal ko‘radi: • iqtisodiy vaziyatni monitoring qilish; 5 • iqtisodiyotda amal qiluvchi sababli-oqibatli mexanizmlarni tahlil qilish; • moliyaviy oqimlarni tadqiq etish asosida iqtisodiyot sektorlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rganish; • iqtisodiy siyosatni tadqiq etish va yangi iqtisodiy strategiya variantlarini ishlab chiqish (makroiqtisodiy tuzatishlar kiritish dasturlarini ishlab chiqish). Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining tahlili uchun talab qilinadigan nazariy va amaliy masalalar to‘g‘risida bilimlar berish hisoblanadi. Ushbu fanning maqsadi esa mamlakat iqtisodiyotida daromad va boyliklar taqsimotiga, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyatiga ta’sir etuvchi budjet, soliq, pul-kredit siyosatlari, to‘lov balansi va tashqi qarzni tahlil qilayotganda asosiy konsepsiyalar, soliq sohasi, davlat xarajatlari va kapital qarz siyosati bilan tanishtirishdan iborat. Faning mazmuni– makroiqtisodiy tahlilning paydo bo‘lishi, rivojlanishi bosqichlari va xususiyatlari, uslubiyoti va usullari, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar axborot ob’ekti, makroiqtisodiy jarayonlarning iqtisodiy tahlili, budjet, soliq, pul, kredit siyosati, to‘lov balansi, bandlik, ishsizlik va inflatsiya darajasidagi o‘zgarishlar va ular rivojlanish qoidalarining takomillashuvining nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatadi. Makroiqtisodiy tahlilning asosiy bo‘limlari quyidagilar: makroiqtisodiy tahlilning uslubiy asoslari, makroiqtisodiy jarayonlarning iqtisodiy tahlilini o‘rganish, uni yanada rivojlantirish, takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, erishilgan muvaffaqiyatlarni keng yoyish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablarini o‘rganish hamda ularni imkoni boricha tugatishga yordam berishdan iborat. Shunday qilib, makroiqtisodiy tahlilning vazifalariga quyidagilar kiradi: makroiqtisodiy tahlilning uslubiyoti va usullarini har tomonlama o‘rganish; real sektorni batafsil o‘rganish asosida sektorning faoliyatiga baho berish; to‘lov balansiga ta’sir qilgan omillar va ularning sabablarini o‘rganish; budjet-soliq sektorini makroiqtisodiy tahlil qilish va undagi o‘zgarishlarni amaliyotga tadbiq etishni o‘rganish; 6 pul-kredit sektorini iqtisodiy tahlil qilish va ilg‘or tajribalarga tayangan holda rivojlantirish va mustahkamlashga yordam beradigan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; bandlik, ishsizlik va inflatsiya darajasini iqtisodiy tahlil qilish, ularga ta’sir qilgan omillar va sabablarni o‘rganish. “Makroiqtisodiy tahlil” fanining vazifasi milliy iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini baholash va monitoring o‘tkazishda foydalanadigan usullar majmuini o‘rganishdir. Shu maqsadda unda mamlakatimizda ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning jami hajmini hisoblash, inflatsiya sur’atlarini, ishsizlik darajasini, to‘lov balansi saldosini va valuta almashtiruv kursi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish usul va uslublari bayon etilgan. Makroiqtisodiy tahlilning asosiy xususiyati shundan iboratki, uning eng muhim tamoyili umumlashtirish hisoblanadi. Iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi va uning qonuniyatlarini, iqtisodiyotni bir butun darajada o‘rganish faqatgina umumlashtirish yoki agregatlash (aggregation) tamoyili orqali amalga oshiriladi. Makroiqtisodiy tahlil agregatlashni talab etadi.

Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga xalq xo’jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi. Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o’sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Nihoyat mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar miqdor va sifat ko’rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko’rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot va boshqalar.
Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun ishlatiladi. Bozor iqtisodiga o’tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning kengaytirilgan tushunchasiga amal qilinadi. Shu ma’noda, ijtimoiy ishlab chikarish - iqtisodiyotning daromad yaratuvchi barcha soxalarining ishlab chiqarishidir. Bu erda moddiy ishlab chiqarish soxalaridan tashqari, pulli xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlar (moliya, sug’urta, sog’liqni saqlash, maorif va boshqalar) xam ijtimoiy ishlab chikarishga kiradi. Shu sababli, Bozor iktisodiyotiga o’tgan mamlakatlarda yaratilgan ijtimoiy mahsulot tarkibiga tovarlar xam, xizmatlar xam, milliy daromadda esa, tovarlarni sotishdan, xizmat ko’rsatishdan olingan daromadlar xisobga olinadi, ijtimoiy ishlab chiqarishdan chetda fakat bepul xizmatlar ko’rsatish jarayonlari qoladi. Chunki bepul xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlarda daromad yaratilmaydi va xar qanday mamlakatda bu tarmoqlar davlat xisobiga faoliyat ko’rsatadi. Ijtimoiy ishlab chikarish tushunchasidagi farq natijasida, mamlakatlar o’zining mazmuniga ko’ra ajratib turuvchi ko’rsatkichlardan foydalanadi, ularni xisoblashning turli uslublari ko’llaniladi.
Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni milliy hisoblar tizimi orqali quyidagicha ifodalash mumkin;

  1. Barcha tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishi – oraliq iste’mol = Yalpi ichki mahsulot.

  2. Yalpi ichki mahsulot - amortizatsiya = sof ichki mahsulot.

  3. Sof ichki mahsulot – biznesga egri soliqlar = milliy daromad

  4. Milliy daromad – ijtimoiy sug’urtaga badallar – korporatsiya foydasiga soliqlar – korporatsiyani taqsimlanmagan foydasi + transfert to’lovlari = shaxsiy daromad.

  5. Shaxsiy daromad – yakka tartibdagi soliqlar = Ixtiyordagi daromad.

Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bu - yalpi ichki mahsulotdir. Yalpi ichki mahsulot – bu muayyan davr mobaynida (bir yil) kim tomonidan yaratilishidan qatiy nazar mamlakat hududida yaratilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir.


YaIM - bu biror-bir mamlakat xududida joylashgan korxona va tashkilotlarda ishlab chirarilgan tovar va xizmatlarning umumiy yiuindisidan iboratdir.
Yalpi ichki mahsulot 3 xil usul asosida aniqlanadi ;

  1. Ishlab chiqarish usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi.

Yalpi ichki mahsulot = ∑ QQ

  1. Xarajatlar usuli – bunda yakuniy iste’molchilarning xarajatlari yig’indisi sifatida aniqlanadi.

Yalpi ichki mahsulot = S + I + G + Xn
Bu erda S – shaxsiy iste’mol xarajatlari; I– investitsiya xarajatlari ya’ni xususiy ichki investitsiyalar ; G – davlat xarajatlari ya’ni tovar va xizmatlarnin davlat xaridi ; Xn – chet elliklarning xarajatlari, ya’ni sof eksport;


  1. Download 1.41 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling