Mundareja: kirish


JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O’QUVCHILAR FAOLIYATINI TASHKIL QILISH


Download 47.03 Kb.
bet5/8
Sana28.02.2023
Hajmi47.03 Kb.
#1236190
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
90-722-70-73

4.JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O’QUVCHILAR FAOLIYATINI TASHKIL QILISH
Maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyasi asosan uch yoʼl bilan tashkil etiladi.
1. Umumiy oʼrta taьlim va oʼquv yurtlari tizimida;
2. Maktabdan tashqari tarbiyani amalga oshiruvchi tashkilatlarda;
3. Oila sharoitida
Har bir koʼrsatilgan muhit uchun qoida boʼyicha jismoniy tarbiya mashqlar mashgʼulotlarini tashkil etishning konkret shakllari turlichadir. Mashgʼulotlarning dars shakli (maktabda jismoniy tarbiya darslari, BUSMda sportning bir turi boʼyicha dars mashgʼulotlari va birinchi darajali ahamiyatiga ega. Jismoniy tarbiya oʼqituvchisi, ustoz-instruktorning bevosita. rahbarligida asosiy oʼquv tarbiya ishlari hal etiladi. Mashgʼulotlarning dars shakllariga zarur qoʼshimcha boʼlib kichik maktab yoshidan amalga oshiriladigan jismoniy tarbiya (masalan unda olib boriladigan gigienik gimnastika, oʼz hohishicha oʼtkaziladigan harakatli oʼyinlar, jismoniy tarbiya boʼyicha uy vazifalarini bajarish mavjud. Oʼrta va toʼliqsiz oʼrta oʼquv yurtlarida jismoniy tarbiya boʼyicha olib boriladigan ishlar jismoniy tarbiya darslari (oʼquv reja buyicha), maktab sport toʼgarak va jismoniy tarbiyaga tayyorgarlik umumiy guruhlari ish rejasi boʼyicha oʼkaziladigan dars mashgʼulotlari, shuningdek oʼquv ishlarini boshlashdan oldin oʼtkaziladigan gimnastika, umumiy taьlim mvktablarda oʼtkaziladigan quvnoq daqikalar. Katta tanaffuslarda va kuni oʼzaytirilgan guruhlar kun tartibida oʼtkaziladigan harakatli oʼyinlar va turli sport oʼyinlari koʼrinishida tashkil etiladi. Maktabdan tashqari tashkilotlar va muassasalar jismoniy tarbiya boʼyicha qoʼydagi ishlarni olib boradi:
a) oʼquvchilarning doimiy kontingenti (BESM, koʼngilli sport jamiyatlari sport toʼgarak va hakozo) bilan dars va darsdan tashqari mashgʼulotlar shaklida;
b) turli yoshdagi turlicha sogʼliqqa va tayyorlanish saviyasiga ega boʼlgan bolalarning oʼzgaruvchan kontingenti bilan darsdan tashqari ommoviy olishuv konkurs, oʼyinlar va sayrlar shaklida. Oilada jismoniy tarbiya asosan ertalabki gigienik gimnastika, uy vazifasini bajarish jarayonida oʼtkaziladngan quvnok, daqiqalar, jismoniy tarbiya darslarda oʼrganilgan mashqlarni, harakatli oʼyinlar va xavoskorlik musobaqalari (turar joylarda) boʼyicha mustaqil mashgʼulotlar, sayrlar, poxodlar va ota-onalar bilan choʼmilish shaklida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda «Sog‘lom avlod vuchun» keng kо‘lamli chuqur о‘ylab chiqilgan о‘ta hayrli ish xalq tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Davlatimizning hozrigi kuni va istiqloli yoshlarni sog‘lom qilib tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liq.
О‘zbekiston Respublikasining «Taolim tо‘g‘risida»gi qonuniga kо‘ra (7-modda) davlat taolim standarti, davlatning taolim sohasida о‘z fuqarolari oldidagi majburiyatlarning aks ettiradigan asosiy hujjatlardan biridir.
О‘qituvchining muvaffaqiyat bilan ishlashni muhim sharti bu dastur materialini tо‘g‘ri rejalashtirishdir. О‘quv ishlarini rejalashtirganda о‘quvchi yashayotgan xududning iqlim-geografik xususiyatlarini, maktabni moddiy-texnika bazasini, dasturning har bir bо‘limi materiallarining muvaffaqiyatli egallash uchun ketadigan ilmiy asoslangan vaqtni hisobga olish zarur. Rejalashtirishda о‘quv yuklamasining barcha qismlarini takrorlash miqdori, mashg‘ulotlarda о‘quv yuklamasini asta-sekin va tо‘lqinsimon oshirib borish kerakligini inobatga olish lozim.
Bilimlarni rejalashtirish kо‘nikmalarining shakllanishi, harakatlanish qobiliyatlarining rivojlanishi va ahloqiy, irodaviy sifatlarning tarkib topishi bilan ham bog‘liq bо‘ladi.
О‘quv ishlarini rejalashtirishda о‘quvchilarga berilgan va о‘zlashtirilgan mashqlarni shunday rejalashtirish kerakki, ular shu vaqt ichida yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlarini о‘zlashtirib olishlari kerak.
Yengil atletika turlarini balandlikka sakrash uchun maktabda sharoit yо‘q bо‘lsa, uni boshqa mashq bilan, yaoni uzunlikka sakrash bilan almashtirish mumkin.
Sport о‘yinlari bо‘limi о‘tilayotganda sport о‘yinlarini har birini chuqurlashtirib о‘tishga harakat qilish kerak.
Chidamlilikni rivojlantirish uchun turli estafetalar, aylanma trenirovka, о‘yinlar, ikki tomonlama о‘yinlar, aerob va aerob holatlarini rivojlantiradigan davomiyligi 20 sek 18 min bо‘lgan о‘yinlar qо‘llaniladi.



Download 47.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling