Mundarij a kirish i-bob. Boshlang'ich sinflarda og'zaki va yozma inshoning turlari
II.3. O`quvchilar inshosini tahlil qilish
Download 133.5 Kb.
|
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni insho yozishga o’rgatish yo’llari
II.3. O`quvchilar inshosini tahlil qilish.
Nutq o`stirish metodikasida o`quvchilar inshosi uchun baho me’yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi. Inshom matnini takomillashtirish, unda yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish ham o`quvhcilar uchun o`ta zarur malakalardan biridir. Ammo afsuski, ko`pchilik o`quvchilar o`zlari yozgan matn ustida deyarli ishlay olmadilar. Ko`pincha ular ishning qoralama nusxasiga birorta ham tuzatish kiritmay, uni aynan oqqa ko`chiradilar. O`qituchilar esa matnni tekshirayotgan yo undagi barcha atolarni tuzatadilar yoki xatoli o`rinlar ostiga chizish, har il belgilar qo`yish bilan cheklanadilar. “Ijodiy yozma ish ustida ishlash usullari” bo`limidan o`quvchilarni quyidagi zarur bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishni maqsadga muvofiq deb bilamiz: “Ijodiy yozma ish” tushunchasi: rasm asosida hikoya, manzara tasviri, shaxs hayvon, narsa-buyum, voqea-hodisa tasviri. Yozma ishga mavzu tanlash, ayni bir narsa, manzara, voqa, hodisalar asosida turlicha mavzu tanlash; Berilgan mavzu, erkin mavzu; Mavzuni yoritish uchun zarur material, o`quvchining bilimlari, kuzatishlari, taasurotlari, mushohadalari, qiyos va o`xshatishlari, xulosa va hukmlari. Yozma ishning rejasi. Mavzuni yoritishda mazmun izchilligi xat boshi tushunchasi. Yozma ish matni ustida qayta ishlash, qoralama nusxada so`zlar ustida ishlash. Matnning uslubi ustida ishlash. Ishni oqqa ko`cherish. Ishni tekshirilgach, xatolar ustida ishlash yo`llari. O`quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi: Insho mavzusining yoritilishi. (Mazmun mavzuga mosmi, ya’ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?) Reja, kompozitsiya, izchillik. (Reja to`g`ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo`qmi.) Janri, uslubi. Insho hajmi. Leksika Sintaksis Imloviy va punktuatsion savodxonlik, xatolar xarakteri. Husnixat, tashqi tomondan shakllantirish (hoshiyaga, xatboshidan yozishga, sarlavhani to`g`ri joylashtirishg rioya qilish) O`quvchilar inshosiga qo`yiladigan bunday talablar uni baholashda real yondashishga imkon beradi. Download 133.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling