Mundarij a kirish i-bob. Boshlang'ich sinflarda og'zaki va yozma inshoning turlari


Download 133.5 Kb.
bet4/13
Sana26.12.2022
Hajmi133.5 Kb.
#1066928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni insho yozishga o’rgatish yo’llari

1.1. Metodik manbalarning tahlili
Bir metodist olimlarning ilmiy – uslubiy asarlarini, o’quv metrodik qo’llanmalarni, boshlang’ich hamda umumiy o’rta ta’lim sinflarining darsliklarini tahlil qilganda, boshlang’ich sinfda o’quvchilarni insho yozishga o’rgatish borasidagi masalalarga alohida e’tibor berishimiz lozim.
Sinov insholari o’rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho yozish ko’nikma va malakalarini sinash uchun yirik mavzular tugagandan so’ng, choraklar yoki o’quv yili oxirida, olimpiadalarda o’tkaziladi3
Bundan tashqari ushbu darslikda inshoga epigraf tanlash xususida ham bir qator fikrlar bildirilgan. ”Inshoning mazmuniga mos keluvchi mashhur hikmatli so’z, maqol, ibora yoki badiiy parcha epigraf deyiladi”.
Epigraf, odatda rejadan keyin, insho matnidan oldin, saxifaning o’ng chekkasiga yoziladi. Epigraf bo’lgan matndan so’ng (so’roq yoki undov gap bo’lmasa) nuqta qo’yiladi. Muallifi qavs ichida yoziladi. Inshoda epigraf bo’lishini qat’iy talab tushunmaslik kerak, u tamoman ixtiyoriydir. Lekin, mavzuga ichki mazmuniga xamoxang keluvchi epigraf bo’lsa inshoning badiiyligiga xizmat qiladi. Insho muallifining mahoratini ko’rsatadi.
Xuddi shu mavzuni, ya’ni inshoga epigraf tanlashni boshlang’ich sinflardanoq boshlab o’rgatish kerak. 8-sinf ona tili darsidagi 51 mashqni tahlil qilib ko’raylik.
51-mashq Jadvalni kuzating. Uning birinchi ustunida insho mavzulari, ikkinchi ustunida muayyan mavzularning mazmunini ochib beruvchi fikr, maqol, mashhur bayt, keltirildi. Insho mavzularga mos keluvchi fikr (epigraf)larni tanlang va bir-biriga bog’lang.
1 – jadval

t/r




t/r




1

Alisher Navoiy she’riyat quyoshi

1

Vatan,ona so’zi naqadar aziz
Sensan, har narsadan, mo’tabar aziz
(Uyg’un)

2

O’zbekiston - Vatanim mening

2

Bosh asrkim, nazmiy saroyni
Titratadi zanirband bir sher
(A.Oripov)

3

Mehnat baxt keltirar

2

Suv zar, suvchi zargar
(Maqol)

4

Suv – hayot manbayi

4

Mehnat, mehnatning tagi rohat
(Maqol)



Xuddi shunga o’xshash mashqlarni boshlang’ich sinf darsliklarida ham kiritish kerak. Chunki bu mashqlarni bajarish mobaynida o’quvchilarda insho mavzusi, uning mazmunini ochib beruvchi fikrni bayon qilish malakasi rivojlanadi. O’quvchilar qiynalmasdan mavzuni yoritishda xizmat qiluvchi rivoyatlar, hikmatli so’zlar, maqollardan insho yozish davomida misollar keltira oladilar hamda foydalana oladilar.
III sinf
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Miqdoriy ko’rsatkich: 45-55 so’zdan iborat diktant yoza olish
Talablar:

  1. imlo xatolariga yo’l qo’ymaslik

  2. Ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi.

Miqdoriy ko’rsatkich: 4-5 gapdan iborat bo’lgan matn (fikr ehtiyoji) bilan bog’liq mavzu asosida yaratish.
Boshlang’ich sinf darsliklarini shunday tuzish kerakki, keyinggi o’quv yillarida nomuvaffaqiyatliklarga uchramasin. Shuning uchun ham darsliklardagi mavjud nuqson va kamchiliklarni tuzatish va ularga oydinlik kiritish lozim. Shundagina o’quvchilarning bilim malakasi mustahkam, xotirasi tiniq fikrlash doirasi keng bo’ladi va bu ta’lim – tarbiya jarayonini samarali bo’lishini ta’minlaydi.



    1. Download 133.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling