Mundarij a: kirish I. Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar sezgi organlarining taraqqiy etishining nazariy asoslari …
Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi asosida rivojlantiruvchi markazlarida ishlashning oʻziga xosligi
Download 115.3 Kb.
|
ILK QADAM”DAVLAT O‘QUV DASTURI ASOSIDA FAOLIYAT MARKAZLARIDA MAKTABGACHA
2.2. Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi asosida rivojlantiruvchi markazlarida ishlashning oʻziga xosligi
Dunyo mamlakatlari jadal rivojlanayotgan, integratsiya va globallashuv jarayoni faol amalga oshayotgan hozirgi davrda mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalarning yetuk, barkamol, aqlan va jismonan sogʼlom, ruhan kuchli, maʼnan boy boʻlib oʻsishlari uchun keng sharoitlar yaratib berilmoqda. Prezidentimiz tomonidan bugungi kunda maktabgacha taʼlimga berilayotganeʼtibor tufayli amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar maqsadli qilibbelgilab berilgan. Shundan kelib chiqqan holda maktabgacha taʼlim sohasi davlat eʼtibori darajasiga koʻtarildi. Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlimni rivojlantirish va samarali faoliyat koʻrsatishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi hamda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan islohotlarda bu oʻzining aksini topmoqda. Mamlakatimizda tashkil etilgan maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan qisqa fursat ichida sohani rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami yaqqol koʻzga tashlanadi. Maktabgacha taʼlim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hayʼat yigʻlishi qarori bilan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi tasdiqlandi. Dastur Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan meʼyoriy-huquqiy hujjat boʻlib, unda maktabgacha taʼlimning maqsad va vazifalari, oʻquv tarbiyaviy faoliyatning asosiy gʻoyalari ifodalangan, shuningdek bolani taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtishdagi asosiy komponentlari belgilangan. Maktabga chiqib ulgurmagan bolajonlarning oʻqishni, yozishni, ajoyib tasvirlarni chizishni, axborot texnologiyalarini tezkorlik bilan oʻzlashtirib olayotgani shundan dalolat beradi. Endi biz ularning qiziqishlari, qobiliyatlariga mos ravishda sifatli taʼlim-tarbiya berish uchun avvalgi foydalangan dasturlarimizga suyanib qola olmaymiz. Aynan yosh avlodga mana shunday sifatli taʼlim-tarbiya berishda “Ilk qadam” dasturining oʻrni beqiyosdir. Dastur nomining falsafiy mazmunidan ham anglash mumkinki, “Ilk qadam” –bilimlar dunyosiga birinchi qadam, birinchi muvaffaqiyat, goʻzallik, yaxshilik, samimiylik –umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashning ilk asoslari hisoblanadi. Yangi avlod dasturining bir nechta afzalliklari mavjud. Birinchi navbatda, bolalarni bilim olishga oʻrgatish emas, balki qiziqishlarini oshirishdir. Pedagog-xodimlar uchun birinchi marotaba “Ilkqadam” Davlat oʻquv dasturida mavzuviy-rejatuzib berildi. Bu, albatta pedagog-xodimlarning ishini birmuncha yengillashtiradi. Haftalik mavzularni oʻrgatishda bolalarni oʻzlari hohlagan markazlarda erkin faoliyat bilan shugʻullanishlariga alohida ahamiyat berilgan. Qachonki bola oʻzqiziqishlari asosida oʻrgansagina berilayotgan maʼlumotlarni tez oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻladi. Maktabgacha taʼlim tizimida pedagoglar tomonidan taʼlim faoliyatini tashkil etishda birinchi navbatda taʼlimni rivojlantirish vazifasi ilgari qoʻyiladi va bunda bolaning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, bola shaxsiga yoʻnaltirilgan taʼlimni tashkillashtirish, zamonaviy maktabgacha taʼlimningilmiy konsepsiyasihisoblanadi. Oʻquv jarayonini mavzuli tarzda tuzish tamoyili hududiy, milliy, madaniy komponentlarni singdirish va bu jarayonda maktabgacha taʼlim tashkilotlari xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi va bunda har bir bolaning ilk shaxsiy xususiyatlarining shakllanishiga, uning imkoniyatlari, qiziqishlari va rivojlanishini hisobga olish zarur. Bolaning faoliyati alohida harakatlardan tashkil topgan boʻlib, biror bir natijaga erishish uchun yoʻnaltirilgan maqsad va kuchlarga qaratilgandir. Shuning uchun birinchi navbatda bolalarning faoliyati, harakatlari, intilishi va uning natijasini inobatga olmoq darkor. Kattalar bir tomondan bola faoliyatining eksperti boʻlsa, ikkinchi tomondan uning hamkori sifatida namoyon boʻladi. Uchinchidan, toʻgʻri tashkil etilgan faoliyat bolaning oʻz-oʻzini nazorat qilishga va yoʻnaltirishga, mustaqil boʻlishga undaydi Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida erkin faoliyat turi beshta asosiy taʼlim markazlarida olib boriladi. Bular: Qurish-yasash va matematika markazi Qurish-yasash bola faoliyatidagi murakkab turdagi faoliyatdan biri hisoblanadi. Bunda biz kattalarning badiiy, texnik-konstruktiv aloqalarini koʻramiz.Inson –bu yaratuvchi kuch. Bu uning shaxsiyatidagi asosiy sifatlaridan biridir. Bolada ijodkorlik xislati kichik yoshdan shakllana boshlaydi. Bu ijodkorlik qurish-yasash faoliyatida namoyon boʻladi. Qurilish markazi bolalarga binolar qurish, balandlik nima, ogʻirlik nima ekanligini anglash imkonini beradi. U bolalarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirishga, ijtimoiy koʻnikmalarni hosil qilishlariga yordamlashadi. Qurish-yasash faoliyati bolaning mayda mushaklarini rivojlantiradi, bolada oʻyin faoliyatini shakllanishiga ijobiy taʼsir etadi. Ushbu markazda bolalarga ilk matematik koʻnikmalar beriladi. Bolalar mustahkam, foydali matematik bilimlarni oʻzlari oʻrab turgan dunyodan oladilar. Ushbu markazda boshqotirma va konstruktor kabi bolalar yigʻishi va sochib tashlashi mumkin boʻlgan narsalar toʻplanadi. Bu yerda, shuningdek, bolalarning bir xilda taqqoslashlari, turlicha tasniflashlari, sanashlari uchun yordam beradigan oʻyinlar ham boʻlishi kerak. Bunday materiallar ham aqliy qobiliyatni oʻstiradi, ham nozik harakatlanishni rivojlantiradi, ham oʻzini boshqarishni oʻrgatadi. Til va nutq markazi Maktabgacha taʼlimning asosiy vazifalaridan biri nutqni toʻgʻri shakllantirishdan iborat. Bolaning nutqi qanchalik boy va ravon boʻlsa, u oʻz fikrini keng bayon eta oladi, atrof olamni anglash imkoniyati kengayadi, kattalar va tengdoshlari bilan mazmunli muloqotga kirishadi, ruhiy rivojlanishi faollashadi. Shuning uchun tarbiyachi oʻz vaqtida bolaning nutqinitoʻgʻri shakllantirish ustida ishlashi lozim. Bola nutqining rivojlanishida tarbiyachi nutqining ahamiyati katta. Ona tilida mukammal soʻzlashgan, nutq madaniyati toʻgʻri shakllangan, talaffuzda toza, ravon nutqqa ega tarbiyachi –bola uchun eng birinchi nutq oʻstiruvchi manba hisoblanadi. Mashgʻulotlarning muntazam ravishda olib borilishi, bola bilan suhbatlar uyushtirish, tarbiyachilar tomonidan nutq va til markazining toʻgʻri jihozlanishi, bola nutqining rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bu tinchmarkaz boʻlib, bu markazda bolalar kitoblarni koʻrib chiqishlari, bir-birlariga “oʻqib berishlari” mumkin, shuningdek, bu yerda tarbiyachi yoki koʻngilli yordamchi bolalarga kitobni ovoz chiqarib oʻqib berishi mumkin. Bolalarga kitobchalarni oʻz qoʻllari bilan yasash, mavzu (syujet)larni oʻylab topish, hikoyalar eshitish taklif etiladi. Syujetli-rolli oʻyinlar va sahnalashtirish Bolalar ruhshunosi va pedagoglarning fikricha, syujetli-rolli oʻyinlarga qiziqish 3 yoshdan boshlab paydo boʻladi. Bola ilk yoshlarida atrof-olam toʻgʻrisidagi tasavvurlarga ega boʻla boshlaydi, keyinchalik predmetlar bilan harakat qila boshlaydi va oʻzining harakatlarini rivojlantiradi. Bolalikdagi oʻyinlar tarbiyaviy xususiyatga ega. Oʻyin yordamida bolada muhim shaxsiy sifatlar shakllanadi va aqliy qobiliyati rivojlanadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalar bilan oʻynaladigan syujetli-rolli oʻyinlarning maqsadi –oʻylab topilgan vaziyat orqali bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishdan iborat. Oʻyin qadim zamonlardan boshlab taʼlimiy ahamiyatga ega ekanligi hammaga maʼlum. Syujetli-rolli oʻyinlarda bolalar nafaqat kattalarning hayotiy vaziyatlariga taqlid qilishadi, balki ushbu vaziyatda oʻzlarining talqini boʻyicha harakat qilib, oʻz fantaziyasi asosida voqealar rivojini oʻylab topadi. Ijodiy oʻyinlarda bolalar xayolot olamining cheki yoʻq. Oʻyinlar mazmuniga qarab bolalar sartarosh, vrach, oshpaz, oʻqituvchi va hokazolar boʻlishi mumkin. Bolalar mashgʻulotlar davomida olgan bilimlarini syujetli-rolli oʻyinlarda tatbiqetishadi. Sanʼat markaziOʻz ichiga rasm, loy ishi va yelimlashni qamrab oladigan tasviriy faoliyat maktabgacha yoshdagi bolaning eng qiziqarli faoliyat turi boʻlib hisoblanadi. U bolaga oʻz tasvirlarida atrof-olam toʻgʻrisidagi taassurotlari va unga boʻlgan munosabatni aks ettirish imkonini beradi. Shuning uchun guruhda sanʼatni hissiy ifodalash va estetik rivojlantirishga yaxshi sharoit yaratilgan boʻlishi kerak. Bunda sanʼat markazi muhim rol oʻynaydi. Bolalarda kichik sahnalarni oʻynashga xohish-istak uygʻotish uchun zarur boʻlgan chiroyli kiyimlar va boshqa har xil qoʻlda yasalgan kostyumlardan foydalanish mumkin. Sanʼat markazining vazifasi:-Badiiy-tasviriy faoliyat jarayoniga boʻlgan emotsional munosabatni va yorqin ifodali obrazlarni yaratish istagini tarbiyalash;-Ranglar bilan mustaqil tajribalar oʻtkazish istagini shakllantirish (ranglarni bir-biriga qoʻshish orqali boshqa ranglarni hosil qilish);-Ijodiy qobiliyatlarni va mayda qoʻl motorikasini rivojlantirish (gil, loy, trafaretlar bilan ishlash).Ilm-fan va tabiat markazi Maktabgacha yoshdagi bolaning bilish faoliyatini toʻlaqonli rivojlantirishda fan va tabiat markazlarini tashkil qilinishi juda muhim boʻlib, bu markazlar bolaning qiziqishi, fikrlashi va ijodiy faolligini oshiradi. Atrofdagi narsalarxususiyatlari haqidagi tasavvurlarini shakllantirishga yordam beradi. Markazdagi barcha jihozlar xavfsizlik talablariga javob berishi, bolaning erkin faoliyatiga moslashtirilgan (jihozlar bolaning boʻyi yetadigan qilib joylashtirilishi) boʻlishi, estetik jihozlangan boʻlishi kerak. Fan va tabiat markazi nafaqat guruhning bezagi boʻlibgina emas, balki oʻz-oʻzini rivojlantiradigan joy boʻlib xizmat qilish zarur. Bolalar tadqiqotlar oʻtkazishga oʻrganadilar. Ushbu markaz oʻz qiyofasini bolalarning qiziqishlarini oʻzgarishiga, yil fasllari oʻzgarishiga va dastur boʻlimlari mavzulari oʻzgarishiga qarab oʻzgartiradi. Bolalar sayr qilish paytida oʻsimliklar, daraxtlar va hayvonlarni kuzatgan holda tabiatshunoslik fani asoslarini tushunib yetadilar, atrof-muhitni oʻrganadilar. Tarbiyachi bu jarayonni boshqarishi va qoʻllab-quvvatlashi zarur. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib boriladigan oʻquv jarayonida tarbiyalanuvchilarni erkin faoliyatini taʼminlashda ularning qiziqishi, xohishi, imkoniyatlari hisobga olinishi muhimdir. XULOSA Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. Bola hayotining dastlabki 1-yilida idrok rivojlanishi ancha murakkabdir. Bu davr mobaynida juda ko‘p o‘zgarishlar ro‘y beradi, birinchi o‘rinda bu o‘zgarishlar sezgirlik sohasida sodir bo‘ladigan rivojlanishga taalluqlidir. Butun bog‘cha yosh davri mobaynida ko‘z sezgirligining o‘tkirligi ortadi. Shuningdek, ko‘z o‘tkirligi darajasi faoliyat sharoitiga bog‘liqligi ham aniqlangan - o‘rinda o‘tirgan vaziyatida tadqiqot o‘tkazilganda ko‘zning o‘tkirligi sezilarli darajada ortadi. Bog‘cha yosh davrida ranglarni farqlashda ham ancha o‘sish kuzatiladi: aniq va tiniqligi ortadi. Z.M.Istominaning tadqiqotari bo‘yicha bola hayotining ikkinchi yilida ixtiyorsiz tarzda to‘rt asosiy rangni farqlaydi: qizil, sariq, yashil, ko‘k. Oraliq ranglarni differensirovka qilishda, ya’ni qovoq rang, xavo rang va siyox ranglarni ajratishda biroz qiynaladi. Eshitish sezgirligi ham bog‘cha yoshidagilarda o‘ziga xos tarzdagi xususiyatlarga ega. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, eshitishning nozikligi 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kattalarnikiga nisbatan ancha past bo‘ladi va bu yosh ortishi bilan o‘sib boradi. Bog‘cha yosh davrida, shuningdek, tovushlarning balandligini farqlash qobiliyati ham rivojlanadi. Biroq, fonematik (og‘zaki) va musiqani eshitish parallel tarzda shakllanmaydi. Fonetik eshitish birinchi yilning oxirlariga borib rivojlanib boradi va bola bog‘cha yosh davrining dastlabki bosqichlarida o‘z ona tilining deyarli barcha tovushlarini amaliy farqlay oladi, passiv nutq bilan bir qatorda faol nutqni ham egallaydi. Bu davrda hid bilish sezgisi ham rivojlanadi. Katta guruh bolalari hidlarni farqlashda kam xatoliklarga yo‘l qo‘yadi, aniqrog‘i ularni aniq ayta oladi. Teri orqali tuyish hamda og‘irlikni seza olish xususiyati ham rivojlanadi. 4 yoshdan 7 yoshgacha bolgan bolalarda bu qobiliyat taxminan ikki barobarga ortadi, A.Ya. Xolodnayaning tadqiqotlari ko‘rsatishicha, fazoda mo‘ljal olishning rivojlanishi bolaning o‘z tana a’zolari fazoviy munosabatlarini differensirovka qilishdan (o‘ng va chap qolni, juft tana qismlarini ajratib nomlashdan) boshlanadi. Idrok jarayoniga so‘zning qo‘shilishi, mustaqil nutqning o‘zlashtirilishi sezilarli darajada fazoviy munosabatlar, yo‘nalishlar haqidagi bilimlarning mustahkamlanishiga yordam beradi . Maktabgacha yoshdagi bolalarning sezgi va idrok rivojlanishi boshqa, tobora qiyinroq bo‘lgan bilish jarayonlarining (xotira, xayol, tafakkur) paydo bo‘lishi uchun zamin yaratadi. Rivojlantirilgan sensorika zamonaviy odamning amaliy faoliyati takomillashuvining asosidir. Sensor tarbiya xaqidagi sobiq sovet psixoioglarining fikri g‘arb olimlari fikrining psixologik asoslaridan prinsipial tarzda farq qikdi. Xar ikki tomon nuqtai nazarlari, avvalambor, bola sezgisi va idroki rivojlanishini harakatga keltiruvchi sabablar va ularning bu jarayondagi tarbiyaviy rolini tushuntirishda farqlanadi. Ko‘pgina g‘arb psixologlari sensor jarayonlar go‘yoki bolada tayyor xolda tug‘ma mavjud bo‘ladi, deyishadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasidan maqsad — bu jarayonlarni mashq qildirish deb xisoblashadi. Download 115.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling