Mundarij a kirish I. Nazariy qism


V. XULOSALAR………………………………………………………………...62


Download 0.71 Mb.
bet2/23
Sana05.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1275416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
BMI

V. XULOSALAR………………………………………………………………...62


VI. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………63
RЕJA


KIRISh.
I. Nazariy qism.
1.1. Yuqorivolekulyar birikmalarning kimyosining asosiy tushunchalari.
1.2. Polimerlarning tirik tabiatdagi roli va ularning kimyoviy materiallar
sifatidagi ahamiyati
1.3. Polimerlar xaqidagi fanning rivojlanishida O`zbekiston kimyogar
olimlarininmg qo’shgan xissasi
1.4. Polimerlarning kelib chiqishi, kimyoviy tarkibi va tuzilishiga ko’ra
sinflanishi va nomlanishi.
1.5. Polimerlarning molekulyar tuzilishi
1.6. Poliomerlarning erish termodinamikasi
1.7. Polimerlarni bo’kishi va erishi.
1.8. To’rsimon tuzilishli polimerlar va ularning olinishi
II. TAJRIBA QISM.
2.1. To’simon polimerlarni bo`kish kinetikasini o`rganish.
2.2. To`rsimon polimerning bo`kish tezligiga erituvchi tabiatining ta`siri
2.3. Jelatinaning suvda bo’kishiga pH -ning ta`sirini o’rganish
2.4. No’xatning suvda bo’kishini tekshirish
2.5. Bo’kishga oid nazorat savollari.


IV. XORIJIY INVЕSTITsIYaLAR.
4.1. To’rsimon polimerlarni bo’kish xossasini o’rganishda xorijiy invеstitsiyalarning o’rni.
V. XULOSALAR
VI. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
“Mamlakatimizda chuqur o’zgarishlar siyosiy va ijtimoiy iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatni demokratik yangilash va modernizatsiyaqilish qilish jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqorolik jamiyatni shakllantirish yo’lini belgilab olish va izchil ravishda amalgam oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda”.1
Ma’lumki, polimerli mahsulotlar o’zida ajoyib va juda muhim bo’lgan xossalarni mujassamlashtirgani tufayli qo’llanish sohalari vaqt o’tgan sayin kengaymoqda. Shu bois polimerni davr talabiga hamohang bo’lgan yangi xossalarni yaratish maqsadida ularni keng qamrovli tadqiq etish dolzarbdir.
Xozirgi kunda ishlab chiqarishda kimyoning o'rni juda katta. Turli-tuman polimer maxsulotlarini ishlab chiqarish uchun, yangidan-yangi polmerlarni sintez qilishni taqozo etadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, - "Mamlakatimiz va mintaqamizdagi mavjud sharoitdan kelib chiqib, gazni qayta ishlash, neft-kimyo, kimyo sanoati, energetika, avtomobilsozlik, elektronika sanoati, farmavsevtika kabi zamonaviy soxalar va ishlab chiqarish tarmoqlarini va albatta, axborot texnologiyalari va telekommunikasiya tizimlarini jadal rivojlantirishga aloxida axamiyat berish, yaqin kelajakda raqamli va keng formatli televideniyaga o'tish. Shular qatorida birinchi navbatda yengil to'qimachilik va oziq -ovqat sanoatida paxta tolasi, boshqa qishloq xo'jalik maxsulotlari va xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo'yicha ishlab chiqarishni, qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, sifatli va barqaror talabga ega bo'lgan tayyor maxsulotlar tayyorlaydigan korxonalar tashkil etishga aloxida e'tibor qaratish darkor"2.
Shu nuqtai nazardan qaralganda biz yoshlar ham o'z ilm va malakalarimizni vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga bag'ishlashimiz zarur. Buning uchun olgan bilmlarimiz asosida yangi-yangi maxsulotlar olishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar bilan shug'illanishimiz va shu bilan o'z xissamizni qo'shishimiz kerak.
Shundan kelib chiqib, ushbu bitiruv malakaviy ishi ishlab chiqarishda, keng qo'llanilishi mumkin bo'lgan to’rsimon polimerlarni bo’kish xossasini o’rganish bo’yicha uslubiy ko’rsatma tayyorlashga qaratilgandir.
Xozirgi vaqtlarda to’rsimon tuzilishli polimerlar tibbiyotda va halq xo`jaligining turli tarmoqlarida keng qo`llanilmoqda.
Bunday polimerlarni xosil qilishning to`g’ridan-tug’ri usullaridan biri-radikal polimerlanish, sopolimerlanish va tayyor polimerni kimyoviy o’zgartirish reaktsiyalaridir.
Takidlash joizki, yuqorida aytilgan usullarda tikuvchi agentlar qo’llaniladi. Tikuvchi agentlarsiz ham to’rsimon tuzilishli polimerlarni hosil qilish mumkin. Buning uchun boshlang’ich mahsulotda reason faol guruhlar bo’lishi zarur. Masalan, gidroksil guruxi, amid guruhi, karboksil guruhlarini bo’lishidir. Ushbu guruhlarda zanjirni uzatish reaksiyasi sodir bo`ladi va natijada tikuvchi agentlarsiz yuqori bo`kuvchi gidrofil’ gellar xosil bo`ladi.
Adabiyotlarda to’simon tuzilishli polimerlarni xossalarini o’rganishga bag’ishlangan ma’lumotlar juda kam.
Shu naqtai nazardan ushbu bitiruv malakaviy ishning maqsadi to’simon tuzilishli polimrlarning bo’kish xossasini o’rganish bo’yicha uslubiy ko’rsama ishlab chiqishdan iboratdir.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilangandi:
-Yuqorimolekulyar birikmalar va ularning asosiy tushunchalarini o’rganish;
-Polimerlar xaqidagi fan va uning rivajlanish tarixini o`rganish;
-Polimer materiallarini ahamiyatini ko’rib chiqish;
- To’rsimon tuzilishli polimerlar va ularning olinishi usullarini taxlil qilish;
-Polimer eritmalarining temodinamikasi;
- Polimerlarni bo’kishi va erishi;
- Polimerlarning molekulyar tuzilishini tahlil qilish;
-Sintez qilingan to’rsimon tuzilishli gomo- va sopolimerlarni aniqlash;
-To’simon polimerlarni bo`kish kinetikasini o`rganish metodikasini ishlab chiqish;
-To`rsimon polimerning bo`kish tezligiga erituvchi tabiatining ta`siri;
-Rezina yoki jelatinaning bo’kish kinetikasini xajmiy usulda o’rganish;
-Jelatinaning suvda bo’kishiga pH -ning ta`sirini o’rganish;
-No’xatning suvda bo’kishini tekshirish;
-Bo’kishga oid nazorat savollarini ishlab chiqish.
-to’simon tuzilishli polimerlarni xossalarini o’rganishga bag’ishlangan adabiyotlarni chop ettirishga investitsiyalarni jalb qilish mexanizmining ishlab chiqish;
-bajarilgan ishlar asosida xulosalar chiqarish va tegishli takliflar berish;
Bajarilgan bitiruv malakaviy ishining ilmiy va amaliy axamiyati shundaki, bajarilgan taqiqot metodlaridan yuqori bo’kuvchan polimerlarni bo’kish darajasini aniqlash mumkin.
Bajarilgan ishlardan uslubiy ko’rsatma tayyorlash mumkin. Ulardan tashqari polimerlar kimyosi fanini o`qitishdagi yangiliklar sifatida hamda metodlaridan labaratoriya ishlarida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling