Mundarij a: kirish


Tijorat banklarining moliyaviy hisobotlarini ichki auditdan o’tkazishning tahlili


Download 291.21 Kb.
bet9/13
Sana28.02.2023
Hajmi291.21 Kb.
#1237262
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
tijorat banklarida ichki audit tashkil etish asoslari

5. Tijorat banklarining moliyaviy hisobotlarini ichki auditdan o’tkazishning tahlili
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarini ichki auditdan o’tkazishda yangi talablar qo’yilmoqda.Tijorat banklarida ichki audit faoliyati O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunini va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021 yil 7 maydagi ”Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo’yiladigan talablari to’g’risida”gi Nizomga muvofiq tartibga solinadi.
Respublikamizning bozor munosabatlariga o’tishi yangi sharoitda faoliyat ko’rsata oladigan tijorat banklari tizimini shakllantirishni taqozo etdi. Mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar natijasida turli mulkchilikka asoslangan tijorat banklari tizimi vujudga keldi. Xalqaro tajribaga tayangan holda bank tizimining isloh qilinishi natijasida xalqaro standartlar talablariga ko’ra, ularning boshqaruv infratuzilmasi, nazorat tizimini shakllantirish bilan bog’liq muammolarni xal qilishga erishildi.
Bazel qo’mitasining talablariga binoan bank boshqaruvi faoliyati va nazorati tizimini evolyutsion yo’l bilan takomillashtirish borasida yagona davlat siyosati yurgizilib, qator me’yoriy hujjatlar majmui yaratildi. Natijada bank amaliyotiga tashqi nazorat monitoringi va mustaqil audit kabi tushunchalar kirib keldi.
Bunda, bank moliyaviy barqarorligiga ta’sir etadigan barcha omillar: kapital etarliligi, aktivlar va kapitalning daromadlilik darajasi, aktivlar dinamikasi, kredit portfelining risk darajasi, investitsiya portfeli kabi bir qator ko’rsatkichlarni miqdor va sifat jihatdan tahlil qilinishi kerak. Moliyaviy hisobot ko’rsatkichlar tahlili turli banklarning faoliyatini qiyosiy taqqoslash hamda yaqin o’tgan 2 yillik davrdagi o’zgarish jarayonini o’rganish, bankning istiqboldagi moliyaviy holatini baholash imkoniyatini beradi. Ushbu ko’rsatkichlar tahlilini tijorat banklari misolida tashqi audit yordamida aniqlangan quyidagi ma’lumotlar asosida ko’rishimiz mumkin. Aktivlar sifati va tavakkalchiliklarni boshqarish jarayonida bankning aktivlari, jumladan balansdan tashqari aktivlari tarkibi tahlil qilinadi. Dissertatsiya ishimda albatta, amaliy ma’lumotlardan foydalanishga harakat qildim. Jumladan, AT
4-jadval. AT “Aloqabank” majburiyatlari tarkibi

Download 291.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling