Mundarija : Kirish I. bob. Marketing kommunikatsiyasi yaratish bosqichlari


Download 102.38 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi102.38 Kb.
#1624330
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu123

Ijodiy tasavvur. Haridorlarga ta’sir ko‘rsatishda doimiy ravishda yangi g‘oyalar
izlab topish, bozor rivojlanishining tadrijiyligini hisobga olish zarur. Raqobat
kurashining kuchayib borishiga qaramasdan iste’molchilarning yangi va tezda
tushinish mumkin bo‘lgan tadbirlar orqali jalb etish zarur.
Oqilona tadbirlar. Yangi g‘oyalarga ega bo‘lish har doim ham yetarli
bo‘lmaydi.
Bug‘oyalar marketing kommunikatsiyasining boshqa elementlari(reklama, jamoatchilik bilan aloqalar, direkt-marketing), tovarning hayotiylik davri, bozorning rivojlanish sur’ati bilan uyg‘unlashishi zarur. Buning uchun qisqa davr ichida sotuvlarni jadallashtirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. Turizmda marketing amaliyoti turistik tovar va xizmatlar sotilishida talabni shakllantirish tizimi uzoq muddatli strategik maqsadlarni ko‘zlasa, sotishni rag‘batlantirish tizimida asosan taktik maqsadlar ko‘zlanadi. Shu bois, bu tizimlarni o‘zaro bog‘liqlikda qo‘llanilishi sotish jarayoni samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Sotishni rag‘batlantirish tizimining asosini haridorlarni qiziqtirish bo‘yicha qisqa muddatli chora-tadbirlar, tezkor xizmatlar tashkil etadi. Zamonaviy marketingda tovar va xizmatlarni sotishda rag‘batlantirishning bir qator usullari va mexanizmlari mavjud bo‘lib, ularning qo‘llanilishi iqtisodiyot sohalari xususiyatlariga qarab farqlanadi. Tovar va xizmatlar sotuvini rag‘batlantirish marketing kommunikatsiyasining muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanib, haridorlarni mahsulotlarni sotib olishga, sotuvchilarni esa imkon qadar ko‘proq hajmda sotishga rag‘batlantirish borasidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu jarayonda bosh masala haridorlarni tovarga qiziqtirish, tovarlarni ko‘proq yoki yirik partiyalarda sotib olishiga erishishdir. Sotishni rag‘batlantirish ko‘rgazma zallarini tashkil etish, yangi tovarlar taqdimoti, sotilayotgan tovarlarning narxlarini pasaytirish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.


Rivojlangan mamlakatlar tajribasida tovarlar sotuvini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘llanilayotgan tizim (Marketing Support Network – sotishni rag‘batlantirishtizimi) – o‘zida haridorlarni sotib olishga undashning muhim omillarini o‘z ichiga oladi. Mazkur tizim sotish jarayonini rag‘batlantirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi turli tuzilmalar faoliyatining takomillashishiga olib keladi.
Zamonaviy marketing amaliyotida potensial haridorlar guruhini shakllantirish
bo‘yicha keskinlashayotgan raqobat muhiti, yangi tovarlarni yaratish, bozorga
kiritishda tijorat tavakkalchiligi darajasining yuqoriligi va tovarlar sifatiga bo‘lgan
standart talablarning oshib borayotganligi bilan izohlanadigan jarayonlar sotishni
rag‘batlantirish tizimiga bo‘lgan talabning kuchayishiga olib kelmoqda.
Sotishni rag‘batlantirish tizimi marketing kommunikatsiyasini tashkil etishning
asosiy unsurlaridan biri hisoblanib, sotish hajmini oshirish borasidagi chora-tadbirlar majmuidan iborat.Sotishni rag‘batlantirishni joriy etishda mazkur tizimga ehtiyoj mavjud bozor segmentlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega, aks holda firma tomonidan sarflangan moddiy va moliyaviy resurslar o‘zini oqlamaydi. Sotishni rag‘batlantirishning bozorga bir xil iste’mol xususiyatiga ega raqobatlashuvchi ko‘plab tovarlar taqdim qilinganida, bozorga yangi mahsulot turlari chiqarilganida qo‘llash maqsadga muvofiq. Shuningdek, Sotishni rag‘batlantirish tizimi qisqa muddatlarga firmaning sotish segmentidagi ulushini oshirish, tovar assortimenti bo‘yicha haridorlarning bilim darajasini oshirish, sotish strategiyasini tatbiq etish jarayonida qo‘llaniladigan usullarni o‘zaro muvofiqlashtirish ijobiy samara beradi.Tovarlarni narxini to‘g‘ridan-to‘g‘ri pasaytirish bozor kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda qo‘llaniladi. Bu usul bozorga yangi tovarlar kiritilganida yoki raqobat muhiti kuchayganda tovarlar sotuvini qisqa davr ichida tezlashtirish imkoniyatini yaratadi

Sotishni rag‘batlantirishni joriy etishda mazkur tizimga ehtiyoj mavjud bozor segmentlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega, aks holda firma tomonidan sarflangan moddiy va moliyaviy resurslar o‘zini oqlamaydi. Sotishni rag‘batlantirishning bozorga bir xil iste’mol xususiyatiga ega raqobatlashuvchi ko‘plab tovarlar taqdim qilinganida, bozorga yangi mahsulot turlari chiqarilganida qo‘llash maqsadga muvofiq. Shuningdek, Sotishni rag‘batlantirish tizimi qisqa muddatlarga firmaning sotish segmentidagi ulushini oshirish, tovar assortimenti bo‘yicha haridorlarning bilim darajasini oshirish, sotish strategiyasini tatbiq etish jarayonida qo‘llaniladigan usullarni o‘zaro muvofiqlashtirish ijobiy samara beradi.
Marketing tadbirlari bilan bog‘liq harajatlar tarkibida sotishni rag‘batlantirish tizimini joriy etish bo‘yicha harajatlar yuqori ulushni egallaydi. Shu sababli, ushbu tizim byudjetini shakllantirishda puxta ishlangan marketing tahlili zarur bo‘ladi. Bunda asosiy talab – byudjetni qoplanish darajasini samarali prognozlash hisoblanadi


Download 102.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling