Mundarija : kirish I. Bob. Sssr prezidenti va hukumati ham inqiroziy holatdan chiqishning yo’li


I.BOB.SSSR PREZIDENTI VA HUKUMATI HAM INQIROZIY HOLATDAN CHIQISHNING YO’LI


Download 81.94 Kb.
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi81.94 Kb.
#1531378
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi va siyosiy suvereniteti uchun amaliy harakatlar.

I.BOB.SSSR PREZIDENTI VA HUKUMATI HAM INQIROZIY HOLATDAN CHIQISHNING YO’LI
1.1.Yangi Ittifoq Shartnomasini asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga o’tish

Mamlakatda shu yo’nalishdagi amaliy ishlar qizg’in tus oldi. 1990 yil 25 iyulda SSSR Prezidentlik Kengashida Bosh Ministrning mamlakatni bozor iqtisodiyotiga o’tkazish yuzasidan qo’shimcha choralar haqidagi axboroti tinglandi. 1990 yil 27 iyuli va 30 avgustida SSSR Prezidentining olimlar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan iqtisodiy islohotlar mavzuidagi uchrashuvi bo’ldi2.


6 avgustda esa mamlakat Prezidenti M.Gorbachevning “Yangi Ittifoq Shartnomasini asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga o’tishning Ittifoq Dasturi Konsepsiyasini tayyorlash haqida” Farmoni e’lon qilindi. Bu vazifani bajarish uchun SSSR va RSFSR rahbarlari tomonidan S.Shatalin, N.Pardakov, L.Abalkin, G.Yavlinskiy, S.Alekseyenko, V.Vavilov, A.Grigoryev, M.Zadorniy, V.Martinov, V.Mashits, A.Mixaylov, B.Fedorov, T.Yarigina va Ye.Yasinlardan iborat komissiya tuzildi. Komissiyaga 1990 yil sentabridan kechikmasdan Hukumat Dasturini ishlab chiqish topshirildi.
1990 yil sentabri boshlarida SSSR Oliy Kengashi IV sessiyasida N.Rijkov “Boshqariladiga bozor iqtisodiga o’tishga tayyorgarlik va mamlakat xalq xo’jaligida barqarorlikni vujudga keltirish haqida” ma’ruza qildi. Unda deputatlarning avvalgi fikrlari inobatga olingan variant ishlab chiqilgani aytilsa-da, sessiya Hukumat Dasturini qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputatlarda Hukumatga nisbatan ishonch yo’qola borga nedi. Ayni chog’da Hukumat Dasturi sobiq Ittifoqni saqlab qolishni, shuningdek iqtisodiyotni sotsialistik yo’ldan rivojlantirishni ko’zda tutar edi.
1990 yil 11 sentabrda RSFSR Oliy Soveti II sessiyasi S.Shatalinning “500 kun” Programmasini qabul qildi. Unda quyidagi masalalar ko’tarilgan edi:

SSSR Oliy Sovetining 21 sentabrda bo’lib o’tgan IV sessiyasida bu Dastur ham qabul qilinmadi. 1990 yil 24 sentabrda sessiya “Xalq xo’jaligini barqarorlashtirishning kechiktirib bo’lmaydigan vazifalari”ni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Dasturidan iborat Yagona Dastur ishlab chiqishga qaror qildi. 1990 yil, 18 oktabridan sessiya: “Bozor iqtisodiyotiga o’tish jahon amaliyotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yo’nalishiga ziyon yetkazmaydi”, – deb xulosa berdi.
Demak, 80-yillar oxiriga kelib, sobiq mamlakatda xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazishni hayotning o’zi kun tartibiga qo’ya boshladi va uning huquqiy asoslarini yaratishni zaruratga aylantirdi. Shunday bo’lsa-da, 1990-1991 yillarda iqtisodiyot orqaga qarab keta boshladi va xalqning turmush tarzi, sharoiti yomonlasha bordi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tuta boshladi.
Mutaxassislar ana shunday tisarilish hodisasini mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga uchta yo’nalishdagi kuchlar manfaatlari to’qnashgani bilan izohlaydilar. Jumladan:

Download 81.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling