Mundarija bеt


Xromli legirlangan 40X po‘latining GOST 4543-71 kimyoviy tarkibi, termik ishlov berish rejimilari va mexanik xossalari


Download 0.49 Mb.
bet4/12
Sana23.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1384564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PZ

Xromli legirlangan 40X po‘latining GOST 4543-71 kimyoviy tarkibi, termik ishlov berish rejimilari va mexanik xossalari.

Elementlar miqdori, %

Termik ishlov berish

Mexanik xossalari

Sovuqlayin sinish xususiyati,*С**

Kesib ishlanuvchanlik

С

Mn

Cr

Ni

Boshqa elementlar

Toblash
(tтоб.


0С,
muhit)



Bo`shatish
(tбўш.
0С,
muhit)

σв

σ 0,2

δ

ψ

ан
кгс·м/см2

t

t

HB

Kv***

кгс/мм2



%


0,36-0,44

0,5-0,8

0,8-1,1

-

-

860,м

500,в.м

100

80

10

45

6

0

-100

163-168

0,8(0,70)



ISHLAB CHIQARISH TURINI ANIQLASH
DASTLABKI BERILGANLAR:
1. Yillik dastur N=10 000 dona
2. Ish holati m=2 smena
3. Detal massasi q=51 kg
4. Bir smenali ishlashda dastgohlarning yilllik ish vaqti fondi Fd=2010 soat.
5. Ikki smenali ishlashda dastgohlarning yilllik ish vaqti fondi Fd=4020 soat.
Mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil qilish asosan 3 turda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish turi o‘zgarishi natijasida mashinasozlik korxonasining tarkibi, tuzilishi va aosiy va yordamchi texnologik jixozlari o‘zgarib boradi. Ayni bir detalga ishlov berishda ishlab chiqarish turi o‘zgarishi natijasida uning tayyorlanish sifati, tannarxi, muddati va boshqalari o‘zgarishi kuzatiladi. Mashinasozlikda yakkalab, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlari farqlanadi. O‘z navbatida seriyali ishlab chiqarish yana uch turga ajratiladi: kichikseriyali, o‘rtaseriyali va yirikseriyali ishlab chiqarishlar. Zamonaviy mashinasozlikda o‘rta va yirikseriyali ishlab chiqarish korxonalarining soni ortayotganligini kuzatish mumkin, buni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turi va nomi tez - tez o‘zgarishi va Yangi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish muddatlarining qirqarib borayotganligi bilan izohlash mumkin.
Ishlab chiqarish turi GOST 3.1108-74 ga muvofiq biriktirilgan operatsiyalar koeffitsiyenti orqali aniqlanishi mumkin, ma'lum vaqt mobaynida bo‘limda bajariladigan texnologik operatsiyalar soni (По) ni shu bo‘limdagi ish joylari soni (Rya) ga nisbati biriktirilgan operatsiyalar koeffitsiyenti (Kz.o.) ga teng bo‘ladi.

Bu yerda По - turli operatsiyalarning yig‘indi qiymati;
Rya- mazkur operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan mavjud ish o‘rinlari soni.
GOST 14.004 - 74 ga muvofiq mashinasozlikda ishlab chikarish turlari quyidagicha aniklanadi.
K  1 bo‘lsa - ommaviy ishlab chiqarish;
1< K  10 bo‘lsa - ko‘p seriyali ishlab chiqarish;
10 < K  20 bo‘lsa - o‘rta seriyali ishlab chiqarish;
20 < K  40 bo‘lsa - mayda kichik seriyali ishlab chiqarish;
K > 40 bo‘lsa - donalab ishlab chikarish.
Operatsiya bilan ta'minlangan koeffitsiyenti ishlab chiqarish sharoitida rejalashtirish mavsumida, ya'ni bir oyga aniqlanishi zarur.
Dastlabki berilganlarga asoslanib berilgan detallarga ishlov berish uchunzarur bo‘ladigan dastgohlar sonini aniqlaymiz. Buning uchun keltirilgan formulalar yordamida har bir operatsiyani bajarishga sarflanadigan donabay - kalkulsyaion vaqtni aniqlaymiz. Zarur bo‘lgan dastgohlar sonini quyidagi formula orqali topishimiz mumkin.


Bu yerda

N - yillik dastur, dona;
Tdona - donabay yoki donabay-kalkulyatsiln vaqt, min;
Fd - dastgohlarni haqiqiy illik ish vaqti fondi, ch;
3.n - dastgohlarning me'yoriy yuklanish koeffitsiyenti.

Тшт.= То
To - operatsiya uchun asosiy vaqt [2.146]
 - donabay vaqt koeffiyiyenti [2.146]
Dastgohlarning me'yoriy yuklanish koeffitsiyenti ishlab chiqarish turiga bog‘liq ravishda:
- kichik seriyali ishlab chiqarish uchun - 0,8...0,9;
- seriyali uchun - 0,75...0,85;
- ommaviy va yirik seriyali uchun - 0,65...0,75 qilib tayinlanadi.
Ammo bizning holatimizda, ishlab chiqarish turi aniq bo‘lmaganligi sababli, o‘rtacha yuklanish koeffitsiyentini 0,75...0,8 qilib belgilashimiz mumkin.
Har bir operatsiyani bajarish uchun zarur dastgohlar soni quyidagicha aniqlanadi:







Olingan natijalarni hisoblash jadvaliga kiritamiz.
Jadvalning mos ustuniga hisoblab topilgan Tdona va mr qiymatlari kiritilgan keyin mavjud ish o‘rinlari soni mr ni katta bubun songa yaxlitlash orqali topiladi. So‘ngra har bir ishchi o‘rnining haqiqiy yuklanish koeffitsiyenti quyidagi formula orqali hisoblanadi з.ф.=mр/Р.














Agar z.f me'yoriy qiymatidan kattta bo‘lsa shu operatsiya uchun dastgohlar soni ko‘paytiriladi, aksincha past bo‘lsa bu ish o‘rni boshqa shu turdagi ish bilan to‘ldiriladi.
Ishchi o‘rnida bajariladigan opratsiyalar soni quyidagi formula orqali topiladi О = з.н/з.ф.
















Jadvalning barcha ustunlari to‘ldirilgandan keyin По va Rya yig‘indi qiymati hisoblanadi va operatsiya bilan ta'minlanganlik koeffitsiyenti topiladi.



Demak bizning holatimizda ishlab chiqarish turi ommaviy hisoblanadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling