Bunda guruh sardorlari kelishgan holda monitorda ko‘rsatilgan shartlardan
44
birini tanlaydi. Masalan, “Eng… Eng… Eng…” sharti tanlanadi. Bu shartda har bir
guruhga Abdurauf Fitratning hayoti va ijodiga doir 3 tadan savol beriladi. Savollar
monitor orqali berilishi yoki o‘qituvchi tomonidan o‘qib eshittirilishi ham mumkin.
I guruh uchun savollar:
1. Abdurauf Fitrat jadidlarning qaysi harakatida faol ishtirok etgan? (“Yosh
buxoroliklar”)
2. Ijodkor qaysi madrasada tahsil olgan? (Mir Arab)
3. Adib Turkistonda til, adabiyot, san’at masalalari bilan ilk bor tashkiliy ravishda
shug‘ullangan jamiyatga rahbarlik qiladi. Bu qaysi jamiyat? (“Chig‘atoy
gurungi” jamiyati)
II guruh uchun savollar:
1. Abdurauf Fitratning dramatik asarlarini sanang? (“Chin sevish” (1920),
“Hind ixtilolchilari” (1923), “Arslon” (1925), “Vose’ qo‘zg‘oloni” (1927),
“Abulfayzxon” (1924), “Shaytonning tangriga isyoni” (1924))
2. “Munozara” nomli asarining to‘liq nomi nima? (“Hindistonda bir farangi ila
buxorolik bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadid xususida
qilg‘on munozarasi”)
3. Adib qachon nohaq qatl etiladi. (1938-yil 4-oktyabrda)
III guruh uchun savollar:
1. Yuksak saviyadagi asarlari qachon Alisher Navoiy nomidagi Respublika davlat
mukofotiga munosib deb topildi? (1991-yilda)
2. “Shaytonning tangriga isyoni” asari qaysi janrda yozilgan? (drama)
3. Mustaqillikdan keyin uning asarlari necha jildda bosib chiqildi? (3 jild)
O‘quvchilarning javoblari tinglanadi. Guruhlarning javoblari o‘qituvchi
tomonidan umumlashtiriladi va faol o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: