Mundarija Buyrak va qon tizimi kasalliklari


Download 461 Kb.
bet10/40
Sana30.04.2023
Hajmi461 Kb.
#1416950
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
yozmaish3

BUYRAK KASALLIKLARI


SURUNKALI PIYELONEFRIT

Surunkali piyelonefrit buyrakning oraliq (interstitsial) lo'qimasining bakteriyalar ta'siri tufayli o'ziga xos surunkali yallig'lanishi bo'lib. buyrak jomlari va parenximasi ham shikastlanadi. Ko'pchilik hollarda surunkali piyelonefrit o'tkir piyelonefritning oqibati bo'ladi.


Etlologiyasi va patogenezl. Surunkali piyelonefritni ichak tayoqchasi va enterokokklar kehirib chiqaradi. Siydik ekib ko'rilganda, bulardan tashqari, streptokokk, stafllokokk, vulgar protey, shuningdek xilma-xil boshqa mikroblar topiladi. Surunkali piyelonefritda aksariyal bir necha xil mikroblar aniqlanadi. Siydikdagi mikroblar turi va mikroblarga antibiotiklarning ta'siri kasallikni davolash jarayonida o'zgarishi mumkin. Infeksiya buyrakka 3 yo'l orqali kiradi:
1. Qon orqali.2. Siydik chiqaruv yo'llarining devori orqali.3. Siydik qopi — siydik chiqarish naychasi reflyuksi natijasida.Siydik yo'llarining infeksiyasi knsallikning avj olishiga yo'l ochadi. Piyelonefrit ba'zan zimdan o'tatiigan interstitsial nefritdan keyin ham boshlanadi. Endogen va ekzogen zaharlar, ayrim dori moddalari ta'siri ostida ham vujudga kelishi mumkin. Autoimmun o'zgarishlar piyelonefrit rivojlanishiga turtki bo'ladi. Buyrak loshi, siydik yo'lining toshi yoki uning torayib qolishi, qiyshayishi, unya tashqaridan o'smalarning bosishi, siydik ajratish yo'ltarining g'ayritabiiyligi piyelonefrit keltiruvchi omillardan hisoblanadi. Piyelonefrit qandli diabet, podagra, kolil, prostatitga chalingan surunkali kasallarda, homilador ayollarda ko'proq uchraydi.
Patologik anatomiyasi. Surunkali piyelonefrit uchun patologik jarayomiing buyrak jorai va buyrakning miya qavatidan po'Stloq qavati tomoniga qarab tarqalib borishi xosdir. Pirovardida shikastlangan buyraklar g'adir-budur, bujmaygan, ancha kichiklashgan bo'ladi. Buyrak massasi 50-60 g gacha kamayib ketishi mumkin. B'lyrak to'qimasining bar yer-har yerida kapsulaga o'ralgan yallig'lanish o'choqlari saqlanib qoladi. Klinikasi. Kasallikning belgilari uning turiga va bosqichiga, qanday o'tayotganiga, dardning bir yoki ikkala buyrakka tarqalganligiga, 'dydik yo'llari o'tkazuvchanligining nechog'li buzilganligiga bog'liqdir Surunkali piyelonefritning to'rt turi tafovut qilinadi: 1) yashirin, ya'ni zimdan o'tadigan; 2) xuruj qilib turadigan; 3) qon bosimi oshadigan; 4) azotemik turlari. Yashirin turi klinik belgila'ining juda ham kam bo'lishi bilan ifodalanadi. Kasallar umumiy darmonsizlik, tez charchab qolish, ba'zan subfebril haroraldan noliydilar. Ba'zan kasallarda siydik tez-tez, kam, achishib ajraladi. Pasternatskiy simptomi musbat bo'lib chiqadi, Buyrak sohasidagi og'riq kasallik qo'ziganda kuchayadi. Asta-sekin siydikning nisbiy zichligj pasayib boradi (1006-1008). Siydikni laboratoriyada tekshirganda arzimas darajada oqsil ajralishi, ko'p oq qon tanachalari va bakteriya ajralishi topiladi, Kakovskiy-Addis, Nechiporenko usulida tekshirish leykotsiturlyani tasdiqtaydi. Piyelonefritning qaytalanadigan turi hammasidan ko'ra ko'proq uchraydi. U remissiya {kasallikning qaytib qolgan) davri va qo'zib turadigan davrlarining navbatlasbib turishi bilan tavsiflanadi, Har xil sabablarga ko'ra piyelonefrit qaytalanishi mumkin. Ko'pincha grippdan keyin, sovqotganda, siydik yo'llari, qopchasi qayta yallig'langanda, bemor holsizlanganda piyelonefrit qaytaianadi. Kasallar bel sohasida g'alati sezgi borligi, dizurik — siydik chiqishining o'zgarganligj tana haroratining 37-38°C ga ko'ta-rilayotganidan noliydilar. Kasallik zo'rayib borgan sayin qon bosimi ko'tarilib boradi (180/100 dan 250/140 mm. sim. ust. gacha). Ayniqsa, diastolik bosiin o'zgarmay, baland bo'lib turadi. Gipertoniya kelib chiqishida renin — angiotenzin — aldosteron rol o'ynaydi. Siydikda oqsil, leykotsitlar, silindrlar ko'payadi, bakteriyalar, eritrotsitlar topiladi. Kasallik xuruj qilgan davrda o'rtacha kamqonlik rivojlanadi, eritrotsitlarning cho'kish tezligi (ECHT) tezlashib, 20-30 mm/s bo'lishi mumkin. Qonni tekshirganda neytrofil leykositoz topiladi. Qon boslmining oshish turi xafaqon kasalligiga xos belgilar bilan namoyon bo'ladi. Bosh og'rig'i, bosh aylanishi, hansirash, yurak sohasida og'riq, ba'zan siydikdagi o'zgarishlar vaqti-vaqtida namoyon bo'lib turadi. Ana shu davrda qon bosimining baland bo'lishi surunkali piyelo- , nefritning yagona belgisi hisoblanadi. Qon bosimi turg'un baland-lashgan bo'ladi va yomon oqibatlarga olib boradi. Asta-sekin buyrak yetishmovchiligi, azotemiya boshlanadi, qon da qoldiq azot, mochevina, kreatinin me'yordan oshib keiadi, surunkali buyrak yetishmovchiligi avj oladi. Ko'ngil aynishi, qusish, holsizlik, ozib ketish va laboratoriya (ekshirishlarida olinadigan ma'lumotlar buyrak yetishmovchiligi uchun xos bo'ladi. Shular jumlasiga poliuriya, gipoizostenuriya, nikturiya, pollakiuriya kiradi. Proteinuriya, gematuriya, leykotsituriya, silindruriya bilinar-bilinmas bo'ladi. Azotemiya esa turg'un bo'lib, ko'payib boradi.
Kechishi. Surunkali piyelonefrit 10-15 yilgacha davom etadi va bundan ko'ra ko'proqqa cho'ziladi. Vaqt o'tishi bilan yallig'lanish jarayoni buyrakdagi kanalcha va koptokchalarning halok bo'lishi va buyraklarning bujmayib qolishiga olib keiadi. Kasallikning oxirgi davrida surunkali buyrak yetishmovchiligi avj oladi. Piyelonefritda surunkali uremiyaning o'tishi surunkali glomeralonefritdagidan ko'ra sustroq zo'rayib borishi bilan ajralib turadi. Zo'r berib davo qilinadigan bo'lsa, uremiya ham qaytib ketishi mumkin. Surunkali piyelonefrit tashxisini anamnez ma'lumotlariga, kltnik o'tish xususiyatlariga, siydikni laboratoriyada tahlil qilish, rentgenologik va radioizotop yo'li bilan tekshirish natijalariga asoslanadi. Surunkali piyelonefritga gumon tug'ilganda siydikni takror-takror tekshirib ko'rish zarur. Kakovskiy-Addis yoki Nechiporenko usuli bo'yicha siydik cho'kmasida leykotsitlar miqdorini tekshirish piyelonefrilning o'ziga xos belgisi bo'lmish leykotsituriyani aniqlashga inikon beradi. Surunkali piyelonefritni tasdiqlovchi yana bir belgj siydikda harakaichan leykotsitlar — Shterngeymer-Malbin tanachalarining topilishidir. Bu leykolsitlar oddiy tekshiruv natijasida topilmasa, bemor tomiriga 20 ml prednizolon yuborib bir soal davomida siydik bilan ajraladigan leykotsitlar soni sanaladi. Agar leykotsitlar soni 0,4' 10"/1 va undan ko'proq bo'lsa, surunkali piyelonefrit tashxisini qo'yish mumkin. Rentgenologik usullar ichida ekskretor urografiya va retrograd piyelografiya to'la axborot beradi. Bitta buyrak shikastlanganda J1'1 gippuran bilan renografiya qilish shikastlanish darajasini aniqlashga imkon beradi. Ultratovush yordamida tekshirib buyrak jom-kosa qismida to'qimalar zichlashgani, jom va kosachalar kengayib qing'ir-qiyshiq holga kelganini ko'rish mumkin. Siydik cho'kmasidan ekib ko'rish kasallik chaqirgan bakteriyalarni va ularning qaysi dorilarga sezgirligini aniqlashga yordam beradi. Qiyosiy tashxisi. Surunkali piyelonefritni surunkali gtomerulonefrit, buyrak amiloidozi, nefrosklerozdan farqlash kerak. Davosi. Kasallik xurujida bemorlar kasalxonaga joylashtiriladi. Surunkali piyelonefritning hamma lurlarida o'tkir taomlar, tabiiy kofe, ichkilik ichish taqiqlanadi- Ovqat kaloriyali va vitaminlarga serob bo'lishi kerak Ichiladigan suyuqlik miqdori kuniga kamida 2 1 bo'lishi lozim. Tuz iste'moli birmuncha cheklanadi (kuniga 2 g gacha) gipertoniya mudom saqlanib turaversa, kishiga faqat meva yeyish buyuriladi. Kamqonlikda sabzavot, temirga boy masalliqlar ratsionga qo'shiladi (olma, anor). Davoning asosiy yo'nalishi (antibakterial) bakteriyalarga qarshi usuldir. Antibakterial preparatni tanlashda siydik ekib ko'riladi. Qanday bakteriyalar borligi aniqlanadi. Ana shu mikroblarning antibiotiklarga sezgirligi tekshirib ko'rilgandan keyin kerakli antibtotik qo'llash zarur. Davolashni penitsillinni katta dozada yuborishdan boshlash lozim, Kasallikning yengil formalarida bir hafta davomida kuniga 4-6 g dan sulfamlamidlar qo'tlaniladi (urosulfan). Nafi bo'Imasa antibiotiklar — penitstllin, eritromitsin, tetratsiklin, levomitsetin, sefamizin, kefzol, klofaran va boshqalar buyurifadi. Nitrofuran birikmalari (furazolidon, furodonin, furozolin) ishlatitadigan bo'lsa, yaxshi natija olinadi. Bular 7-10 kun davomida 0,1-0,15 g dan kuniga 3-4 mahal berib turiladi. Antibiotiklar bilan birgalikda negram, nevigramon, 5-NOK ham ishlatiladi. Bakteriyaiarga qarshi davo qilib borish bilan bir vaqtda B, C, A vitaminlari ishlatiladi. Giperloniya bo'lsa qon bosimini tushiradigan gipotenziv dorilar buyuriladi. Yordamchi davo usuli sihatgohlarda davolanishdir. Morshin, Truskaves, Yessentuki, Jeleznovodsk, Bayramali, Buxoro balneologik kurortlari yaxshi yordam beradi. U yerda bemorlar kam mineralli suv ichadilar, ularga balneoterapiya va fizioterapevtik muolajalar qilinadi. Kasalda gipertoniya, sezilarli anemiya, buyrak yetishmovchiligi bo'lsa, sihatgohlarda davolanish tavsiya elilmaydi. Agar surunkali piyelonefrit bir buyrakda bo'lsa, uni jarrohlik yo'li bilan olib tashlaosa, bemor sog'ayib ketishi mumkin. Profilaktikasi: Siydik yo'llari va ulardan tashqaridagi infeksiya o'chog'ini, shuningdek siydik chiqarish yo'tlaridagi mahalliy o'zgarishlarni bartaraf dish, tana reaktivligini kuchaytirish, o'tkir piyelonelnfritni to'liq davolash surunkali piyelonefritning oldini oladigan omillardandir. Homilador ayollarda ko'p uchraydigan belgisiz bakteriuriyaga ahamiyat berish lozim.



Download 461 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling