Mundarija Fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining umumiy xususiyatlari va klassifikatsiyasi
Optik spektroskopiya. Ultrabinafsha (UB) spektroskopiya
Download 1.57 Mb.
|
Mundarija Fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining umumiy xususiyatl
Optik spektroskopiya. Ultrabinafsha (UB) spektroskopiya
Moddalarning nurni yutish hodisasini o‘lchashda spektrometrlardan foydalaniladi. Ularning turlari va tuzilishi har xil bo‘lishidan qat’iy nazar spektrometrlar yorug‘lik manbai, yorug‘lik detektori va detektordan chiqqan signallarni yozadigan asbobdan tashkil topgan bo‘ladi (1-rasm). 5-rasm. Spektrofotometrning tuzilishi.
Yorug‘lik nurlanish manbai lampadan (1) monoxromatorga (2) tushadi va natijada nur oqimi ma’lum to‘lqin uzunligiga ega bo‘ladi. Namuna eritmasi va toza erituvchi idishchalarga (3,4) solinadi va ushlatgichga (5) qo‘yiladi. YOrug‘lik idishchalardan o‘tib fotoelementga (6) tushadi va undan chiqayotgan signallar o‘lchov asbobi orqali (7) o‘lchanadi. Idishchalar ushlatgichini shunday joylashtirish kerakki, nur idishchalarning yo‘naltirgichi (8) orqali har bir idishdan o‘tishi kerak. O‘lchash ishlarini quyidagicha olib borish mumkin: bitta to‘lqin uzunlikda erituvchidan utayotgan nurning intensivligi o‘lchanadi, keyin esa xuddi shu erituvchida erigan moddaning yutilishi o‘lchanadi. Amaliyotda asbobni shunday tayyorlash kerakki, erituvchining yutilishini nol deb hisoblab, shunga asosan namunaning yutilish parametrlarini aniqlash mumkin. Spektrni olish uchun bu ishlarni boshqa to‘lqin uzunlikdagi qiymatlarda ham bajariladi. Bunday hajmdagi ishlarni tezkorlik bilan bajarish maqsadida hozirgi vaqtda ikki nur yo‘nalishli, spektrlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozadigan zamonaviy asboblardan foydalaniladi. Bunday asboblarning ayrim nusxalari 2, 3 va 4-rasmlarda tasvirlangan. 6-rasm. SPEKORD-M40 UB spektrometrining ko‘rinishi(Karl-Seyss firmasi, Germaniya). Spektrni olish uchun idishchalarni monoxromator va detektor o‘rtasida joylashtiriladi, noma’lum moddalarni maxsus erituvchilarda eritiladi. Erituvchilar sifatida ko‘p hollarda asosan metanol, etanol, suv yoki to‘yingan uglevodorodlar - geksan, geptan, siklogeksanlarni ishlatish mumkin, chunki yaqin ultrabinafsha sohasida boshqa erituvchilar yutilish maksimumlarini namoyon qiladi. 7-rasm SF-25 spektrometrining ko‘rinishi (Bekman firmasi, Germaniya). UB spektroskopiya uchun juda suyuq eritmalar ishlatilib, spektrdan to‘lqin uzunlikning maksimum qiymati (, maks) va unga tegishli bo‘lgan optik zichlikning maks qiymati aniqlanadi. Ayrim erituvchilarning UB sohadagi yutilish qiymatlari.
Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling