Mundarija. I bob. Informatika fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish
Download 46.45 Kb.
|
Interaktiv texnologiyalar asosida Informatikani o\'qitish
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob. Ta`limning Interaktiv metodlari . 2.1. Ta’limda metodlarni qo’llash . 2.2. Interfaol usullarni qo’llash . XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
MAVZU: Interaktiv texnologiyalar asosida Informatikani o'qitish. MUNDARIJA. I bob. Informatika fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish 1.1 Interaktiv (interfaol) tushunchasi . 1.2 Interaktiv o‘qitish texnologiyasi . 1.3 Axborot va uning turlari. II bob. Ta`limning Interaktiv metodlari . 2.1. Ta’limda metodlarni qo’llash . 2.2. Interfaol usullarni qo’llash . XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Kirish Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.Respublikamiz Prezidenti SH.M.Mirziyoyev «Bilimdon va ma'naviy yetuk bo'lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog’lik, bo'ladi», deb ta'kidlagan edilar. Mustaqil rivojlanish yo'lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro'yobga keldiki, bu xalq xo'jaligining barcha sohalarida, hususan, ta'lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo'llanilayotganligi, o'quvchilarga berilishi lozim bo'lgan bilimlar ko'lamining tobora oshib borayotganligi, ta'limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo'yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta'limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi.O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Ta'lim tug’risida»gi qonunda ta'limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta'limni umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo'yilgan bo'lsa, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jaxonning ilg’or yutuqlarini e'tiborga olib akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda har tomonlama shakllangan va etuk mutahassislarni tayyorlashning asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan.O’zbeksiton Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ta'kidlab o’tganidek: “Umumlashgan holda hozirda bo'lajak o'qituvchilar shahsiga qo'yiladigan asosiy talablarni: kasbiy bilimdonlik, intellektual va ma'naviy barkamollik deb belgilash mumkin”. O'quvchilarning informatik bilimlarini o'z kasbi doirasida, kundalik hayotda qo'llay bilishi, ularning bilish va fikrlash doiralarini kengaytirish zamon talabidirTa’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar mavjud. Shunday ekan, axborot kommunikatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish hozirgi zamon yutuqlariga asoslangan holda davr talabiga mos keladigan pedagogic mahoratning nazariy amaliy asoslarini hamda uning shakllanish jarayonini yaratish eng dolzarb vazifalardandir. Axborotlar miqdorining keng ko’lamda ortib borayotganligi ta’lim jarayonida yangidan-yangi talablar qo’ymoqda. Axborotlarni o’zlashtirish va ulardan ta’lim jarayonida yetarlicha hamda samarali foydalanish uchun qulay vositalardan foydalanishga zarurat tug’ilmoqda. Bugungi texnologiyada yuz berayotgan inqilobiy o’zgarishlar aynan axborotlardan ta’lim jarayonida yetarlicha foydalanishni ta’minlashda kompyuter va texnik vositalarni qo’llanishga olib keldi. Bugungi kunda ta’lim jarayoniga kompyuter va texnik vositalarning jadal kirib kelayotganligi, biroq ulardan foydalanuvchilarning tayyorgarlik darajasi hali lozim darajada emasligi tabiiy holdir. Mutaxassislarning islohotlar bilan mutanosibligi ta’minlanishini inobatga olish lozim. Uzluksiz ta’lim-chuqur, har taraflama asosli ta’lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli-tuman shakl, usul, vosita, uslub va yo’nalishlarining mukammal uyg’unligidan iboratdir. Uning turli komponentlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, muayyan usul va uslublarning ta’lim sharoitiga oqilona tadbiq etilishi uzluksiz ta’lim sifatini ta’minlaydi. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni axborotlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu borada, ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo’llari izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish masalasi ommalashmoqda. Hozirda barcha ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanmoqda. Bu esa, pedagoglarning o’z mehnat faoliyatiga yangicha yondashuvni talab etadi. Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqib, davlat ta’lim standartlari hayotga tadbiq qilinilayotgan bir paytda, talim muassasalaridagi o’quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish uchun o’qitishning texnik vositalarini yangi avlodini qollash o’qitish texnologiyasini yanada tezroq rivojlanishiga zamin bo’lib xizmat qiladi. Ta’lim tizimining bugungi vazifasi-talaba (o’quvchi, tinglovchi)larni kun sayin ko’payib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida uning mazmunini jadalashgan holda o’rgatishdan iboratdir. Buning uchun ta’limda o’qitishning zamonaviy texnik vositalarini qo’llash zarur. Ta’lim tizimida o’qitishning texnik vositalarini qo’llash muammolariga bag’ishlangan ko’plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.Hozirgi kunda ham olib borilayotganligi haqida turli axborot vositalarida bayon qilinmoqda. O’qitishning zamonaviy texnik vositalaridan uzluksiz ta’lim tizimida qanday foydalanish mumkin, degan masala bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Download 46.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling