Mundarija I. Bob. Sezgi haqida umumiy tushuncha. Sezgilar tasnifi va turlari. Kirish


Download 47.87 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi47.87 Kb.
#1580215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ko\'rish sezgisi, idroki va uni o\'rganish metodlari

Illyuziya - bizga ta'sir qilayotgan narsalarni yanglish idrok qilish demakdir. Odatda ikki xil illyuziya farqlanadi:
a) ob'ektiv illyuziya;
b) sub'ektiv illyuziya.
Ob'ektiv illyuziya - hamma odamlar uchun umumiy xarakterga ega bo’lib, uni geometrik illyuziya deb ham yuritiladi. Ob'ektiv illyuziya biz idrok qilayotgan narsalarning o’zaro bir-biriga ta'siri tufayli yuz beradi. Illyuziyaning bu turi har xil geometrik shakllarni idrok qilishda juda yaqqol ko’rinadi. Masalan, uzunligi baravar bo’lgan ikkita gorizontal to’g’ri chiziq chizilsa, bu chiziqlarning uchlariga tashqariga qaratilgan va ichkariga qaratilgan chiziq kattaroq bo’lib ko’rinadi. Idrok jarayonida yuz beradigan illyuziyaning bu turiga juda ko’plab misol keltirish mumkin. Masalan, baravar kattalikka ega bo’lgan uchta ketma-ket turgan to’g’ri burchakli ustunchalarni chizib, ularning atrofiga uzoqlashtiruvchi chiziqlarni chizsak, bu uchta ketma-ket turgan ustunchalar har xil kattalikda bo’lib ko’rina boshlaydi. Bu erda uzoqlashtiruvchi chiziqlarning ta'sirida illyuziya hosil bo’ladi. Psixologiyada ko’rish illyuziyalarining o’rganilishi muayyan o’zining tadqiqot tarixiga ega.
Idrok qiluvchi shaxsning psixikasida ro’y beradigan o’zgarishlar bilan yuzaga keladigan tasodifiy illyuziyalar ham mavjuddir. Sahroda chanqagan inson uzoqda yarqirab turgan sho’rhok yerni ko’l deb idrok qilishi (lekin bu illyuziyani sahrodan farq qila olishi joiz) yoki o’rmondagi to’nka qo’rqoq insonning ko’ziga bironta yirtqich hayvonga o’xshab ko’rinishi xuddi shu illyuziyalar jumlasidandir.
O’q chiziqlari illyuziyasi uzunligi baravar bo’lgan ikki o’q chiziqning chetlariga ikki xil (kesishmaydigan va kesishadigan) chiziqlar chizilsa, illyuziya paydo bo’ladi. Ya'ni, kesishadigan chiziqlar o’q chiziqga nisbatan kesishmaydigan chiziqlar chizilgan, o’q chiziqidan uzunroq bo’lib ko’rinadi. Bu illyuziya kesishadigan va kesishmaydigan chiziqlar tamoyillariga asoslangan.
Parallel qilib chizilgan bir necha chiziqlar parallel emas, balki har xil tomonga kesilgan chiziqlardek tuyuladi.
"Temir yo’l" illyuziyasi kesishadigan to’g’ri chiziqlarning torroq joyiga joylashgan chiziq uzunroq bo’lib ko’rinadi. Aslida esa har ikkala parallel chiziqning uzunligi tengdir.
Ikkita barovar doira shaklini chizib, ulardan birini o’sha doiradan kattaroq, ikkinchisini esa kichikroq doiralar ichiga olinsa, ikkinchi doira kattaroq ko’rinadigan bo’lib qoladi. Ya'ni kichik doiralar o’rtasida berilgani katta doiralar orasida berilganiga qaraganda kattaroq bo’lib ko’rinadi. Birinchi odamga qaraganda ikkinchisi uzunroq, uchinchisi esa undan ham uzunroq bo’lib ko’rinadi. Aslida esa ular balandligi jihatidan bir - biriga teng. Tik chiziqlarni ortiqcha baholash illyuziyasi silindrning balandligi, hoshiyasining kengligidan kattaroq bo’lib ko’rinadi. Aslida silindirning balandligi va hoshiyasining kengligiga bab-barovar. "Elpig’ich" ilyuziyasi-parallel chiziqlar orasidagi chiziqlarning ta'siri bilan ba'zida egilgandek, ba'zida esa burilib ketgandek bo’lib ko’rinadi. Daryoda suzib ketayotgan katta va kichik ikki kema palubasi uzunligi jihatidan bir-biriga barovar to’g’ri chiziq kesmalari bilan tasvirlangan bo’lsada, katta kema palubasi uzunroq bo’lib ko’rinadi. "Jonli doiralar" illyuziyasi. Katta va kichik doiralar chizilgan rasmlar aylanmaydi, albatta. Lekin kitobni qo’lga olib, uni o’ngdan chapga yoki chapdan o’ngga bir necha sekund aylantirsak, doiralar go’yo aylanayotgandek tuyuladi.

XULOSA
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a'zolarimizga ta'sir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil bo’ladi. Chunonchi, nurlarning ko’zimizga ta'sir qilishi natijasida ko’rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to’lqinlarining quloqimizga ta'sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun bo’shlig’iga kirgan har turli modda zarrachalarining ta'siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo’limiz yoki badanimizga tegib ta'sir etish natijasida teri (taktil - biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil bo’ladi.
Demak, sezgi deb- atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo’lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo’zg’atuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta'sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma'lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o’tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo’lgani bilan uning yuzaga kelishi o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Ma'lumki bizni o’rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko’p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta'mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g’adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a'zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz.
Sezgi idrok bilan bog’liq bo’ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a'zolarimizga ta'siri natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to’plab, har bir sekundda axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga yetkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o’z ichki holatini adekvat "mos" aks ettirishi hosil bo’ladi. Sezgi a'zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo’llaridan biridir.

Download 47.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling