Mundarija: I. Kirish i-bob. O`qish darslarida ertak mavzularining maqsad, vazifalari va ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati
Download 58.93 Kb.
|
Mavzu O`qish darslarida ertak o`tish uslubiyoti.
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-Bob. Ertaklarni janriy xususiyatlariga ko`ra o`rganish…………
MUNDARIJA: I.KIRISH................................................................................................. I-Bob. O`qish darslarida ertak mavzularining maqsad, vazifalari va ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati.............................................................................. 1.1. Kichik yoshdagi o`quvchilaming ertakni idrok etishdagi psixologik xususiyatlari ............................................................................................ 1.2. Boshlang`ich sinflarda ertakni tahlil qilishning metodik shartlari 1.3. Ertak ustida ishlash ………………………………………………… II-Bob. Ertaklarni janriy xususiyatlariga ko`ra o`rganish………… 2.1. Ertakni o`qish metodikasi …………………………………………. II.Xulosa.............................................................................................. III.Foydalanilgan adabiyotlar .......................................................... KIRISH Mavzuning dolzarbligi:Ertaklar bilan o`qitish bolajonlar uchun juda juda qiziq bo`ladi.Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta`minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq о`z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik о`zlashtirganligining kо`rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi. Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini о`zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari о`rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini о`rgatish metodikasi yaratiladi.F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bо`yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan kо`ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qо`ydi. Ravonlikning asosiy kо`rsatkichi sifatida sо`zlar, gaplar va fikrlarning qismlari о`rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan tо`g`ri tqobiliyatini shakllantirish qabul qilingan.Olimlar bolalarni о`qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta`minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yо`llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar. Muammoning o`rganilganlik darajasi. Nutqni о`qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang`ich pozitsiyalarga ega: - ta`lim maktab yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega; - nutqni о`rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar tо`g`ri kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir; - nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bо`lishi kerak, xususan: ona tilini о`zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qо`shilishi, о`quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim; - о`qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan о`zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bо`lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim; - til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-motivatsiya, yо`naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur; -nutqni о`qitish bolalarning tilni о`rganish bо`yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog`liq bо`lishi kerak.Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni о`qitish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: -nutqni rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy о`rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani о`zlashtirishining murakkab, kо`p omilli jarayonidir; -nutqni rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas; -bola nutqni rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, о`ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning о`ziga xosliklarini kо`ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta`sir kо`rsatishning eng samarali yо`llarini tanlashi lozim. Download 58.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling