Mundarija: I. Kirish. Kon haqida umimiy ma’lumot
Yer osti tayanch tarmoqlari
Download 1.94 Mb.
|
kurs ishi marksheyderiya adxamov samandar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer osti tayanch tarmoqlarini yo’naltirish va boglash sxemasi
Yer osti tayanch tarmoqlari. Ular tizim shaklida yoki alohida poligonometrik yo’l shaklida barpo qilinib stvol oldi lahimlarida mahkamlangan boshlang’ich doimiy punktlardan boshlab rivojlantiriladi. Tayanch tarmoqlari tarmoqning uzunligidan qat’iy nazar uzoqlashgan punktlarning o’rnini talab qilingan aniqlikda aniqlashni ta’minlashi kerak. Bu yerda punktlarni mahkamlash 300 – 500 metrdan masofasi oshmasligi kerak.
Yer yuzasidagi tayanch tarmoqlariga nisbatan yer osti marksheyderlik tayanch tarmoqlari uch guruhga bo’lingan va alohida ularning farqlari bor. Birinchi guruhga quyidagilar kiradi: a) tarmoqlarning rivojlanishi kon lahimlari o’tilishiga va shaxta rudniklarining xizmat qilish davriga bog’liq. b) eski lahimlarning berkitilishi bir qancha punktlarning mustahkammasligi oqibatida tarmoq konstruksiyasi doimiy o’zgarishda bo’ladi. Tarmoqda bir qancha bog’liq bo’lmagan qo’shimcha fazoviy va vaqt bo’yicha ma’lumotlarning paydo bo’lishi hisoblanadi. Yo’qoridagi omillar ta’siri natijasida yer osti tayanch tarmoqlari rivojlantiriladi va rekonstruksiya qilinadi. Kon lahimlarini o’tilishi munosabati bilan tarmoq to’ldirilsa tarmoq holatiga qarab rekonstruksiya vaqti aniqlanadi. Yer osti tayanch tarmoqlarining ko’rinishi ikkinchi guruhiga quyidagilar kiradi: a) poligon parametrlari va shakllarini tanlashni chegaralaydigan poligonometrik yo’llarning majburiy konfiguratsiyasi. b) yer osti poligonometrik yo’llarida majburiy qisqa tomonlarning bo’lishi (3-5 m). d) yer osti poligonometriyasi boshlang’ich punktlarining soni chegaralanganligi va ularning imkoni boricha shaxta maydoni markazida joylashganligi bu hammasi yer osti tayanch tarmoqlarini boshlang’ich punktlardan uzoqlashgani sari xatolarning tez yig’ilib borishiga sabab bo’ladi. Uzoqlashgan punktlarning talab qilingan aniqligini oshirish uchun tarmoqlarga talabni kuchaytirish lozim. Buning uchun poligonometrik yo’llarni gerokompos yordamida direksion burchaklarini aniqlash va geratomon seksiyalarini barpo qilish effiktiv chora hisoblanadi. Yer osti tayanch tarmoqlari qurishning uchunchi guruhiga quyidagilar kiradi: a) tayanch tarmoqlari qurishdan oldin teodolit yo’llari o’tkaziladi. Poligonometrik yo’l va teodolit yo’llari uchun 1 ta asbob va bir o’lchash usullaridan qo’llaniladi. Shu sababli amalda qator holatlarda poligonometrik yo’llari tayanch tarmoqlari va teodolit yo’llariga bo’linmaydi. Shu bilan birga asosiy va tayyorlov lahimlarining tasvirga olishsi poligonometrik yo’llarni o’tqazish orqali bajarilib mustahkam va yaxshi saqlangan belgilaridan tayanch tarmoqlarini to’ldirishga zarur holatlarga nazorat uchun qayta yo’l o’tkaziladi. Shuning uchun poligonometrik yo’llar to’ldiruvchi va nazorat (Nazorat) yo’llariga bo’linadi. Bu planli teodolit tasvirga olishlarini bajarishda texnik asboblarning burchakli va chiziqli o’lchashlarning umumiy ko’rinishga egaligini ko’rsatadi. Tayanch tarmoqlari turlicha bo’lib u konni ochish sxemasiga shaxta maydonining tayyorligiga qazilma boylik qatlamining yotish sharoitlari va shakllariga bog’liq bo’ladi. Yer osti tayanch tarmoqlari kon ishlarini perspektiv rejasini hisobga olgan loyihalar asosida barpo qilinadi. Tayanch tarmoqlari har 5 – 10 yilda rekonstruksiya qilinadi. Buning uchun quyidagi holatlar asos bo’lishi mumkin. − tasvirga olish ishlarini davom ettirish uchun doimiy punktlarning mustahkamligini buzilishi. − tarmoqda yer yuzasidagi tayanch tarmog’i bilan bog’liq yangi punktlarning hosil bo’lishi. − shaxta gorizontlari tarmoqlarini bir – biriga bog’lash zarurati hosil bo’ladi. − kon lahimlarining uzunligi ko’payishi asosida aniqlikning kamayishi hollari sabab bo’lishi mumkin. Yer osti teodolit yo’llari quyidagi maqsadlarda o’tkaziladi: − kon lahimlarini tasvirga olish qilish va marksheyderlik chizmalarini chizish. − kelajak tasvirga olishlari uchun geometrik asos barpo qilish. − bajarilgan tasvirga olishlar nazoratini bajarish uchun. Joyda o’rni uzoq vaqt saqlanadigan qilib maxsus qurilma yoki mustahkam qoziq bilan belgilangan, koordinatasi(X,Y) va absolut balandligi(H) aniqlangan nuqtaga geodezik tayanch punkti deyiladi. Bunday nuqtalar yig’indisi geodezik tayanch tarmog'ini tashkil etadi. Planli koordinatasi ma’lum bo’lgan tayanch punktga planli tayanch punkt, absolut balandligi ma’lum bo’lgan tayanch punktga balandlik tayanch punkti deyiladi. Shunga yarasha geodezik tarmoqlar planli-balandlik (X, Y va H ma'lum), faqat planli (X, Y ma'lum) va faqat balandlik (H,ma'lum) tarmoqlariga bo‘linadi. Geodezik tayanch tarmoqlari Davlat geodezik tayanch tarmoqlari (DGT), Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari (MGT) va Tasvirga olish tayanch tarmoqlariga (TOTT) bo’linadi. Davlat geodezik tayanch tarmoqlari maxsus dastur asosida barpo qilinadi va barcha masshtabdagi topografik planlarni olishda tayanch bo’lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi va mudofaasiga, turli ilmiy va texnikaga doir masalalami yechishda ham daylat geodezik tayanch tarmoqlariga asoslaniladi. Masalan,Yerning shakli va kattaligini, yer po’stlog’ining harakati, qit’alarming siljishi, okean va dengizlar sathining farqi va boshqalar davlat geodezik tayanch tarmoqlari natijalaridan foydalanib aniqlaniladi. Yirik muhandislik inshootlarining loyihalari joyga geodezik tayanch punktlarga tayanib ko’chiriladi. Davlat geodezik tayanch tarmoqlari mamlakatimizning istagan joyida bir-biriga bog’lanmagan holda bir vaqtda yoki turli vaqtda tasvirga olishga va geodezik o’lchash ishlarini bajarishga, bu ishlarda ro’y beradigan tasodifiy xatolar ta’sirini kamaytirishga, mazkur ishlarning qanchalik aniq bajarilganini tekshirishga, shuningdek, barcha geodezik o’lchash ishlarini yagona koordinata sistemasi (YKS)ni bog’lashga imkon beradi. Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari. 1:500, 1:5000 masshtabli topografik planlar olish uchun va qurilish maydonlarida bajariladigan geodezik ishlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tasvirga olish tarmoqlari barcha masshtabda planlar olish uchun bevosita asos bo’lib hisoblanadi. Tasvirga olish tarmoqlarini hosil qilish uchun teodolit yo’li, geometrik tarmoq, to’g’ri va teskari kesishtirish usullaridan foydalaniladi. Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari bilan tasvirga olish tarmoqlari ham planli va balandli geodezik tayanch tarmoqlariga bo’linadi. Joyda geodezik tayanch tarmoqlari punktlari o’rnini belgilash geodezik tayanch tarmoqlari punktlarini o’rni punktlarining ahamiyatiga va ulardan foydalanish muddatiga qarab belgilanadi. Davlatgeodezik tayanch tarmoqlaridan uzoq vaqt foydalanish uchun ularning punktlari joyda mustahkam saqlanadigan doimiy belgilar bilan belgilanadi. Bu belgilarga markaz deyiladi.Joyning tabiiy geografik sharoitiga va geodezik punktning qanday ahamiyatga ega ekanligiga qarab turli markazlar qo’llaniladi. Markazlarning tuzilishi va joyga o’rnatilishi maxsus ko’rsatmalarda beriladi. Yerning muzlash chuqurligi 1,5-2 m gacha bo’lgan joylarda o’rnatiladigan markazlarda, qoyali joyga o’rnatiladigan markazlar ko’rsatilgan markazni o’rnatish uchun yer ikki metrdan chuqurroq qazilib, uchta beton monolit o’rnatilgan. Beton monolitlar cho’yandan yasalgan markalar bitta tik chiziqda yotadigan qilib joylashtirilgan markalaming tuzilishi turlicha bo’lib, shulardan biri . Cho’yan marka qopqog’idagi 2 mm li teshikcha punktning markazi hisoblaniladi. Geodezik tayanch tarmoqlarini o’tkazish vaqtida ana shu teshikchaning koordinatasi aniqlaniladi. Ustki monolitdagi marka yerga 50 sm chuqurlikda ko’milishi lozim. Joydagi markazni osonlikcha topish uchun ustki monolit tepasiga beton ustun o’rnatiladi. Bir punktdan ikkinchi punktni kuzatish maqsadida ularning markazi ustiga maxsus geodezik belgi piramida o’rnatiladi. Piramidalaming balandligi 10-12 m bo’lishi mumkin. Yonma-yon joylashgan punktlarni yerdan kuzatib bo’lmagan hollarda tayanch punktga asbob o’rnatishda va bu punktni kuzatish uchun signal quriladi. Signallarning balandligi 12-15 m dan 40 m gacha bo’lishi mumkin. Piramida va signallar yog’ochdan yoki metalldan yasalib, tuzilishi turlicha bo’ladi. Davlat balandlik tarmoqlari punktlarining o’rni doimiy belgi hisoblanuvchi marka va reperlar bilan belgilanadi. Doimiy reper va markalar balandlik tarmoqlari yo’lida 5-7 km o’ralatibo’rnatiladi. Balandlik tarmoq punktlarining absolyut balandliklarini aniqlash, ya’ni nivelirlash qiyin bo’lgan rayonlarda reper (marka) lar oralig’i 10-15 km bo’lishi mumkin. Yuqori aniqlikdagi balandliktarmoqlari (1 va II klass nivelirlash tayanch punkti tarmoqlari) ning har 50-80 km dagi nuqtasi va bu nivelirlash yo’llarining kesishgan tugun nuqtalari doimiy saqlanadigan reperlar bilan belgilanadi. Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilish uslublari Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilishning bir necha xil uslublari bor. Astronomik uslub, geodezik uslub, radiogeodezik uslub, kosmik-geodezik uslub shular jumlasiga kiradi. Hozirgi vaqtda geodezik uslub qo’llanilmoqda. Geodezik uslubning o’zi triangulyatsiya, trilateratsiya va poligonometriya turlariga bo’linadi. Punktlarning geografik koordinatalari (geografik kengligi va geografik uzunligi), astronomik uslubda bir-biriga bog’lanmay alohida aniqlanadi. Lekin astronomik uslubda punktlar koordinatalarining aniqlash darajasi hozirgi vaqtda geodezik tayanch tarmoqlariga bo’lgan talabini qondirmaydi. Shuning uchun astronomik uslub katta aniqlik talab qilmaydigan vaqtda (masalan, 1:100000 va undan mayda masshtabda tasvirga olishda) yoki geodezik tayanch tarmoqlari hosil etishning boshqa uslublaridan foydalanib bo’lmaydigan joylarda (Arktika, Antarktida va boshqa joylarda) qo’llanilishi mumkin. Astronomik uslub geodezik uslub bilan birgalikda qo’llaniladi. Masalan: geodezik uslubda tayanch tarmoqlari hosil qilish uchun avvalo biror boshlang’ich punkt yoki bir necha punktning koordinatalari astronomik uslubda aniqlab olinadi. Tayanch tarmoqlarining boshqa punktlari koordinatalari geodezik o’lchash natijalariga asoslanib, hisoblab chiqariladi. Boshlang’ich punktdan keyin keladigan punktlar fikran chiziq bilan tutashtirilsa, tarmoq hosil bo’ladi. Qator uchburchakdan iborat tarmoq triangulyatsiya tarmoqi, ko’p burchaklardan iborat tarmoq poligonometriya tarmog’i deyiladi. Keyingi yillarda 1:50000 va 1:100000 ayrim vaqtlarda esa 1:25000 masshtabli aerofototopografik tasvirga olish uchun geodezik tayanch tarmoqlari barpo qilishda radiogeodezik uslub qo’llanilmoqda. Radiogeodezik uslub territoriyani samolyotdan turib suratga olish vaqtida samolyotning o’rnini aniqlashga asoslangan. Bu uslub ayniqsa bir-biridan uzoqda joylashgan hamda bir-biridan ko’rinmaydigan punktlarning koordinatalarini aniqlashda qo’llaniladi Yer osti tayanch tarmoqlarini yo’naltirish va boglash sxemasi Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling