Mundarija I. Kirish


Download 362 Kb.
bet3/13
Sana11.03.2023
Hajmi362 Kb.
#1258326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kalorimetrik o’lchashlar FIZIK KIMYO

Issiqlik effekti turlari
Kimyoviy reaksiyalarda uch xil issiqlik effekti ifodasi mavjud:
a) reaktsiya issiqlik effekti;
b) molekulaning hosil bo’lish issiqligi;
v) yonish issiqligi.
Reaksiya issiqlik effekti
Reaksiya issiqlik effekti ΔHp ishorasi bilan belgilanib ma‘lum reaksiyada ajralgan (yo yutilgan) issiqlik miqdori bilan ifodalanadi, masalan,
SO3(g) + H2O(s) = H2SO4(s) – ΔHp
Bu yerda, g – gaz, s – suyuq holatdir.
Molekulaning hosil bo’lish issiqlik effekti
Hosil bo’lish issiqligi ΔHh.b. ishorasi bilan belgilanib, quyidagicha ta'rifga ega, ya'ni 1 mol molekula oddiy moddalardan hosil bo’lganda ajralgan (yoki yutilgan) issiqlik miqdoridir.
Masalan, H2 + S + 2O2 = H2SO4 – ΔH1.
S + 1,5O = SO3 – ΔH2.
H2 + 1/2O2 = H2O – ΔH3.
Bu yerda ΔH1, ΔH2, ΔH3 – sulfat kislota, oltingugurt (VI) – oksid va H2O ning hosil bo’lish issiqlik effektidir.
Oddiy modda molekula (H2, O2, N2 va hokazo) larining hosil bo’lish effekti nolga teng deb qabul qilingan. Oddiy modda standart sharoitda (Т = 2930К, Р = 1 atm) barqaror agregat holatda olinadi.
Yonish issiqligi
Yonish issiqligi ΔHyo ishorasi bilan belgilanib, 1 mol modda to’la yonganda (yuqori oksidlar hosil qilish bilan) ajralgan issiqlikdir. Masalan,
C2H5OH + 3O2 = 2CO2 + 3H2O – ΔHe
Reaksiyaning issiqlik effektini (ΔHр ni) – kimyoviy reaksiyalarda ajralgan (yoki yutilgan) issiqlikni va umuman, turli jarayonlar – erish, bug'lanish, kristallanish va xokazolarning issiqlik effektini muayyan ma‘lumotlar asosida Gess qonuniga muvofiq hisoblab topish mumkin. Yuqorida bayon etilgan issiqlik effektlari orasida reaksiyaning issiqlik effekti amaliy ahamiyatga egadir. Yonish issiqligi esa yoqilg'i moddalar (neft mahsulotlari, ko'mir va hokazo) uchun ahamiyatlirdir. Hamma reaksiyalarning issiqlik effektini ma‘lumotnomalarda keltirish juda katta hajmni oladi, ba'zi reaksiyalarning issiqlik effektini tajribada aniq o'lchash juda qiyin yoki o’lchash mumkin bo’lmaydi. Shunga ko'ra, reaksiyaning issiqlik effektini molekulaning hosil bo'lish issiqlik effekti yoki yonish issiqlik effektlaridan foydalanib Gess qonuni asosida hisoblash mumkin. Ko'p moddalar uchun molekulaning hosil bolish va yonish issiqlik effekti qiymatlari standart sharoitda ma‘lumotnoma jadvallarida berilgan.
SO­3 + H2O = H2SO4 reaksiyaning issiqlik effektini hosil bo’lish issiqligidan foydalanib hisoblash mumkin u quyidagicha amalga oshiriladi:
SO3 + H2O = H2SO4 = ΔHp (а)
S + 1,5O2 = SO3 – ΔH1 (b)
H2 + 0,5O2 = H2O = ΔH2 (v)
H2 + S + 2O2 = H2SO4 – ΔH3 (g)
Bu yerda ΔH1, ΔH2, ΔH3 – hosil bo'lish issiqligi.
Agar g tenglamadan (b + v) tenglamalarni ayirilsa, a tenglama kelib chiqadi, demak:
ΔHр = ΔH3 – (ΔH1 + ΔH2),
Ya‘ni ΔH = ΔHh.b.
Bu yerda Hh.b. – hosil bo’lish issiqliklari.
Demak, kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti, mahsulotlar hosil bo'lish issiqliklari yig'indisidan dastlabki moddalarning hosil bo’lish issiqliklarining yig'indisini ayirib tashlanganiga teng:
ΔHр =  (n ΔHh.b.)маh. –  (n ΔHh.b.)dаst.
bu yerdа nΔHh.b. mahsulot va dastlabki moddalarning stexiometrik koeffitsienti va hosil bo'lish issiqliklaridir.
Reaksiyaning issiqlik effektini yonish issiqlik effektidan ham hisoblab chiqarish mumkin.
Issiqlik sig'imi
Issiqlik sig'imi ham issiqlik effekti bilan bir qatorda kimyoviy jarayonlarni harakatlantiruvchi kattalik hisoblanadi. Bir birlik massadan iborat sistemaning temperaturasini bir gradusga oshirish uchun sarf bo'lgan issiqlik miqdoriga issiqlik sig'imi deyiladi.
С – solishtirma issiqlik sig'imi 1 kg yoki 1 g moddani,
С – bir mol moddani,
СV – turg'un hajmda bir mol moddaning,
Ср – turg'un bosimda 1 mol modda temperaturasini bir gradusga isitish uchun talab qilingan issiq miqdori (j yoki kall).
Isitish jarayoni turg'un hajmda olib borilganda, termodinamikaning birinchi qonuni asosiy tenglamasiga muvofiq:
Q = dU + PdV, V = const, dv = O bo'lganda dQ = dU
Demak, sistemaga berilgan issiqlik faqatgina sistemaning ichki energiyasini oshirishga sarf bo'ladi. Isitish turg'un bosimda olib borilganda esa issiqlik sistemaning ichki energiyasini oshirishdan tashqari ish bajarishga ham sarf bo'ladi. Shunga ko'ra, Cp > Cv bo'ladi.
Qattiq va suyuq holdagi moddalarda, temperatura o'zgarishi bilan ularning hajmi kam o'zgaradi. Shunga ko'ra, Cv, Cp o'rtasidagi farq kam bo'ladi.
Qattiq va suyuq holdagi moddalarda, temperatura o'zgarishi bilan ularning hajmi kam o'zgaradi. Shunga ko'ra, Cv, Cp o'rtasidagi farq kam bo'ladi. Shunga ko'ra, moddalarning bu holatlarida, taqribiy hisoblarda Cp, Cv – o'rtasidagi farqni hisobga olmasa ham bo'ladi. Lekin moddalarning gaz holatida bu farqni e'tiborga olish kerak.

Download 362 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling