Mundarija I. Kirish


Download 362 Kb.
bet8/13
Sana11.03.2023
Hajmi362 Kb.
#1258326
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kalorimetrik o’lchashlar FIZIK KIMYO

Bekman termometri
Bekmanning metatatik termometri temperaturaning kam o'zgarishlarini aniqlash uchun xizmat qiladi. Bekman termometri kapillyarining yuqori qismida simob uchun mo'ljallangan qo'shimcha rezervuar borligi uni oddiy termometrlardan farqlaydi. Ushbu qo'shimcha rezervuar termometrning pastdagi asosiy rezervuarida simobning miqdorini o'zgartirishga va shu orqali o'lchanishi mumkin bo'lgan temperaturalar oralig'ini kengaytirishga imkoniyat beradi. Bekman termometrining 25-30 sm uzunlikdagi shkalasi 5-6 gradusga mos keladi va har bir gradus 0,01 ga teng bo'laklarga bo'lingan bo'ladi. Shuning uchun lupadan foydalanib 0,002-0,003 gradus aniqlikda o'lchashlar o'tkazish mumkin. Ishni boshlashdan avval termometr kapillyaridagi simob sathi tajriba o'tkazilayotgan temperaturada termometr shkalasi chegarasida bo'lishiga erishish kerak. Buning uchun pastki rezervuardan ortiqcha simob yuqoridagi qo'shimcha rezervuarga yoki aksincha, agar yuqoridagi rezervuarda ortiqcha simob bo'lsa, pastki asosiy rezervuarga o'tkaziladi.
Bekmanning metastatik termometrida simob sathini o’rnatish
Bekmanning metastatik termometrining oddiy termometrdan farqi shundaki, uning kapillyari yuqori qismidagi simob uchun mo'ljallangan qo'shimcha rezervuar bilan ulangan bo'ladi. Ushbu moslama termometrning pastki qismidagi simobning miqdorini o'zgartirishga va kapillyarda simobning bizga kerak bo’lgan sathini o'rnatishga imkoniyat beradi. Termometrning shkalasi odatda 5-6 gradusga bo'lingan va har bir kichik bo'lakchalar 0,01 gradusni tashkil qiladi. Shuning uchun lupadan foydalanib o'lchashlarni 0,002-0,003 gradus aniqlikda o'tkazish mumkin. Bekman termometrini kalorimetrik suyuqlikka botirilganda simobning sathi shkalaning o'rta qismida bo'lishini ta'minlaydigan qilib sozlanadi. Agar u shkalaning pastki qismida yoki shkaladan pastda to'xtab qolsa, yuqori rezervuardan pastki asosiy rezervuarga qo'shimcha simob o'tkaziladi.
Kalorimetr doimiysini aniqlash
O'rganilayotgan protsessning issiqlik effektini quyidagi tenglama orqali topish mumkin:
(1)
bunda - protsess issiqlik effekti;
К - kalorimetr doimiysi;
- harorat o‘zgarishi.
Ma'nosi jihatidan kalorimetr doimiysi K kalorimetr issiqlik sig'imi bo'lib, miqdori jihatidan kalorimetr barcha qismlari haroratini bir daraja ko'tarish uchun sarf bo'ladigan issiqlik miqdorini ko'rsatadi. Kalorimetr doimiysini, asosan, ikki uslub: amaliy uslub va nazariy uslub orqali aniqlash mumkin.
Amaliy uslub bo'yicha kalorimetr doimiysini, ko'p hollarda, mahsus elektr isitgich yordamida kalorimetr suyuqligining harorati o'zgarishini aniqlash orqali topiladi. Elektr manbai sifatida akkumulyatorlardan yoki doimiy tok to'g'rilagichlaridan foydalaniladi. Harorat o'zgarishini Bekman termometri yordamida 0,002-0,003 daraja aniqligida o'lchanadi. Isitilish vaqti sekundomerlarda o'lchanadi.

Download 362 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling