Mundarija: kir


Download 1.28 Mb.
bet6/8
Sana17.09.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1679875
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari

Umumiy kapitaldan ulush (dinor)

3,685,129,984 1,478,240,000 1,293,340,032 1,278,669,952 1,165,859,968 1,045,960,000


19,290,000


2,500,000


Quyidagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, ITB kapitali tarkibiga eng katta ulushni Saudiya Arabistoni kiritgan bo’lib, bu uch yarim trillion dinardan ortiq, ya’ni umumiy kapitalning 26.57 foizini tashkil qiladi. Saudiya Arabistoni donor mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari O’zbekiston va qo’shni Qozog’iston, Tojikistonning ham ulushi mavjud bo’lib, shundan mamlakatimizning umumiy kapitaldagi qiymati 0.02 foizni, ya’ni 2 yarim ming dinarni tashkil etadi. Tashkilotga a’zo mamlakatlar o’zlarining vakillari orqali bank boshqaruvida ishtirok etishadi. Bankning yuqori organi boshqaruv kengashi va quyi organi esa direktorlar kengashi deb yuritiladi.
Direktorlar kengashi 18 kishidan iborat bo’lib, uning yarmini ITB ustav kapitalida ko’proq ulushga ega bo’lgan davlatlar, qolgan yarmini esa uncha ulushi katta bo’lmagan a’zo davlat vakillari tashkil etadi.7
Islom Taraqqiyot Banki umumiy hodimlar soni 189 tani tashkil qiladi. Bankning asosiy maqsadi tashkilotga a’zo va a’zo bo’lmagan musulmon
davlatlarining iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashish va musulmon xalqining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan. Bu bora ITB guruhi quyidagi sohalarda o’z xizmatlarini ko’rsatadi:
Loyihalarni moliyalashtirish:

  • Davlat, jamoaviy( suveren)

  • Xususiy (suveren bo’lmagan)

  • Davlat – xususiy xamkorlikda (PPP)

  • Eksport krediti va investitsiyalarni sug’urtalash

  • Fond va aktivlar boshqaruvi

  • Islom moliyaviy xizmat muhitini rivojlantirish

  • A’zo mamalaktlar o’rtasidagi savdoni moliyalashtirish

  • Texnik hamkorlik va salohiyatni rivojlantirish

  • Islom iqtisodiyoti va tadqiqot moliyasi

Shuningdek, mahsus faoliyat:

  • Fan va texnoligik dasturlar

  • Ta’limiy dasturlar

  • Maxsus ko’maklar8

Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda bank har yili bir qancha dasturlarni amalga oshiradi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda ham ushbu loyihalar asosida bir qancha ishlar olib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi va ITB aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, bugungi kunga qadar sog’liqni saqlash, energetika, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport yo’llarini qurish va ta’mirlash va shu kabi boshqa sohalarda 1221 ming AQSH dollari miqdorida 32ta dastur amalga oshirilgan.12 Arab muvofiqlashtirish guruhi a`zolari – Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg`armasi, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg`armasi, Abu Dabi taraqqiyot jamg`armasi va OPEK ning Xalqaro taraqqiyot jamg`armasi, shuningdek, mamlakatimizning vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi. Davra suhbati doirasida mamlakatimizning vazirlik va idoralari tomonidan energetika, yo`l infratuzilmasi, kommunal xo`jalik, ta`lim, ekologiya, irrigatsiya, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa sohalarda umumiy qiymati 1,6 milliard AQSh dollaridan ziyod 25 ta loyiha taqdimoti o`tkazildi.
Shuningdek, Arab muvofiqlashtirish guruhining ushbu loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tadbir yakunida O`zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o`rtasida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish bo`yicha qiymati 100 million dollarlik zayom bitimi imzolandi.
ITB rahbarining O'zbekistonga bu galgi tashrifi asnosida qiymati 36 million AQsh dollariga teng “Toshkent shahrining tashqi yoritish tizimlarini modernizatsiya qilish va ularga energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq etish” loyihasi bo'yicha moliyaviy bitim imzolandi. O'zbekistonning ITB hamkorligiga bu yil 10 yil to'ladi. Bu davr ichida qator amalga oshirilgan loyihalarning natijalari bilan tasdiqlanuvchi uzviy hamkorlikka erishildi. Joriy yilda mamlakatimizda ITB bilan munosabatlarning o'n yilligi nishonlanmoqda. O'tgan davr mobaynida yuksak darajadagi o'zaro anglashuv va mazmunan qator muvaffaqiyatli loyihalar bilan to'ldirilgan yaqin hamkorlik qaror toptirildi. Ushbu nufuzli xalqaro moliya tashkiloti bilan hamkorlik doirasida qiymati 186,4 million AQsh dollariga teng 10 loyiha amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda qiymati 640,9 million dollarlik yana 10 loyihaning ijrosi davom etmoqda. 9 loyihani amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rilmoqda, ularning moliyaviy qiymati 877,9 million dollarga teng. Shuningdek, texnikaviy hamkorlik doirasida ITB tomonidan O'zbekistonga 12 loyiha uchun 2,7 million dollarlik grantlar ajratilgan.
Islom taraqqiyot banki mamlakatimiz sanoatini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga hamda infratuzilmaga oid loyihalarni amalga oshirishda Arab muvofiqlashtirish guruhining moliya institutlari, jumladan, Saudiya taraqqiyot jamg'armasi, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg'armasi, OPEK jamg'armasi, Abu Dabi taraqqiyot jamg'armasining investitsiya va kreditlarini jalb qilish borasida asosiy muvofiqlashtiruvchidir. Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga doir loyihalarni amalga oshirish Islom taraqqiyot banki guruhi bilan hamkorlikning muhim yo'nalishlaridandir. Korporatsiya tomonidan kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag'larning umumiy hajmi 83 million dollarni tashkil etadi.
Islom taraqqiyot bankining ijrochi direktorlari kengashi 2015 yil 10-mart kuni Sirdaryo viloyatidagi kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekiston hukumatiga 57,5 million dollar ajratilishini ma’qulladi.
Umumiy qiymati 157 million dollar bo‘lgan loyiha Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilishni ko‘zda tutadi. Loyihani amalga oshirish muddati – 4 yil. Modernizatsiyani moliyalashtirish, shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlarning kreditlari va O‘zbekiston tomonining mablag‘lari evaziga amalga oshiriladi.
2.3 Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni hamda imkoniyatlari va uning chegaralari
Jamiyatning iqtisodiy asosini, inson hayotiy faoliyati yashashi kamol topishi manbayini tushunish uchun ishlab chiqarish mazmuni bilan tanishib chiqish kerak.
Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilar jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi hamda istemol uchun zarur bo’lgan maddiy va ma’naviy ne’marlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir. Moddiy va ma’naviy nematlarni yaratish, insonlar tomonidan turli xil xizmatlar ko’rsatish kishilar faoliyating asosiy tomoni hisoblanadi, chunki bu jarayonda kishilar o’rtasidagi munosabatlar boshqa hamma sohalar qamrab olinadi.
Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarishda, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqa manoda aytganda, atrofdagi yoki tabiyatimizdagi barcha nematlarni o’zining iste’mol uchun muvofiq holda keltirish yani iste’mil uchun qilinadigan faoliyatdir. Masalan kishilarning tabiatda mavjud bo’lgan ne’matlardan va yerdan foydalanish va turli xil dehqonchilik chorvachilik mahsulotlarini yetish- tiriladi. O’rmonlarda turli xil daraxtlarni yetish tiradi va ularni kesib turli xil yog’och xosil qiladi va istemolchilar tomonidan turli xul buyumlar va uylar quradilar. Yerning bag’ridan esa turli xil konlar orqali meniral xomashyolar olinadi va o’zlari uchun ishlab chiqarish vositalarini yaratadilar. Shu mehnat jarayonida kishilar, birinchi navbatda, tabiatda uning kuchlari va ashyolari ta’sir ko’rsatish orqali bir – birlari bilan o’zora ma’lum munosabatda bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonida bo’ladigan bu munosabatlarning xarakterin, shakillantirish va xususiyatlarini o’rganadi. Kishilar o’zlaring aqliy, mqsadga muvofiq unumlu mehnat bilan tabiat moddalarini shakillarini o’zgartiradilar va iste’mol uchun zarur bo’lgan mahsulotni ishlab chiqaradilar va ehtiyojlarini qondiradilar. Ko’pchilik iqtisodchilar mehnat kishilarning yashashini umumiy asosidir deb ta’riflaydilar. Shunda qilib mehnat jarayoni nafililikni vujudga keltirish uchun maqsada muvofiq qilinadigan harakat hisoblanadi. Agar mehnat bo’lmaganda kishilar tabiat o’rtasida modda almashunuvi va moddiy jarayonlar bo’lmasligi mumkin yoki bo’lmas.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayotining asosini moddiy nе’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi. Chunki, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlari bo’lmasa, ayirboshlaydigan, taqsimlaydigan va istе’mol qiladigan nе’matlarning o’zi bo’lmaydi. Inson istе’molsiz yasholmaganidеk, ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. Biroq, bugungi kunda iqtisodiyot nazariyasi bo’yicha ko’plab darslik va o’quv qo’llanmalarda ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini yoritish e’tibordan chеtda qolmoqda. Bu bir tomondan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qayerda, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini tushunmaslikka olib kеladi; ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’layotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bеxabar qolishiga sabab bo’ladi; uchinchidan esa, butun jahonda sodir bo’layotgan iqtisodiy inqirozlarning tub sababini tushunmaslikka olib kеladi.9
Iqtisodiy ne’mat va vositalarning tabiatdagi barcha yaratilgan mahsulotlarning bir qismi moddiy k’rinishga ega bo’ladi. Ularning tabiat materiallaridan foydalanmagan holda yaratilgan yoki insonlarni bir birlariga xizmat ko’rsatishini tushunish mumkin. Boshqacha qilib aytganda moddiy nematlarni biz ko’ra olamiz va ushlay olamiz nomodiy nematlarni biz ko’ra olmaymiz ularni xis qilishimiz va turli xizmatlar jarayonida tushunamiz. Shu jumladan ishlab chiqartish jarayonlari bir-biridan farqlanadi. Ular iqtisodiyotning real sektori ham deyoladi. Ularga turli xil sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, qurulish, savdo, komunal xo’jalik va boshqa sohalarni qamrab oladi va bular iqtisodiyotning real sektoriga kiradi.10
Xizmat ko’rsatish sohalarida nomodiy ne’matlar ( sog’liqni saqlash, ta’lim,ilmiy maslaxar, mudofa va boshqalar) ko’rsatiladi. Ishlab chiqarishning chеklangan rеsurslardan foydalangan holda kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo’lgan sifat va miqdorda istе’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo’yishi uning ijtimoiy yo’nalishini ifoda etadi. Lеkin bu umumiy ijtimoiy yo’nalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning manfaati bilan bog’langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o’tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda olishni, sarflangan vositalariga, pul mablag’lariga nisbatan ko’proq qiymatga ega bo’lishni maqsad qilib qo’yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayoni bir tomondan, istе’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo’lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o’sish jarayoni bo’lib hisoblanadi.
Oila budjetini cheklanganligi hayot kechish uchun kerak bo’ladida mahsulotlarni qaysi birini xarid qilish, vaqtimiz cheklanganligi qaysui ishni bajarishimiz, resurslar cheklanganligimi va qasi mahsulotlarni ishlab chiqarish, davlat budjetini cheklanganligi va ularni qan day qilib samarali foydalanish jarayonlari talab qilinadi.
Manashu imkoniyatlardan birini tanlash qolganlartdan vos kechishga olib keladi yoki bittadan ko’proq tanlash yo’lini beradi. Tanlash yo’lini muqobil qiymatini taqqoslash yo’li bilan chiqariladi. Tanlovning muqobil qiymati deb, uning natijasidan vos kechilgan imkoniyatlar ichidan maqsadbu maqsad ichidan eng katta naf keltiruvchi yoki qadrlanuvchi qiymatga aytiladi.
Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning asosi bo‘lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. Ishlab chiqarish imkoniyati mavjud iqtisodiy resurslardan to‘laroq foydalanish evaziga eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarish salohiyatini anglatadi. U ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ifodalaydi. Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o’rganish uning mazmunini to’g’ri tushunish imkonini bеradi va turli xil chalkashliklar, munozarali tortishuvlarga chеk qo’yadi. Jumladan, shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko’paymagan holda, aniq mеhnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o’tkaziladi. Ishlab chiqarish vositalari naflilikni yaratishda to’liq qatnashadi, qiymatning tashkil topishida esa qisman, ya’ni uning eskirgan qismi qatnashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar (masalan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda quyosh enеrgiyasi) qiymatga ega emas, shuning uchun ular tovarning istе’mol qiymatini hosil qilishda omil sifatida qatnashsada, lеkin qiymatning tashkil topishida, uning ko’payishida qatnashmaydi.11
Yangi texnika va texnologiyalarning yaratilishi hamda ularning ishlab chiqarishga jalb qilinishi imkoniyatlar chegarasining kengayishiga olib keladi. Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan, unumdorlikni, oshirish, energiya, yonilg‘i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash, ikkinchi tomondan, resurslarning yangi manbalarini topib, iqtisodiy faoliyatga jalb etish imkonini beradi. Bunga jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan, quyosh energiyasidan foydalanish va shu kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Resurslar cheklangan sharoitda ulardan foydalanishni eng optimal yo’lini topish va ulardan samarali foydalanish va bu muhum ahamiyatlardan hisoblanaqdi. Tanlov varyantlari nihoyatda turlicha bo’lib, aniq bir qarorga to’xtalish qiyin bo’ladi. Muqobil yani samarali yo’lni tanlash uchun ularga qilingan xarajatlar taqoslanadi va topiladi. Bundan shuni tushunishimiz mumkunki turli xil variyantlardan tanlash bishqa variyantlardan kechigishi yoki variyantlardan vos kechishini talab qiladi. Insoning butun hayoti tanlov asosida qanday qaror qabul qilishiga bog’lq bo’ladi.
Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi hamda rivojlanishi.
Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarishda qo’llaniluvchi barcha rеsurslar ishlab chiqarish omillari dеyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta omilga bo’linadi: ishchi kuchi, mеhnat qurollari va mеhnat prеdmеtlari bo’lishi shart. Bundan shuni tushunish mumkunki, ishlab chiqarish omillari, iqtisodiy rеsurslardan farqli o’laroq, o’z ichiga faqat ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida bеvosita ishtirok etuvchi unsurlarni oladi. Misol uchun, iqtisodiy rеsursning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan pul rеsurslari ishlab chiqarish jarayonida bеvosita qo’llanilmaganligi sababli, ishlab chiqarish omili bo’la olmaydi. Ishlab chiqarish omillarining mohiyatini yanada kеngroq tushunish uchun ularning har birini alohida ko’rib chiqamiz.
Ishchi kuchi dеb insonning mеhnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mеhnat qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar uchun xosdir. Lеkin ishchi kuchi insonning o’zi emas yoki uning mеhnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Mehnat qiroli deb, Inson uning yordamida tabiatga, mehnat predminti tomonidan ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi. Bularga mashinalar, uskunalr, tiraktorlar va mehnat ishlaridagi vositalarga aytiladi uning juda ham ko’p turlari mavjud.
Mеhnat qurollari va mеhnat prеdmеtlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari dеb yuritiladi. Bu esa mеhnat jarayonining tabiatidan kеlib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyoti va kamol topishining hamma bosqichlari uchun xosdir. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy bo’lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif bеriladi. Jumladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mеhnat qurollari va mеhnat prеdmеtlaridan iborat ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili dеb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko’pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to’rt omili: mеhnat, kapital, yer, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi. Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnatni farqlab bilish juda zarur hisoblanadi. Chunki, mеhnat insonning, to’g’rirog’i ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo’lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamomila farqlanadi. Ko’pgina adabiyotlarda esa ularga sinonim (bir xil tushuncha) sifatida qaralib, bunday holat ko’plab chalkashliklarni kеltirib chiqaradi.12
Bizga ma’lumki, ishchi kuchi insonning mеhnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishda qatnashishiga tayyor turgan omillardan biri hisoblanadi. Mеhnat esa barcha omillarning, shu jumladan, ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi natijasida sodir bo’ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir. Shuning uchun biz mеhnat dеgan tushunchani emas, balki ishchi kuchi dеgan tushunchani ishlab chiqarishning omili dеb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, kapital, yer va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat dеb ta’kidlaymiz. Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ko’pchilik kapital tushunchasini tarixiy tushuncha dеb qarab, uning kapitalizmga xosligini isbotlaydi va kapitalni o’z egasiga qo’shimcha qiymat kеltiruvchi qiymat, o’z-o’zidan ko’payuvchi, o’suvchi qiymat dеb hisoblaydi. Ayrim g’arb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fishеrlar kapitalga daromad kеltiruvchi, foyda kеltiruvchi, foiz kеltiruvchi qiymat dеb qaraydilar. Qator g’arb iqtisodchilarining, jumladan D.Xayman, P.Xеynе, E.Dolon, J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning fikrini kеltirib va ularni umumlashtirib, prof. V.D.Kamayev o’zining rahbarligida yozilgan darsligida “haqiqatdan ham - kapital o’zidan o’zi ko’payuvchi qiymat” dеb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin, V.Ya.Ioxin, A.G.Gryaznova, Ye.F.Borisov va boshqalarning rahbarligida nashr etilgan qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi. Lеkin Amеrika va yevropa mamlakatlaridan kirib kеlgan «Ekonomiks» darsliklari va boshqa ayrim adabiyotlarda kapitalni barcha ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida qo’llaniladigan moddiy vositalardan, ya’ni hamma turdagi mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va boshqa shu kabilardan iborat dеb ko’rsatadi, unga pul va tovarni kiritmaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, ayrim iqtisodchilar kapitalistik iqtisodiy tuzumning sotsial mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish omillarining qiymatiga e’tiborni kuchaytirgan.
G’arb iqtisodchilarining ayrimlari ham kapitalni bir tomonlama, ya’ni uning qiymat tarafini e’tiborga olgan bo’lsa, boshqalari esa iqtisodiy tushunchalarning tarixiyligini e’tibordan chеtda qoldirib, uning moddiy ob’еktini, narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini ko’rsatadilar. Shuning uchun ular kapitalni doimiy, o’zgarmas tushuncha dеb, ishlab chiqarish vositalarini kapital dеb ataydi. Hamma adabiyotlarda yerda bir xil tushuncha yozilgan ularda yer deganda tuproqning unumdorligi, yaylov, suv, havo , o’rmon, tabiiy boyliklar va umumiy boyliklar tushuniladi. Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro ta‘sir usuli texnologiyada o‘z ifodasini topadi. Kishilar buyumlarning ilgari ma‘lum bo‘lmagan xususiyatlarini anglab, tovar va xizmatlarning yangi turlarini tayyorlash sirlarini bilib oladilar, ilg‘or texnologiyani qo‘llaydilar, yangi materiallardan, energiya turlaridan foydalanadilar. Ishlab chiqarish omillari va texnologiyaning o‘zgarishi ishlab chiqarishni tashkil etishning mazmuni va shaklining o‘zgarishiga, uning takomillashuviga sabab bo‘ladi.
XULOSA


Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi globallashuv sharoitida xalqaro tashkilotlarning, xususan, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning o’rni tobora ortib bormoqda. Ular davlat, turli korxona tashkilotlarga qarzberib ularni moliyalashtiradi. Hozirgi kund dunyoda 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar mavjud bo’lib, ular turli yo’nalishlarda faoliyat olib boradi.
O’zbekiston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom Taraqqiyot Bankiga 2003 yildan boshlab a’zolikka kirgan. Mamlakatimizning bank ustav kapitaliga qo’shgan xissasi 2,5 mln islom dinari, ya’ni 3,475 mln dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik 250 bank aksiyasi bilan barobar edi. Bugungi kunga qadar mamlakatimiz va ITB o’rtasida bir qancha loyihalar amalga oshirilgan. Bank mamlakatimizda 2013-2014 yillarga bag’ishlangan dasturda qishloq joylarida uy-joy qurish masalasi o’rtaga qo’yilib, ITB tomonidan 100 mln Aqsh dollari shu sohaga ajratilgan.
Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, sha’riatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir o’tkazishdan iborat bo’lib, uning vazifalari quyidagilardir:
aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish;
ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish;
a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa
shakllarda moliyaviy yordam berish;
aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish; (nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular jumlasidan)
moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo’naltirish va depozitlarini qabul qilish;
a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish;
musulmon davlatlarning rivojlanishi bo’yicha tashkilot a’zolarini o’qitishda xizmatlar ko’rsatish.
Islom Taraqqiyot bankining yana muhim amalga oshiradigan vazifalaridan biri bu foizsiz kreditlar ajratishdir. Bunga sabab shuki, bank faoliyati sha’riyat qonunlari bilan tartibga solinadi. Islom dinida esa sudxo’rlik katta gunoh hisoblanadi.
Islom Taraqqiyot Banki a’zo davlatlarga nafaqat moliyaviy tomondan, balki texnik jihatdan ham yordam beradi. Masalan, bank Mavritaniya, Maldiva, Tojikiston, Turkiya va Jibuti larga bunday yordamlarni ko’rsatadi.
Bank kelgusidagi faoliyati doirasida o’z qarashlarini ishlab chiqqan bo’lib,
u “IDB Vision 1440H” deb nomlanadi. Bunda hijriy 1440 yil, ya’ni 2019 yilga
kelib bank jahondagi musulmon xalqlarining turmush tarzini yaxshilanishi, rivojlanishiga butunlay ko’mak beruvchi, islom qonuniyatlari asosida boshqariluvchi dunyodagi eng rivojlangan taraqqiyot banki bo’ladi deb bashorat qiladi.
Bozor munosabatlariga o’tishning bugungi bosqichi iqtisodiyotimizning ochiqligi chet el investitsiyalarini jalb qilishning ortib borishi xususiylashtirish hamda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarining kuchayib borishi bilan belgilanadi. Shu qatori moliyaviy tizimning rivojlanishi uchun ham shartsharoitlar yaratilmoqda, chunki rivojlangan moliyaviy tizimsiz iqtisodiy tizim muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmaydi. Shuning asnosida quyidagi xulosalarni berishni lozim deb topdik.
Birinchidan, banklarning fond bozoridagi faoliyatini faollashtirish uchun ularning kapitalini qayta tarkiblash, ustav fondlaridagi davlat ulushini xususiy investorlarga sotish, banklarning investorlar sifatidagi faoliyatini yanada erkinlashtirish lozim.
Ikkinchidan, bank obligatsiyalar emissiyasi orqali aksiyadorlik sarmoyasi bilan birgalikda bankning qarz sarmoyasini shakllantiradi. Sarmoyaning oshishi xususiy mablag’lar o’sishiga, bank yalpi sarmoyasida ularning solishtirma ulushi ortishiga olib keladi, bu o’z navbatida, uning barqarorligi, ishonchliligi mustahkamlanishiga hamda moliyaviy ko’rsatgichlarning yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Uchinchidan, tijorat banklari obligatsiyalar chiqarish orqali yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini to’plashi, ularni iqtisodiyotning ustivor sohalariga investitsiyalab, fond bozorining rivojlanishiga zamin yaratadi-buning natijasida quyidagi iqtisodiy samara olinadi:

  • soliqqa tortiladigan bazaning kamayishini belgilaydi. Obligatsiyalar bo’yicha to’lanadigan foizlar “muomala xarajatlari”ga kiritiladi va bankning soliqqa tortiladigan bazasini kamaytiradi;

  • obligatsiya chiqarishda aksiya emisiyasiga nisbatan muayyan afzalliklarga ega. Aksiyada ulush munosabatlarini ifodalasa, obligatsiyada esa qarz munosabatlarini ifodalashi hamda obligatsiyalarni sotishda emitent bankdan maxsus jamg’arma hisobraqami ochish talab etilmaydi, bu o’z navbatida, sotishdan tushgan mablag’lardan bank faliyatida foydalanish imkoniyatini yaratadi;

  • tijorat banklari davlat obligatsiyalarni joylashtirishda bevosita professional dilerlik faoliyatida ham etakchi tashkilot bo’lib, banklar obligatsiyalar chiqarish orqali majburiy zahiralashdan holi hisoblanadi, ularni chiqarish vaqtida jalb etilgan mablag’ bo’yicha majburiy zahira yaratish talab etilmaydi, bu jarayon bankda mavjud moliyaviy resurslarining ko’payishiga omil bo’lib xizmat qiladi

Yakuniy xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimizda moliya bozori iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini doimiy aktiv moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlashga hamda jamiyat rivojiga munosib hissa qo’shmoqda. Shu bois, biz tomondan berilgan ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalar amaliyotga joriy etilsa, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada samarali tashkil etishga ijobiy turtki bo’lar edi. Bu o’z navbatida, respublikada moliya bozorining rivojlanishiga, shuningdek mamlakat tijorat banklarining moliya bozori orqali xalqaro sarmoya bozorlariga uyg’unlashuviga xizmat qiladi.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling