Mundarija: Kirish §. Ichki energiya va entalpiya


Download 204 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi204 Kb.
#1609103
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi ichki emmergiya



Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………….…..3
1.3-§.Ichki energiya va entalpiya ….……….…………………………………...7
1.2-§. Temperatura, issiqlik va ichki energiya orasidagi farq.……………….19
1.3-§.Ichki energiya va to’la energiya………………………….…………….....23
Xulosa…………………………………………..………………….....…………..29
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………..……………..…………......31
Elektron manbalar………………………………………..………..…………….32
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq ta'lim tizimiga alohida e'tibor qaratildi. Buning yorqin dalili sifatida O‘zbekiston Respublikasining ta'lim to‘g‘risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini qabul qilinishi, ta'lim muassasalari moddiy texnik bazasini tubdan yangilash va rekonstruksiya qilish, milliy dasturlarini amalga oshirilishi, ta'lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalari joriy etish sohasidagi qabul qilingan qonun va qarorlarni keltirishimiz mumkin.
Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo‘llanilayotgani, o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan bilimlar ko‘lamining tobora oshib borayotganligi, ta'limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo‘yicha milliy va maxalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash
imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta'limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi. Shularni e'tiborga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining ,,Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunida ta'limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta'limni umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsa, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jahonning ilg‘or yutuqlarini e'tiborga olib, oliy o‘quv yurtlarida har tomonlama shakllangan va yetuk mutaxassislarni tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi yangi islohatlarni amalga oshirishda uzluksiz ta'lim tizimini shakllantirishga katta ahamiyat bermoqda.
2020-yil mamlakatimizda ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb eʼlon qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi. Yurtimizda avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda,fizika, matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab olindi. Bu ishlarning davomi sifatida 2021-yil ham ko’p vazifalar belgilab berildi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev Oʻzbekistonning fizika fani boʻyicha salohiyati dunyo miqyosida tan olinganini alohida taʼkidladi. Koʻplab xorijiy ilm-fan markazlari, xususan, Bonn, Kembrij, Parij, Seul kabi yirik shaharlardagi yetakchi ilm dargohlari bilan birgalikda qoʻshma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi matematika taʼlimi va fanlarini yanada rivojlantirishga oid qarorining ijrosi doirasida poytaxtimizdagi Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining Matematika instituti uchun zamonaviy talablar asosida yangi bino barpo etilmoqda. Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 31-yanvar yosh tadqiqotchilar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuvda matematikada ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan bogʻlash, raqamli iqtisodiyot uchun mustahkam poydevor yaratish borasidagi dolzarb vazifalarga toʻxtalib oʻtdi. Yoshlarda fizika faniga qiziqishni kuchaytirish, iqtidorli bolalarni seleksiya qilib, ixtisoslashtirilgan maktablar va keyinchalik oliy taʼlim muassasalariga qamrab olish ishlarini toʻgʻri tashkil qilish kerakligi taʼkidlandi va vazifalar belgilab berildi.
Insoniyat paydo bo‘libdiki, odamlar mehnat faoliyatini yengillashtirish uchun turli buyumlar va qurilmalardan foydalanib keladi. Bu evolyutsiyaning boshlanishi ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi. Dastlab tosh qurollar, loydan yasalgan buyumlar, keyinchalik tosh bolta va misdan yasalgan qurollar paydo bo‘ldi. Temirdan foydalanish miloddan avvalgi 4-3-ming yilliklarda boshlangan. Temirdan yasalgan qurollarning imkoniyati katta edi. Shuning uchun, dehqonchilik rivojlana boshladi hamda yog‘ochga ishlov berila boshlandi. Shu tariqa, hunarmandchilik rivojlanib bordi.
Mamlakatimizda ham fizika sohasiga oid tadqiqotlar olib borilgan va hozirda ham aynan issiqlik va molekular fizika, qattiq jismlar fizikasi, optika, akustikaning zamonaviy fundamental yo‘nalishlari kabi ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Dastlabki fizika sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari 1920-1930 yillarda oliy o‘quv yurtlaridagi laboratoriyalarda olib borilgan. Keyin esa ilmiy tadqiqot muassasalari ko‘paya boshladi. 1932-yilda O‘zbekiston Fan Qo‘mitasi, 1943-yilda esa O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Fizika-texnika instituti tashkil etildi. Shundan so‘ng, Yadro fizikasi instituti (1956-yil) (2-rasm), Astronomiya instituti (1966-yil), Elektronika instituti (1967-yil), “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi (1976-yil), “Koinot” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi (1992), Materialshunoslik instituti (1993-yil) ning tashkil etilishi ilmiy tadqiqotlar soni va salmog‘ini oshirdi. Bular qatorida hozirgi kunda O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat Texnika universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalarida fizikaning turli muammolariga oid dunyo ahamiyatiga molik tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling