Mundarija: kirish 1 I. Web texnologiyalarining imkoniyatlari 3
Download 1.99 Mb.
|
Olimova Odina
Xulosa Statistik ma’lumotlarga ko’ra mehnat resurslarini moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasidan axborot sohasiga qayta taqsimlanish jarayoni shunga olib keldiki, rivojlangan mamlakatlarning axborot sohasida ish bilan band aholining 50 foizidan ko’prog’i mehnat qilmoqda. Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo’lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har-xil to’siqlarga duch keladi va shu to’siqlarni engib o’tish mobaynida yana yangi kashfiyotlar vujudga keladi. Lekin, xayot tajribalaridan ma’lumki, ko’pincha yangi kashfiyot ma’lum bir muammoni xal qilish jarayonida yuzaga keladi. Biz so’zsiz komputerning yaratilishining XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri desak yanglishmaymiz. Davr talabiga ko’ra bugungi kunga kelib axborot kommunikatsion texnologiyalari juda rivojlanib ketdi. Bu ta’lim jarayonida ham o’z aksini ko’rsatmoqda. AKT orqali ta’lim jarayonini tashkil etishi juda yaxshi samara beradi. Ayniqsa, o‘quvchilarni maqsadni anglashga, shu maqsadni ta’lim jarayonida nechog‘li amalga oshganini tahlil qilishga o‘rgatish, o’quvchilarni o‘z-o‘zini anglashga, o‘zining faoliyati o’rganishda va innavatsion bilimlarni egallab borishida muhim o‘rin tutadi. Yuqorida keltirib o’tilganidek web sahifamdan kasb hunar kollejlarining Informatika va axborot texnologiyalari ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’qiyotgan talabalar, maxsus kurslarda o’qiyotgan mustaqil o’rganuvchilar, hamda kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilari va oliy ta’lim muassasalarining talabalari ham foydalanishlari mumkin. Bitiruv malakaviy ishim natijasida quyidagi tavsiyalarni bayon qilamiz: Pedagoglarimiz dars jarayoni tashkil etishda zamonaviy web texnologiyalardan samarali foydalanishga o‘rgatish. Yosh avlodning har tomonlama yetuk, bilimli, erkin fikrlovchi, yuksak ma’naviyatli, barkamol, vatanparvar shaxslar bulib yetishishini ta’minlash yo’lida amalga oshirilayotgan pedagog xodimlarning yuqori ilmiy, metodik bilimlarga hamda amaliy ishlash boýicha yuksak mahoratga ega bo‘lishlarini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish lozim. Har bir o‘qituvchi o‘z fanini o‘qitishning eng samarali zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o‘rganib borish orqali o‘z kasbiy maxoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi web dasturlash fanida darsni tashkil qilishda an’anaviy talim jarayonidan cheklanishlar qilib web saytlardan foydalanib darslarni tashkil etish. Kelgusida bu ishlarimni davom ettirib, zamonaviy yangi web texnologiyalar asosida o‘quvchilarga bilim berish uchun albbatta turli xil fanlardan web sahifalar, elektron darsliklar yaratib, o’quvchilarning bilimini yanada mustahkam bo‘lishida o‘zimni olgan bilimlarim bilan javob berishga harakat qilaman. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling