Mundarija Kirish 1 O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tarixi
-modda. Davlat soliq xizmati organlarining huquqlari
Download 433.32 Kb.
|
davlat soligi
5-modda. Davlat soliq xizmati organlarining huquqlari
Oldingi tahrirga qarang. Davlat soliq xizmati organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: Oldingi tahrirga qarang. 1) soliq to‘lovchilarda moliyaviy hujjatlar, shartnomalar (kontraktlar), rejalar, smetalar, daromadlar haqidagi deklaratsiyalar hamda soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash, fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarning, shu jumladan elektron hujjatlarning, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq hujjatlarning tekshiruvlarini o‘tkazish; (5-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda) 2) soliq tekshiruvi o‘tkazayotganda: daromadlar olish uchun soliq to‘lovchilar tomonidan foydalanilayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlab turish bilan bog‘liq hududni, ishlab chiqarish binolari, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish; mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish; kassalarni hamda tovar-moddiy boyliklar va hujjatlar (shu jumladan elektron tarzidagi) saqlanadigan joylarni muhrlab qo‘yish; soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash bilan bog‘liq hujjatlarni talab qilib olish; hujjatlarni (ko‘chirma nusxalarni, shuningdek asl nusxalarni), shu jumladan elektron hujjatlarni, shuningdek predmetlarni (tovarlar, buyumlar, xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning namunalarini) olib qo‘yish, bundan soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga sabab bo‘ladigan hujjatlar hamda predmetlar mustasno. Soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga sabab bo‘ladigan hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi; soliq to‘lovchidan, shuningdek soliq to‘lovchining rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxslardan, boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olish; tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash; Oldingi tahrirga qarang. soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish; O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish; (5-modda birinchi qismi 2-bandining to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3) savdo, tovarlarni berish va pullik xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga, shuningdek naqd pul tushumining bankka o‘z vaqtida topshirilishiga rioya etilishini tekshirish; 4) soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarida saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish; 5) soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan soliqlar summasini soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi, shuningdek unga o‘xshash boshqa soliq to‘lovchilar haqidagi o‘zlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilish orqali mustaqil ravishda aniqlash; 6) soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati mobaynida soliqlarni hisoblash yoki ularning hisoblangan summasini qayta ko‘rib chiqish; 7) soliqlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshirayotgan davlat organlari va tashkilotlarini soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq undirib olinishi hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘z vaqtida o‘tkazilishi yuzasidan nazorat qilish; Oldingi tahrirga qarang. 8) soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilingan yoki soliq to‘lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilgan hollarda, banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish yuzasidan sud tartibida choralar ko‘rish (bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish aniqlangan hollar mustasno); (5-modda birinchi qismining 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) Download 433.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling