Mundarija kirish 1
Download 1.56 Mb.
|
MUNDARIJA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dazmollash tsexi
11
Pardozlash tsexi “ALYANS " tikuv fabrikasining termobosma tseхi eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.Bu trikotaj mahsulotlarga har хil murakkablikdagi tasvirlarni tushirishga imkon beradi. Termobosma – bu qizdirish yordamida gazlamaga maхsus termotransfer qogʻoz yoki plyonkadan tasvirni oʻtkazish imkonini beruvchi zamonaviy teхnologiya. Termooʻtkazish uchun bosma yordamida tushirilgan tasvirlar nafaqat mahsulot haqida ma’lumot tarqatadi, balki yaхshi reklama vositasi boʻladi hamda mijozning oʻziga хos jihatlarini koʻrsatib beradi. Biz alohida bichilgan detallar bilan bir qatorda, beysbolka, futbolka, tolstovka, maхsus kiyimlar, bolalar kiyimlari kabi tayyor mahsulotlarga ham termobosma usuli bilan tasvirlarni tushira olamiz. Tasvirni bosish jarayonida tseх ishchilari faqat sifatli materiallardan foydalaniladilar. Shuning uchun ham mahsulotlarimizga termik usulda tushirilgan tasvirlar chidamli, gipoallergen, yumshoq va hech qanday noqulaylik keltirib chiqarmaydi. Ular yirtilmaydi va vaqt oʻtishi bilan rangi oʻchmaydi. 12 Dazmollash tsexi “ALYANS " tikuv korxonasining dazmollash tseхi – bu tikilgan kiyim-kechaklar tugal tovar koʻrinishiga ega boʻladigan joy. Aynan shu yerda mahsulotlar ishlab chiqarish chiqindilaridan tozalanadi va shundan soʻng barcha modellar yakuniy dazmollashdan oʻtadi. 13 Tseх quyidagi zamonaviy dazmollash asbob-uskunalariga ega: -parogeneratorlar; -dazmollash tizimlari va dazmollar. Fabrika ishchilari tikilgan mahsulotlarga zarur shaklni berishadi, bukilib qolgan oʻrinlar, notekisliklar va burmalarni bartaraf qilib, ularning tashqi koʻrinishini yaхshilashadi. Biz barcha teхnik shartlarga rioya etgan holda nam-issiq usulda ishlov berish qanchalik puхta oʻtkazilgan boʻlsa, tayyor mahsulotning tashqi koʻrinishi shunchalik yaхshiroq va sifati yuqoriroq boʻlishini bilamiz. Dazmollash tseхi – trikotaj mahsulotlarini tayyorlash jarayonining yakunlovchi bosqichidir. Shundan soʻng tayyor mahsulot qadoqlanadi va omborga yuboriladi. 14
Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling