Mundarija kirish 2 I bob. Milliy huddudiy chegaralanishning maqsadi va mohiyati va O'zbekiston ssr ning tashkil topishi 5


II BOB. O’zbekiston SSSR dagi ma’muriy-buyruqbozlik tizimining qaror topishi


Download 230.5 Kb.
bet5/9
Sana09.06.2023
Hajmi230.5 Kb.
#1467741
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekiston SSRning tashkil topishi

II BOB. O’zbekiston SSSR dagi ma’muriy-buyruqbozlik tizimining qaror topishi
2.1 1920-yilning ikkinchi yarmi va 30-yillarning ikkinchi yarmida huquqda yuz bergan o'zgarishlar.
O'rta Osiyoda milliy davlatlarning tashkil etilishi huquq sohasida qator o'zgarishlar bo'lishiga olib keldi. Bu asosan yangi tashkil topgan respublikalarning o'z huquq manbalarini yaratilishi orqali amalga oshirildi. O'zbekiston SSRning 1927-yilgi Konstitutsiyasi asosida huquqning turli sohalari bo'yicha qator normativ huquqiy aktlar qabul qilingan. Bular O'zbekiston SSRning Grajdanlik kodeksi (1927 y.), Grajdanlik jrotsessual kodeksi (1927 y.), Nikoh, oila, vasiylik va grajdanlik holatlarini qayd qilish haqidagi kodeksi (1929 y), Yer-suv kodeksi (1929 y.), Jinoyat protsessual kodeksi (1929 y.) va boshqalardir5.
Oila huquqiga oid ayrim muaramolarni qal qilish maqsadida adliya xalq komissarligi 1926-yil 25-fevralda «Xotin-qizlarni huquqiy uyini joyalashtirish to'g'risida»gi yo'riqnomasini qabul qildi. Bunga asosan nikoh ishlarini qozi sudlarida ko'rish ishlari tugatildi. Bu davrda nikohni qayd etish masalalari, mahalliy sharoitni hisobga olgan holda, ayrim qo'shimcha va o'zgartirishlar bilan to'ldirilgan RSFSRning 1918-yilgi oila va nikoh kodeksi asosida hal etilardi. Oila, nikoh, vasiylik va grajdanlik holati aktlarini qayd qilish haqidagi 1927-yilda ishlab chiqilgan yangi kodeks O'zbekistondagi birinchi oila-nikoh kodeksi edi. Unga ko'ra, nikohga kirishning asosiy shartlari o'zaro rozilik va nikoh yoshiga yetganlik talab qilindi (xotin-qizlar uchun 18 yosh), yaqin qarindoshlar o'rtasida nikohga kirish, ko'p xotinlik qoralandi, shuningdek nikohga kiruvchilarning diniy, milliy va ijtimoiy kelib chiqishi bilan bog'liq chegaralanishlar taqiqlandi. Nikoh bekor qilingach mehnatga qobiliyatsiz tomonning uch yil davomida nafaqa olib turishi belgilandi.
Bu davrda qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, O'zbekiston Sovetlarining I-syezdi tomonidan qabul qilingan «O'zbekiston SSRning tashkil topganligi to'g'risida»gi Deklaratsiya, «Xo'jalik qurilishi haqida»gi, «Hokimiyatni yangi saylangan O'zbekiston SSR Sovetlari MIKga berish to'g'risida»gi qarorlari, shuningdek, O'zSSR Sovetlari MIK va uning Prezidiumi tomonidan qabul qilingan «Quyi davlat idoralarini mustahkamlash to'g'risida»gi Nizomini tasdiqlash haqida»gi, O'zbekiston SSRning 1925-J 926-yiIgi davlat budjeti rejasi va boshqa aktlarning qabul qilinishini O'zbekistonda yangi huquqiy tizimning paydo bo'lishi va rivojlanishiga olib keldi.
TASSRning 1922-yil 23-noyabrdagi qozi sudlari haqida qabul qilingan Nizomining 14-moddasiga binoan qozi va biy sudlarida, shariat qonunlari va odat qoidalariga asoslanib ish ko'rish jarayonlari yangi huquqning asosiy qoidalariga zid kelmasligi shart qilib qo'yildi. Sovet davlati qishloq jpylarida 1925-yilda yer-suv islohotini, shaharlarda esa, uylarni Miilliylashtirish va ularning egalaridan shahar Sovetlariga olib berish amalga oshirildi.
1922-yildagi Mehnat qonunlari kodeksi qo'llanilib, mehnat huquqining me'yorlari mehnat shartnomasi va jamoa shartnomalari tuzish, dam olish, ish haqi, ish vaqti me'yorlarini tartibga solishga qaratilgan, Bu kasaba uyushmalari jamoa shartnomasining faol ishtirokchisi tanildi. Jamoa shartnomasi ishxona ma'muriyati bilan kasaba uyushma tashkiloti o'rtasida bir yil muddatga tuzilib, u ikki xil ko'rinishda bo'ldi: bosh va lokal shartnomalar. Bu shartnomalar muhim huquqiy shakllardan bo'lib, fuqarolarning mehnat jamoalarida ishchi va xizmatchi sifatida faoliyat ko'rsatishlarida katta rol o'ynadi.
O'zbekiston SSR JK 1926-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiritildi. Unga RSFSRning 1924-yildagi «Jinoyat huquqining boshlang'ich qoidalari» asos bo'lib xizmat qilgan. Ushbu kodeks umumiy va maxsus qismlardan iborat bo'lib, mavjud 292-moddadan 56 tasi umumiy qismga 236 tasi esa maxsus qismga bag'ishlangan. Umumiy qism 4 ta bo'limdan iborat edi. O'zbekiston SSR JK RSFSR Jinoyat Kodeksidan farqli ravishda boshqarish tartibiga qarshi qaratilgan jinoyatlarni ham juda xavfli jinoyatlar deb hisoblagan. Jinoyat Kodeksida yangi ijtimoiy davlat tuzilishini va uning huquqiy tartiblarini, shuningdek grajdanlarning huquq va manfaatlarini qo'riqlash maqsadida jazoning og'ir turlari ko'rsatildi. JPK 1926-yilda qabul qilinib, u 1924-yildagi Ittifoq va ittifoqdosh respublikalar jinoyat sud yuritish asoslariga muvofiq holda ishlab chiqilgan edi. U o'zgartirish va qo'shimchalar bilan 1929-yilgacha amalda bo'ldi. Kodeks 6 bo'lim 455 moddadan iborat edi. JPKdan jinoyat sud ishlarini yuritish asoslari, dalillar haqidagi normalar, sudning ushlab turish tartiblari va muddatlari, jinoyat ishini qo'zg'atish tartiblari va dastlabki tergov asoslari kabi qaror normalar joy olgan. Shuningdek, kodeksda jinoyat ishlarini xalq sudida ko'rishning tartibi, oblast sudlari va harbiy tribunallarda hamda O'zbekiston SSR Oliy sudida sud ishlarini yuritish asoslari, tartiblari ham o'z ifodasini topgan. Kodeksning so'nggi bo'limida hukmning ijro tartibi, muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilish tartibi, shuningdek, shartli hukmlarni va muddatidan ilgari shartli ozod qilishlarni bekor qilish tartiblari ko'rsatilgan.
O'zbekiston SSR MIK Prezidiumining 1927-yil 22-oktabr qaroriga asosan GPK respublikaning barcha hududlarida 1928-yil yanvar oyidan boshlab kuchga kiritildi. Kodeks besh qismdan tashkil topgan bo'lib, unda grajdanlik jarayonining asosiy mazmuni, sud daromadlari va xarajatlari, jarimalari, sud jarayoni ishtirokchilarini chaqirishning tartibi va protsessual muddatlar ko'rsatilgan. GPKning ikkinchi qismida da'vo ishlari bilan bog'liq me'yorlar, uchinchi qismda esa alohida muhim ishlami hal qilish tartiblari, to'rtinchi qismida sud qarori ustidan shikoyat qilish tartiblari va beshinchi qismida sud qarorlari va ajrimlarining ijrosini ifodalovchi normalar o'z ifodasini topgan-1930-yillar «qatag'on» qilish siyosati bilan tarixda qoldi. Jinoyat protsessual qonunchiligida «ixchamlashtirish» yuz berdi. O'zbekiston Adliya xalq komissarligi yangi Jinoyat protsessual kodeksini ishlab chiqdi va u 1929-yil avgust oyidan kuchga kiritildi. 1926-yildag Kodeksdan farqli o'laroq bu Kodeks 175 (455) moddadan iborat edi. Runda surishtiruv va dastlabki tergov institutlari birlashtirildi. Sud organlari qoshidagi tergov organlari prokuratura organlariga olib berildi. Hatto tergovchi prokurorning ayrim nazorat funksiyalari bilan ham di Kodeksda jinoyat ishini kuzatish yoki rad etish asoslari alohida ko'rsatib o'tilmagan edi. Bu esa qonunchilikning buzilishiga 0[ib keldi. SSSR MIKning 1934-yil iyuldagi «Umumittifoq Ichki Ishlar xalq Komissariyatini tashkil qilish to'g'risida»gi qarori bilan Davlat girlashgan Siyosiy Boshqarmasi (OGPU) huzuridagi sud kollegiyasi tugatilib, davlat jinoyatlari va boshqaruv tartibiga qaratilgan jinoyatlarni tergov qilish SSSR Ichki Ishlar Xalq Komissarligi Davlat xavfsizligi idoralariga berildi. Shu bilan birga SSSR va ittifoqdosh respublikalar Oliy sudlari qoshida ushbu turdagi ishlarni ko'rib chiqish uchun maxsus kollegiyalar tuzildi. Vatanga xiyonat qilish, josuslik, terrorizm, qo'poruvchilik kabi jinoyat ishlari Oliy sudning Harbiy kollegiyasi va liarbiy tribunallar sudlovligiga taalluqli bo'ldi. Bundan tashqari Ichki Ishlar Xalq Komissarligi huzurida jinoyat ishlarini ko'rib chiqish huquqi bo'lgan Maxsus Kengash tuzildi.
SSSR MIK 1934-yil dekabrdagi «Ittifoqchi respublikalarning harakatdagi jinoyat protsessual kodekslariga o'zgartirishlar kiritish haqida»gi qaroriga asosan,O'zbekiston SSR MIK ham 1934-yilning 14-dekabrida «Jinoyat protsessual Kodeksining 11-, 93-, 106-, 151-, 167-moddalariga o'zgartirish kiritish va 99-, 166-moddalar bilan to'ldirish haqida»gi qarori qabul qilindi.
O'zbekiston SSR tashkil qilinganidan so'ng respublika davlat boshqaruvi organlari ittifoq organlari tartibida va ular andozasida tuzildi. Bu ittifoqdosh respublikalarni Markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga, takomillashgan mustahkam shakli edi. Shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari va ularning apparati vujudga keltirildi, yangi ma'muriy-hududiy bo'linish amalga oshirildi. Oldiniga respublikaning viloyat bo'linishidan okrug bo'linishiga o'tildi, keyin yana viloyat bo'linishiga qaytildi, tumanlar va qishloq kengashlarining keng tarmog'i tuzildi. Ma'muriy-hududiy islohotlar sovetlarni mustahkamlash va ularni aholiga yaqinlashtirish bahonasida o'tkazilardi. Aslida esa ular kommunistik rejim tomonidan partiya-davlat apparatining cheksiz hukmronligini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilar edi. 1927-yil mart oyida O'zbekiston Sovetlarining II qurultoyi respublika Konstitutsiyasini qabul qildi, bu Konstitutsiya qat'iyan sinfiy tusda bo'lib, bolshevikcha ekstremizm mafkurasi bilan sug'orilgan edi. Konstitutsiyaga muvofiq «mehnatkash bo'lmagan» qatlamlardan chiqqan ko'pgina ijtimoiy febaqalar, dindorlar va boshqalar saylov huquqlaridan mahrum etilgandi. Su bilan aholining anchagina qismi kommunistik rejim tomonidan davlat Sjurilishida va ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishdan chetlashtirilgan edi.
Konstitutsiyaga «Mehnatkash va ekspluatatsiya qilinuvchi xalqlar huquqlari» Deklaratsiyasi, «O'zbekiston SSRni tashkil qilinishi to'g'risida» Deklaratsiya, SSSR Sovetlari III-syezdining «O'zbekiston SSRni Ittifoqi tarkibiga qo'shish» to'g'risidagi qarori, SSSRning 1924-yilgi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. Konstitutsiya 8 bo'lim, 17 bob, 114 moddadan iborat.
Konstitutsiya O'zbekiston SSRning tashkil qilinganligini, O'zbekiston hududida proletariat diktaturasi o'rnatilganligini, milliy davlat tuzilganligi xususiy mulk bekor qilinganligini qonunlashtirdi. Shuningdek Konstitutsiyada O'zbekiston SSR ishchi va dehqonlarning sotsialistik davlati ekanligi, unda butun hokimiyat ishchi dehqon va qizil askar deputatlari Sovetiga o'tganligi, asosiy ishlab chiqarish qurollariga nisbatan davlat mulkchiligi belgilanganligi e'lon qilindi. Konstitutsiya bo'yicha O'zbekiston SSR davlat hokimiyatining oliy organi O'zbekiston Sovetlar Qurultoyi, qurultoylar o'rtasidagi davrda Sovetlar Markaziy Ijroiya Qo'mitasi, lining sessiyalari orasida MIK Prezidiumi, oliy boshqaruv organi respublika Xalq Komissarlar Soveti, mahalliy davlat hokimiyati idoralari okrug va tumanlarda Sovetlar qurultoyi, qurultoylar o'rtasidagi. davrda Sovetlarning ijroiya qo'mitalari, shahar va qo'rg'onlarda Sovetlar sessiyalari o'rtasidagi davrda ularning ijroiya qo'mitalari qishloqlarda qishloq Sovetlari etib belgilangan.
Doimiy ishlab turuvchi O'zbekiston MIK hukumat va boshqa vazirliklarning davlat organlari faoliyatini boshqarib turish, ularning ishlarini muvofiqlashtirish, Konstitutsiya va boshqa qonunlarning bajarilishini nazorat qilib borish bilan shug'ullanishi belgilandi. Konstitutsiyada fuqarolarning huquqiy holati, ularning huquq va erkinliklari ham ko'rsatilgan edi va unda «mehnatkashlar» va «fuqaro» tushunchalari izohlab o'tilgan. Shu bilan birga mehnatkashlarning huquq va erkinliklariga alohida e'tibor berilgan. Konstitutsiya mehnatkashlarga o'z fikrini erkin bildira olish, majlis qilish, birlashmalar tuzish huquqini berdi. Lekin fuqarolarning bu huquqlari hech qanday kafolatlanmadi. O'zbekiston tarkibiga Tojikiston ASSRning kirganligini inobatga olib, Konstitutsiyaning tegishli boblari, jumladan, gerbi, o'zbek, tojik va rus tillarida yozib qo'yildi.


Download 230.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling