massasiga nisbati juda katta.
Bu turdagi bug`latkichlar isitish yuzasi 25...1200 m2, qaynash trubalarining uzunligi 4...9 m, diametri 25, 38, 57 mm bo`lishi mumkin. Isituvchi kameradagi ortiqcha bosim 0,3...1,0 MPa, separatordagi vakuum esa - 93 kPa. Stirkulyastion truba ko`ndalang kesimi yuzasining isituvchi kamera yuzasiga nisbati 0,9 dan kam bo`lmasligi kerak.
Majburiy stirkulyastiyali bug`latkichlar afzalliklari: issiqlik o`tkazish koeffistienti juda katta (erkin stirkulyastiyaligi qaraganda 3...4 marta ko`p), shuning uchun isitish yuzasi kam bo`lsa ham bo`ladi; kichik temperaturalar farqida (3...5°C) ham samarali ishlaydi; kristallanishga moyil eritmalar bug`latilganda, issiqlik almashinish yuzalarida iflosliklar yopishib qolmaydi.
Bunday qurimalarning kamchiligi shundaki, nasosni ishlatish tufayli energiya sarfi ko`payadi.
Odatda, bug`latkichlar qimmat legirlangan metallardan yasalganda, hamda qovushoqligi yuqori va kristallanishga moyil eritmalarini bug`latish uchun qo`llash yuqori samara beradi.
|