Mundarija Kirish 2 I


Download 150.27 Kb.
bet25/28
Sana16.01.2023
Hajmi150.27 Kb.
#1096271
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
javohirning kurs ishi

4.2Ishlabchiqarishhavomuhitidazararlimoddalarningyo'lqo‘ysabo'ladiganzichlik miqdorlar

Kasbiy zaharlanish bir smena davomida yuz bersa, uni o‘tkir zaharlanish deyiladi, agar uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig‘ilishi natijasida yuz bersa, surunkali zaharlanish deyiladi. Surunkali zaharlanish kasb kasalliklariga olib keladi. Kasb kasalliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida ishlash natijasida kelib chiqadigan hamma kasalliklar kiradi. Masalan, havo bosimining ortiq yoki kam bo‘lishi natijasida kesson yoki tog‘ kasalligi, sanoatda ajralib chiqadigan chang ta’siridan pnevmokonioz kasalligi, yallig‘lanish va zaharli moddalar ta’siridan dermatit va yara kasalliklari kelib chiqadi.


Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasb kasalliklari toqat qilib bo‘lmaydigan hol hisoblanadi. Agar bunday hol yuz berar ekan, uni sanoat korxonasida yo‘l qo‘yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qarash kerak.
Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va hisobga olish umumiy o‘rnatilgan qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo‘l qo‘yilgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini hisobga olish va tekshirish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash tufayli bunday baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining qaytarilishining oldi olinadi.
Inson hayotida havoning ahamiyati juda katta ekanligi ma’lum. Uning kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari va tarkibida har xil moddalarning bo‘lishi, havodan nafas olib, mehnat qilayotgan kishilar uchun juda muhim. Chunki havoning tozaligi inson salomatligini saqlovchi muhim omil hisoblanadi.
















5311000-TJA
Kurs loyihasi

Varoq
















41

O`z

Varoq

Hujjat

Imzo

Sana

Ma’lumki, inson uchun eng muhimi havo tarkibida kislorodning bo‘lishidir.


Havo holati uning bosimi, zichligi, harorati, absolyut namligi, namlik sig‘imi, nisbiy namligi, issiqlik sig‘imi va boshqalar bilan belgilanadi.
Ajralib chiqadigan havoni tozalash uni zararsizlantirishning muhim bosqichi hisoblanadi, shu yo‘l bilan zavod hududidagi va korxona tashqarisidagi havo muhitining tozaligi ta’minlanadi. Zavod va fabrika atrofidagi sanitariya – himoya zonalarida havoni ifloslanishdan saqlash ham katta ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda havo atmosferasini ifloslantiruvchi asosiy manba ishlab chiqarish ob’ektlaridir. Kimyo sanoati bularning eng asosiylaridan biri hisoblanadi. Atrof muhitni muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng muhim muammolaridan biri bo‘lib, bu ishga butun dunyo mutaxassislari diqqat – e’tiborini jalb qilmoqdalar.
Havoni changdan tozalashda turli vositalardan foydalaniladi. Chang tozalagichlarning turlari ko‘p. Ularni qo‘llaganda asosan chang tozalovchi apparatning ishlatish jihatidan qulayligiga, uning chang tozalash darajasiga va arzon – qimmatligiga qarab tanlanadi.
GOST 949-73 ga asosan sanoat korxonalari uchun kerakli gazlarni suyultirilgan va yuqori bosimdagi holatida saqlash imkoniyatini beradigan ballonlarni kam hajmli 0,4-12 l, o‘rtacha 20-50 l va katta hajmli 80-500 l qilib belgilangan. Ballonlarning kam va o‘rtacha hajmlari, agar ularning ishchi bosimlari 10, 15 va 20 MPa atrofida bo‘lsa, uglerodli po‘latdan, yuqori bosimdagilari esa sifatli nikel, xrom va boshqa metallar qo‘shilgan po‘latdan tayyorlanadi.
Ballonlarga to‘ldirilgan gazlarni bir – biridan farqlash uchun ular ma’lum ranglar bilan bo‘yaladi. Shuningdek kerakli belgilar qo‘yilib, gazning nomi yozib qo‘yilishi mumkin. Bundan tashqari ballon bo‘g‘zining tekis qismiga tayyorlagan zavodning tovar belgisi, tayyorlangan oyi va yili, sinalgan vaqti va sanoatda havfsizlikni ta’minlash nazorati qoidalariga asosan keyingi sinash davri yozib qo‘yiladi.
Ballonlar to‘ldirish joylarida ularning ichki bosimi 0,05 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. Chunki qoldiq gaz ballonda qanday gaz borligini aniqlash imkonini beradi. Agar ballon atsetilen uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, unda qoldiq gaz 0,65 MPa dan kam va 0,10

















Download 150.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling