Eritmalar issiqlik sig`imi temperatura va erigan moddalar konstentrastiyasining funkstiyasidir.
Ko`pchilik eritmalar issiqlik sig`imi additivlik qoidasiga bo`ysinmaydi. Shuning uchun eritmaning ushbu xossasini erigan modda va erituvchilar issiqlik sig`imlari yordamida aniqlab bo`lmaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, eritma konstentrastiyasi qanchalik katta bo`lsa, uning issiqlik sig`imi shunchalik additivlik qoidasiga kam bo`ysinadi. Eritmaning ushbu xossasi maxsus adabiyotlarda keltirilgan.
Eritish issiqligi eritmaning konstentrastiyasi, erituvchi va erigan moddalar xossalariga bog`liq. Qo`shimcha qattiq moddalar erishi davrida kristallik panjara buziladi. Albatta, buning uchun energiya sarflanadi va oqibatda eritmaning sovishi ro`y beradi. Agar, erituvchi va eriydigan moddalar o`zaro kimyoviy reakstiyaga kirishsa, gidratlar hosil bo`lib, jarayon natijasida issiqlik ajrab chiqadi. Shunday qilib, eritish issiqligi erish va kimyoviy o`zaro tasir issiqliklari yig`indisiga teng.
Oson gidrat hosil qiladigan moddalar musbat eritish issiqligiga (suvda), ega; gidrat hosil qilmaydigan moddalar - manfiy eritish issiqligiga ega.
|
|
|
|
|
5311000-TJA
Kurs loyihasi
|
Varoq
|
|
|
|
|
|
8
|
O`z
|
Varoq
|
Hujjat
|
Imzo
|
Sana
|
Do'stlaringiz bilan baham: |