Ertaliklar bolalar uchun juda qiziqarli, tarbiyaviy jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan tarbiya vositalaridan biridir. Ertaliklarda deyarli barcha sinf o‘quvchilari ishtirok etadilar. Ularga tayyogarlik ko‘rishning o‘ziyoq bolalarda qiziqishni uyg‘otadi. Bolalar ertalik munosabati bilan she’r, qo‘shiqlar yodlashi, raqs tushishi va albatta milliy qadriyatlarimiz namunalari bilan tanishishi har tomonlama foydalidir.
Biz kuzatishlar olib borayotgan maktablarning aksariyat qismida ertaliklarni o‘tkazishga kam e’tibor beriladi, ba’zi sinflarda umuman o‘tkazilmaydi. Bu sohadagi talab va istaklarni o‘rganib chiqib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan bir-necha bor ertaliklar uyushtirdik. Bizningcha ertaliklar quyidagi tartibda o‘tkazilsa, yaxshi natija beradi:
-ertalikning mavzusini tanlash va mavzu yuzasidan materiallar to‘plash;
-ertalik o‘tkaziladigan joyni aniqlash va bezash;
ertalikni muvaffaqiyatli o‘tkazish va qatnashchilarni rag‘batlantirish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan «Navro‘z bayrami», «Mehrjon bayrami», «Gullar bayrami», «Alifbo bayrami», “Oltin kuz” va boshqa ertaliklarni uyushtirish mumkin. Misol tariqasida biz “Gullar bazmi” ertaligi syenariysini keltirib o‘tamiz. Shubhasiz bu ertalikda pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu bilan bolalarning tadbirda faol eshtirok etishiga erishamiz va tadbir natijasi oldindan kafolatlangan bo‘ladi.
Ertalikning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quchilarida ona tabiat, atrof-muhitga nisbatan ijobiy munosabat hamda ma’naviy-axloqiy, estetik dunyoqarashni tarkib toptirish, go‘zallikni his etish ko‘nikmasini shakllantirish.
(Sahna ko’rinishi. Maktab bog’i tasviri. Bog’ning hamma joyida chiroyli, turfa xil gullar ochilib turibdi. Atrof yam-yashil ko’rinishga ega. Sahna atrofiga gullarning go’zalligi aks ettirilgan plakatlar ilingan)
Do'stlaringiz bilan baham: |