Mundarija kirish. 3 I bob. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishning ilmiy- nazariy asoslari


Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlarining


Download 145.58 Kb.
bet18/26
Sana04.04.2023
Hajmi145.58 Kb.
#1323416
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlarining


ahamiyati
Bizga ma'lumki, mustaqillikka erishganimizdan so'ng, yurtimizda ma’naviyat masalasiga alohida ahamiyat berila boshlandi. Chunki ma’naviyati yuksak darajada shakllangan xalq buyuk va yengilmasdir. U har doim farovonlik, tinchlik, oliyjanoblik, baxt uchun kurashadi. Ma’naviyati yuksak xalq boshqa millat vakillari qadriyatlarini hurmat qiladi, o‘z qadriyatlarini ko‘z qorachig‘iday avaylaydi. Uzoq tariximizga nazar tashlasak, xalqimiz barcha davrlarda ham ma’naviyat sari intilgan va shak-shubhasiz uning sohibi bo‘lishga erishgan. Amur Temur. Alisher Navoiy, Bobur, Ulug‘bekning bunyodkorlik ishlari, ma’naviy qavrashlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bugungi kunga kelib esa, ma’naviyat masalasi har doimgidan ham qudratli kuchga aylanmoqda. Chunki, insoniyat XXI asr axborotlar asrida yashamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra axborotlarning ko‘lami, tezligi, masofaviy ta’siri har qachongidan ham tez va oson tarqalmoqda. Bizga ma’lumki, axborotlar inson ongiga qanchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, o‘z navbatida shunchalik salbiy ta’sir ham ko‘rsatadi. Mana shunday bir davrda yashayotgan ekanmiz, yosh avlod ma’naviyati pokligi saqlash, yuksaltirishda maktb ma’naviy-ma’rifiy ishlarining ahamiyati nihoyatda kattadir. Bu ishlar Prezidentimiz g'oyalari, O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, milliy istiqlol g'oyalari, jahonga mashhur allomalarimizning ilg'or fikrlari asosida tashkil etiladi. Maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlarini tashkil etish, yuqoridagi g'oyalarni targ'ib qilish, maktab jamoasiga milliy istiqlol g'oyalarini singdirishda maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha
direktor o'rinbosari faoliyatining ahamiyati katta bo'lib, bu ishlar undan siyosiy bilimdonlik, notiqlik, zukkolik kabi sifatlar egasi bo'lishni talab etadi.
Direktor o'rinbosari o'quvchilarga nisbatan mehr va muhabbat, pedagogik jamoasiga va ota-onalarga nisbatan talabchan bo'lgan holda ish tutishda va muntazam o'z ustida ishlab, sabr- bardoshli, o'z fikrlarini puxta bayon qilib, o'zgalarni o'ziga jalb qila oladigan xislatlarni o'ziga mujassamlaydi.
Davlat va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlar mohiyatini, Prezident asarlarini yaxshi bilishi, uni o'quvchi-yoshlar orasida targ'ib eta olishi, xalq pedagogikasi an'analarini, o'zbek xalqi milliy urf-odatlari, qadriyatlari, allomalari o'gitlarini yaxshi bilishlari lozim.

  • Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini yaxshi bilishi va doimo uni o'z faoliyatida hisobga olishi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy asoslari hamda yangicha usul va metodlarini yaxshi bilishi;

  • radio, televidenie va ommaviy axborotning boshqa vositalari orqali berilgan eng so'nggi yangiliklardan boxabar bo'lishi hamda ularning mohiyatini o'quvchilarga etkaza olishi;

  • sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o'tkaza bilishi;

  • tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida o'tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi;

  • maktabda o'quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borayotganlarga metodik tavsiyalar berib borishi;

  • muntazam ravishda o'z malakasini oshirib turishi, o'z sohasi bo'yicha o'tkaziladigan seminarlarda ishtirok etish.

U nizomda belgilangan vazifalar bilan bog'liq ravishda tegishli pedagogik xodimlarga ko'rsatma beradi.
Xizmat vazifasi doirasidan kelib chiqqan holda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va yangi to'garaklarni ochish masalalarini hal qiladi.

  • sinf rahbarining ta'lim-tarbiya ishlari bo'yicha erishgan yutuqlarini hisobga olib, uni taqdirlash uchun direktorga taklif kiritish;

  • sinf rahbarlarining o'z vazifasiga nisbatan mas'uliyatsizligi yoki suiiste'mol qilinganligi uchun direktor bilan kelishilgan holda tanbeh berish;

  • bolani yaxshi tarbiyalagan ota-onalarni, maktabga yordam bergan mahalla faollarini taqdirlash uchun direktorga taklif berish huquqiga ega.

Direktor o'rinbosari bilan quyidagi ishlar kelishilishi kerak:

  • sinf rahbarlari ish rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash;

  • maktabda o'tkaziladigan sport musobaqalari rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash;

  • turli xildagi to'garak ishlari rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash.

Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllari, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qarorlarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinfdan va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo'lishi lozim:
- ulg'ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bolaning betakror va o'ziga hosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e'tiborda tutish lozim;

  • milliylikni o'ziga xos an'ana vositalariga tayanish;

pedagoglar va o'qituvchilar o'rtasida o'zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish;

  • maktabning jamoat tashkilot, otaliq qiluvchi korxonalar bilan aloqasini mustahkamlash;

  • bolalar nazoratsizligi va qonun buzilishining oldini olish;

  • yashash joyi bo'yicha bolalarning bo'sh vaqtini tashkil etish;

  • o'quvchilarning oilalariga borish va bolalarni tarbiyalashda ularga yordam berish;

  • yosh avlodning Vatanga, jamiyatga va mehnatga, o'ziga va odamlarga munosabatini anglab olishga qaratilgan ahloqiy tuyg'ularini tarbiyalash.

Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o'quvchilar hayotidagi tarbiviy faoliyatni to'ldiradi. Ularning dunyoqarashini to'g'ri shakllanishiga, ahloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan chambarchas bog'lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko'p qirralidir.
Tarbiyaviy ishlar bolalarning kundalik hayotidan olingan aniq dalillar va voqealarni, badiiy adabiyot, vaqtli matbuot, kinofilmlardan olingan misollarni tahlil etish hamda muhokama qilish asosida o'tkaziladi. Bu ishlarning xususiyati shundaki, bu bolalarning o'zini ahloqiy xatti- harakatlari haqida mulohaza yuritishga va ularga to'g'ri baho berishga o'rgatadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o'quvchilarning darsdan bo'sh vaqtlaridagi o'quv tarbiya jarayonini to'ldiradi va kengaytiradi, o'quvchilarni mustaqil bilim olishlari, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi.
Shu sababli keyingi davrda o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko'ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat bermoqda.
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan tarbiyaviy ishlar o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to'ldiradi. Ularni ongli, dunyoqarashini shakllantiradi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
-darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish;
-o'quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko'p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o'quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo'lga qo'yish;
-sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo'nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, o'quvchilar tashkilotlari sinf faollariga uslubiy yordam ko'rsatish;
-umummaktab va maktablararo o'tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;
-o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy yo'nalishlari, mazmuni har bir yosh bosqichda o'quvchilarning psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo'lishi kerak.
Maktabda bashlang'ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish uni yo'lga qo'yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi tarbiyaviy ishning asosiy yo'nalishlari: o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish, ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash; o'quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; o'quvchilarda ahloq madaniyatini, ularning o'z xuquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash; o'quvchilarda o'z-o'zini boshqarish malakalarini shakllantirishdir.
Boshlang'ich sinf o'quvchisi va sinf rahbari faoliyatining asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarning ahil tarbiyaliy jamoani tashkil etishdir.
Boshlang'ich jamoa ishi shunday quriladiki, undan sinfning boshqa jamolari bilan aloqasi doimiy ravishda amalga oshiriladi, umum maktab an'analari saqlanadi. Boshlang'ich jamoa o'qituvchi-tarbiyachi va sinf rahbari, o'quvchilar o'z-o'zini boshqarish, o'z-o'zini boshqarish organlari rahbarligida umummaktab ijtimoiy foydali ishlari faoliyatida ishtirok etadi.
O'qituvchi va sinf rahbari sog'lom, ahil bolalar jamosini shakllantirish bilan birga doimiy bolalar qiziqishlarini qo'llab-quvvatlaydilar, ularning ijtimoiy foydali faoliyatini yo'naltirib boradilar.
Kichik yoshli o'quvchilar juda faol va harakatchan bo'ladilar. Faollikka intilish bu yoshdagi bolalarning organik ehtiyoji. Biroq bunda bolalar hali etarli hayotiy tajribaga ega bo'lmaydi va kundalik pedagogik rahbarlikka ehtiyoj sezadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi bolaning ilk maktabdagi qadamidanoq tarbiyaviy ishning chinakkam jamoatchilik munosabatlarini yaratishga zo'r imkoniyat beradigan, bolalarda bir-birlariga g'amxo'r munosabatda bo'lishni tarbiyalaydigan, individual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadigan usullarni tanlaydi.
O'qituvchi boshlang'ich sinflarda bolalarga o'zlarini qiziqtiruvchi faoliyat turini tanlashga yordam beradi. Biroq ko'pincha kichik yoshdagi o'quvchilar yosh xususiyatlariga ko'ra, o'z hususiyatlarini to'g'ri baholay olmaydilar.
Bolalarning o'sishi ularda jamoatchilik malaka va ko'nikmalarining shakllanib borishi bilan o'qituvchi-tarbiyachining bolalar jamoasiga rahbarlik qilishidagi jarayonini o'zgartirib boradi.
O'qituvchi boshlang'ich sinflardayoq ahil bolalar jamoasini yaratish asosida sog'lom jamoatchilik fikrini yaratadi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining bolalar tarbiyaviy jamosini yaratish sohasidagi ishini yuqori sinflarning sinf rahbarlari davom ettiradilar.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quvchilarni ta'lim va tarbiyaning tabiiy sharoitida, ularning jamoa faoliyati jarayonida o'rganadilar.
Sinfdan tashqari ish o'quvchilarga biror maqsadga qaratilgan pedagogik ta'sir vaqtini uzaytiradi, u o'qituvchining darslarda egallagan bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish,bolalarning qobilyatini rivojlantirish, ularning xilma-xil qiziqishlarini qondirish, madaniy dam olishlarini uyushtirish imkonini beradi. Sinfdan tashqari ish bolalarni jamiyat hayotiga jalb qilishning katta imkoniyatlariga ega.
Bu borada tashkilotlar faolligini uchta asosiy tomonini ko'rish mumkin: tashkilotchilik, usuliy va ma'muriy.
Tashkilotchi o'quvchilarda sog'lom e'tiqodni shakllantirishda ma'naviyat va ma'rifat xonalarini jihozlashga ham alohida e'tibor berishi kerak bo'ladi. Asosan, bunda u quyidagilarga e'tibor berish lozim:

  • O'zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari (Bayroq, Gerb, Madhiya) va ularning to'liq tasnifi;

  • siyosiy-huquqiy qadriyatlarimiz (mamlakatimiz xaritasi, Konstitusiyamiz hamda milliy valyutamizni ifodalovchi lavhalar);

  • ma'naviy-ma'rifiy islohotlarga oid Prezident Islom Karimovning asarlari hamda ularning qisqacha annotasiyasi;

  • milliy ma'naviyatimizning zabardast vakillari siymolari aks ettirilgan suratlar hamda ularning ta'sirchan fikrlaridan namunalar;

  • xalqimizning madaniy merosi, an'analari, udumlarini aks ettiruvchi ko'rgazmalar;

  • Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi nashrlari;

  • «Ma'naviyat» nashriyotida chop etilgan asosiy kitoblar;

  • «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi, shu fan hamda

«Ma'naviyat asoslari», «Odobnoma»ga doir darslik va qo'llanmalar, asosiy gazeta va jurnallar taxlamlari»

  • diniy-axloqiy kitoblar, ulardagi ma'naviy kamolotga undovchi fikrlardan namunalar.

Shuningdek, bu ishda o'ta muhim bo'lgan ikkita yangilikni joriy etishni tavsiya qilish mumkin:
Birinchisi, elshunos olim, tarix fanlari nomzodi Bilol Aminov tomonidan yozilgan
«Hikmat - ibrat» risolasida keltirilgan «Tillo qushchalar parvozi» nomli hikmatlar yo'riqnomasiga binoan ma'naviyat va ma'rifat xonasining bir qismida devorning kata va kichik sathi loyiha asosida ishlanib, «Dono bo'lay desangiz» yoki «olim bo'lay desangiz» kabi so'zlar zaruriyatga ko'ra turli tillarda yozib qo'yiladi. Bu kata yozuvlar ostiga naqshli hoshiyalarda hikmatli so'zlardan 15-20 tasi yozib qo'yiladi. Hoshiyalar atrofida chiroyli qushlar parvozi, daraxtlarda o'tirgan holatlari gul yoki daraxtda sayrayotgan qushlar tasviri beriladi.
Ostiga 8-10 quticha o'rnatiladi. Ularga haftada ikki yoki uch marta «vizitka» shaklidagi turli hikmatlar yozilgan «tillo qushchalar» maketi solib qo'yiladi, ularning soni o'quvchilar soniga qarab ko'paytirilishi mumkin. Chiroyli naqshli qog'ozchalarda 2 tadan hikmat yozilgan bo'ladi. «Tillo qushchalar» nomini olgan bu qog'ozchalarni o'quvchilar o'z ixtiyorlari bilan olishlari va kelgusida davomini sabrsizlik bilan kutishlari kerak. Mаtnlar maktab ma'naviyot va ma'rifat xonalarida tayyorlanadi va ko'paytiriladi.
Dastlab haftada bir marta, keyinchalik ikki-uch marta seanslar tashkil etish mumkin. Seanslarni katta tanaffus vaqtida yoki mashg'ulotlardan so'ng o'tkazsa bo'ladi. Seanslarda beriladigan ma'naviy oziq tabiiy ravishda ehtyojga aylanib ketishi va o'quvchilar e'tiborini tortishi uchun «chaqiruvchi xabar signallari»dan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, sun'iy daraxt yoki katta tuvakdagi manzarali daraxt va gullarga, ma'lum vaqtlarda ular orasiga ustalik bilan joylashtirishgan tovush chiqaruvchi karnaycha orqali magnitofondan sayroqi qushlar ovozi berib boriladi. Buni shunday tashkil etish kerakki, qush sayrashi o'rniga tanburda ijro etilgan mumtoz kuylardan berib borish ham mumkin. Bu lahzalarda o'quvchilar ham madaniy, ham ma'naviy oziq oladilar.
Ikkinchi yangilik – bu juda sodda, lekin g'oyatda mas'uliyatli ish, milliy ma'rifattizimidagi muhim o'zgarishdir. Xalqimizning madaniy merosi, urf-odatlari, an'analari va qadriyatlari tushirilgan videojamlanma tashkil etiladi. «Ming bor eshitgandan, bir bor ko'rgan afzal», - deydi dono xalqimiz.
«Odobnoma» hamda «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» darslarida faqat og'zaki bayon qilish uslubidan foydalanavermay, videojamlanma vositasida darslar tashkil etish juda katta samara beradi.
Ma'naviyat va ma'rifat xonalarini jihozlashda Davlat ramzlari va ular haqidagi ma'lumotlarni joylashtirishga alohida e'tibor qaratish lozim. Chunki, davlatchiligimiz tarixining qaysi bir davrini olib qaramaylik, Vatan timsollari aziz va muqaddas sanalgan. Har bir davrda ham davlat ramzlari, timsollari shunchaki siyosatni amalga oshirish vositasi bo'libgina qolmay, balki juda kata ijtimoiy-ma'naviy ahamiyat ham kasb etgan. Xalqimizning mustaqil va mustahkam davlat barpo etish g'oyasi, salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, eng avvalo, davlat ramzlari va timsollarida o'z ifodasini topgan.
Shuning uchun ajdodlarimiz ham ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy hayotida ramzlar va timsollarni juda e'zozlagan. Xalqimiz vakillari davlat timsollari uchun, hatto, o'z jonlarini ham fido etgan. Jangu jadallarda bayroqning qulashi yoki dushman qo'liga o'tishi mag'lubiyat bilan barobar turgan. Bu borada tariximizdan juda ko'p misollari keltirish mumkin. Masalan, 1221 yilning kuzida mo'g'ul bosqinchilari olti oylik qamaldan so'ng Xorazm poytaxti Gurganjga yopirilib kirganida, millatimizning buyuk qahramonlaridan biri Shayx Najmiddin Kubro shahar mudofaasiga rahnamolik qilib, tengsiz kurashda o'z ko'ksini dushman nayzasiga qalqon qiladi, yurt ozodligi yo'lida shahid bo'ladi. Aytishlaricha, Shayx o'limi oldidan mo'g'ul yalovbardoridan dushman bayrog'ini tortib olib, u bilan erga qadar kuchli ediki, mo'g'ullar keyinchalik Shayxning jonsiz qo'lidan bayroqlarini tortib ololmagan va uning panjalarini kesib, o'z bayroqlarini olgan. Shayx Najmiddin Kubroning yurt ozodligi yo'lidagi bu jasorati qariyb sakkiz yuz yildirki, barcha avlodlarga ibrat bo'lib kelmoqda.
Sohibqiron Amir Temur davrida ham davlat bayog'i juda kata ahamiyat kasb etgan. Shu sababli jangu-jadallarda davlat bayrog'ini Amir Temurning eng ishongan bahodir sipohiylari qo'riqlagan. Amir Temur «Tuzuklar»ida ta'kidlanishicha, dushman ustidan shijoat va mardlik ko'rsatib g'alaba qozongan amirlar va sipohiylar Temur davlatining timsollari – tug', nog'ora bilan mukofatlagan. Bu ham Sohibqiron saltanatida davlat ramzlari nechog'li baland turganligidan dalolatdir.
Shonli tariximizdan bunga o'xshash misollarni ko'plab keltirish mumkin. Kelajagi buyuk davlat barpo etish g'oyasi mustaqilligimizning ilk kunlaridayoq qabul qilingan davlatimiz ramzlari ham o'z ifodasini topgan. 1991 yilning 18 noyabrida qabul qilingan bayrog'imizda ham xalqimizning xohish-irodasi, aql-salohiyati, asrlar davomida so'nmagan g'ururi, kayfiyati aks etgan.
Davlatimiz bayrog'ida ifoda etilgan yangi chiqib kelayotgan yarim oy, yulduzlar, moviy, oq, yashil ranglar hamda qizil hoshiya chiziqlar xalqimiz g'ururi va kelajakka bo'lgan ishonchining ifodasidir. Respublikamiz miqyosida o'tkaziladigan ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy- ma'rifiy tadbirlar Davlat bayrog'ini tantanali suratda ko'tarish, madhiyamizni kuylash iblan boshlanadi. Xalqimizning mustaqillik tufayli qaddini tiklagan ma'naviyati, g'ururi 1992 yilning 2
martida BMTga a'zo maalakatlar safida O'zbekiston bayrog'ining hilpirashi bilan bir necha bor o'sganligi hech kimga sir emas.
Davlat bayroqining huquqiy asosi 1991 yil 18 noyabrida qabul iqilingan «O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida»gi Qonun bilan mustahkamlanib, bu hujjatda bayrog'imizning shakl-shamoyili, undan foydalanishining yo'l-yo'riqlari puxta va aniq ko'rsatib berildi.



Download 145.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling