Mundarija kirish. 3 I bob. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishning ilmiy- nazariy asoslari


Download 145.58 Kb.
bet21/26
Sana04.04.2023
Hajmi145.58 Kb.
#1323416
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Tajriba boshidagi ko‘rsatkich


3.1- jadval



Sinflar

O‘quvchilar soni

Javoblar soni

Yuqori

O‘rta

Past

Tajriba guruhi

32 nafar

6

16

10




% hisobida

100 %

21

49

30

Nazorat guruhi

31nafar

5

14

12

% hisobida

100 %

16

45

39



Tajriba yakunidagi ko‘rsatkich




3.2-jadval



Sinflar

O‘quvchilar soni

Javoblar soni

Yuqori

O‘rta

Past

Tajriba guruhi

32 nafar

20

9

3

% hisobida

100 %

60

30

10

Nazorat guruhi

31 nafar

11

14

6

% hisobida

100 %

35

45

20

Mazkur paragrafda bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, tadqiqot ishiga tizimli va maqsadga muvofiq yondashish tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim jarayonining samarali kechishini ta’minlaydi. Ushbu fikrni tajriba-sinov ishlarining yakuniy natijalari ham tasdiqlaydi.



beradi:

UCHINCHI BOB BO‘YICHA XULOSA


O‘tkazilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar quyidagilarni xulosa qilishga imkon



      1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida barkamollik sifatlarini shakllantirish uchun tarbiyaviy ishlarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish bu sohada kutilgan samaradorlikka erishish imkonini berdi.

      2. Pedagogik tadqiqotlarda psixologik nazariya va amaliy-ilmiy apparatni ko‘llanilishi hamda muhitga muvofiqlantirilishiga erishildi;

      3. O‘quvchilar bilan kichik guruhlarda ishlash natijasida ular orasida subyekt-subyekt munosabatlarini ta’minlash, ishchan muloqot, mustaqillik, faollik, hamkorlik, o‘zaro ishonchga asoslangan pedagogik muhit vujudga keltiriladi.

      4. Amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlari davomida boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish muayyan metodika yordamida izchil takomillashtirildi va ma’lum darajada boyitildi. Bu esa taqdim etilgan metodikaning samaradorlik darajasini tasdiqladi va tadqiqot farazi to‘g‘riligini ilmiy jihatdan asoslash imkonini berdi.

      5. Tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish jarayonida tabiya maqsadlari, motivlar, ko‘rsatmalar, nuqtai nazarlar, qadriyatlar, shaxs tarbiyasi bilan kuzatiladigan va boshqariladigan, aniq shaklda tashkil qilingan psixomotor jarayon sifatida xizmatga oid funksiyalar ahamiyati boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’sir ko‘rsatishi pedagogik jihatdan dalillandi.



UMUMIY XULOSALAR


O‘tkazilgan tadqiqotlar va ularning natijalari qo‘yilgan farazlarni to‘la tasdiqladi hamda quyidagilarni xulosalashga imkoniyat yaratdi:

  1. Boshlang‘ich sinf tarbiyaviy ishlarini texnologiyalashtirishning limiy asoslarini yaratish dolzarb pedagogik muammolardan biri ekanligi ijtimoiy zarurat, ehtiyoj namoyon etdi.

Izlanish maqsadini tadqiqotda qaror toptirish uchun boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslanildi;

  1. Boshlang’ch sinflarda tarbiyaviy ishlarning texnologiyasi pedagoglar tomonidan maxsus turdagi topshiriqlar, mustaqil faoliyat turlarini bajarish orqali ro‘yobga chiqarildi. Tarbiyaviy ishlar jarayoni to‘laqonli tarzda o‘quvchiga yo‘naltirilsa, uning ehtiyoj va imkoniyatlari, qiziqishlari, iqtidorini hisobga olgan holda muayyan prinsiplar asosida tashkil etilsa, bunday tarbiya natijalari, birinchi navbatda, o‘quvchi shaxsining o‘zini, shu bilan bir qatorda, davlat, jamiyat hamda fan va ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi omil darajasiga ko‘tariladi.

  2. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishda tarbiyaviy xususiyatlar, pedagogik-psixologik o‘ziga xosliklarni alohida hisobga olish talab etiladi.

  3. Tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy loyihalarni ishlab chiqish va tarbiya jarayoniga tadbiq etish tarbiyaviy ishlarni samarali rivojlantirish imkonini beradi.

  4. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish uchun uchun o‘quv-biluv jarayonida ularni faol fikrlash va mustaqil faoliyat ko‘rsatishga undovchi innovatsion texnologiyalardan foydalanish bu sohada kutilgan samaradorlikka erishish imkonini berdi.

  5. O‘quvchilar bilan kichik guruhlarda ishlash natijasida tarbiyaviy ishlar jarayonida, ular orasida subyekt-subyekt munosabatlarini ta’minlash, ishchan muloqot, mustaqillik, faollik, hamkorlik, o‘zaro ishonchga asoslangan pedagogik muhit vujudga keltiriladi.

  6. Kichik guruhlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirishga yo‘naltirilgan holda tashkil etilgan pedagogik jarayon erkinlik, insonparvarlik tamoyillari asosida tashkil etilgan tarbiya muhiti tarbiya oluvchilarni rivojlantirish imkoniyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi.

  7. Tajriba-sinov natijalari boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda qo‘llanilgan metodikaning samaradorlik darajasini asoslab berish orqali tadqiqot ilmiy farazining to‘g‘riligini ko‘rsatdi.

  8. Ertaliklar mazmunin milliylashtirish va zamonaviylashtirishda, shuningdek, ularda pedagogik texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini chuqur tahlil qilish va shu asosda didaktik topshiriqlardan optimal ravishda foydalanish zaruriyati mavjud.

  9. O‘quvchilar orasida qulay tashkil qilingan faoliyatgina ularning sinf, maktab jamoasi va oila a’zolari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarini barqarorlashtiradi. Bu borada ko’rik-tanlov va sayohatlarning ahamiyati nihoyatda kattadir.

Download 145.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling