Mundarija kirish. 3 I bob. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishning ilmiy- nazariy asoslari


Download 145.58 Kb.
bet3/26
Sana04.04.2023
Hajmi145.58 Kb.
#1323416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Yosh avlod tarbiyasi aslida inson paydo bo‘lgan davrdan boshlanadi. Kishilar goh u, goh bu yo‘sinda farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanib
kelganlar. Qadimda ular tarbiyaga oid o‘z qarashlarini ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, dostonlar, maqollar va boshqalarda pand-nasihat tarzida ifodalab o‘tganlar.
“Avesto”, O‘rxun-Yenisey yodgorliklari, Qur’oni Karim va Hadisi Sharif kabi yozma manbalarimizda ham yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor berib kelingan.
Markaziy Osiyo allomalari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Kaykovus, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur kabi allomalarimizning asarlarining bosh g‘oyasini ham yosh avlodni yuksak ma’naviyatli, ma’rifatli, vatanparvar insonlar etib tarbiyalash masalasi tashkil etadi.
Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan qator ishlarda muammoning pedagogik talqini bayon etilgan bo‘lib, S.Nishonova, O.Musurmonova, U.Mahkamov kabi ko‘plab olimlarning ilmiy tadqiqotlari shu jihatdan e’tiborga loyiqdir.
Pedagog olimalarimizdan professor Oysha Hasanova o‘z tadqiqotlarida kuni uzaytirilgan guruhlarda olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning ko‘lamiga to‘xtalib o‘tgan.
Mustavillikdan keyingi yillarda professor R.Mavlonova va kat. o‘qit. B. Normuradovalar tadqiqotlarining mazmunini ham tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga bag‘ishlangan.
Oliy ta’lim talabalari tarbiyaviy ishlarini tashkil etish muammosi pedagog olima Zuhra Ashurova tadqiqotlarida o‘rganilgan.
Afsuski, yurtimizda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga birinchi darajali ish sifatida qaralayotgan bugungi bir paytda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishga oid ilmiy izlanishlar yetarlicha olib borilayotgan yo‘q.. Balkim, shu boisdan tarbiyaviy ishlarga oid darsliklar, metodik qo‘llanmalar yetarli daraja deb bo‘lmaydi.
Tadqiqotning maqsadi – boshlang'ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Download 145.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling