Tadqiqotning ob’yekti – boshlang'ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil jarayoni.
Tadqiqotning predmeti – boshlang'ich синфларда тарбиявий ташкил этишнинг mazmuni, manbalari, shakllari, vositalari.
Tadqiqot metodlari: nazariy tahlil, kuzatish, suhbat, anketa, savol-javob, test so‘rovlari, pedagogik ekspriment, matematik statistika.
Tadqiqotning ilmiy farazi shundan kelib chiqadiki, agar:
Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil texnologiyasi pedagogik muammo ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilsa;
o'quvchi shaxsini shakllantirishda tarbiyaviy ishlarning muhim vosita ekanligi tadqiqotda o‘z isbotini topsa,
boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqilsa kutilgan samaradorlikka erishish mumkin.
Tadqiqotning maqsadi va ilmiy faraziga muvofiq quyidagi vazifalar belgilandi: Birinchidan, tarbiyaviy ishlarning mazmuni, turlari va yo‘nalishlarini tahlil qilish;
Ikkinchidan, boshlang'ich ta'lim jarayonida tarbiyaviy ishlardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish;
Uchinchidan, tarbiyaviy ishlar jarayonida o'quvchi shaxsini shakllantirishning omillarni aniqlash;
To‘rtinchidan, ishlab chiqilgan tadqiqotni sinovdan o‘tkazish va uning samaradorligini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish muammosi birinchi marta ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganildi.
Maktab tarbiyaviy ishlarining nazariy va texnologik asoslari yaratildi.
Boshlang‘ich sinf tarbiyaviy ishlarini texnologiyalashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. Pedagogika nazariyasi fani boshlang'ich ta'lim jarayonida tarbiyaviy ishdan foydalanish texnologiyasiga oid nazariy qarashlar, yondoshuvlarga ega bo'ladi. Qaysikim, ushbu metodika va nazariy qarashlardan boshlang'ich sinf o'qituvchilari, kadrlar malakasini oshirish tinglovchilari foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |