Tadqiqotning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi”, Pedagogika fani konsepsiyasi, Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi, Boshlang‘ich ta’limning davlat ta’lim standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning shaxs kamoloti, yoshlarni vatan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ta’lim tizimi, shu jumladan, boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish haqidagi nazariy qarashlari, yondashuvlari, tarixiy-ma’naviy meros namunalari, shuningdek, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, metodik manbalar, o‘quv metodik majmualar.
Himoyaga olib chiqiladigan holatlar:
Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari.
Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga xizmat qiladigan manbalar va vositalar.
Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning zamonaviy texnologiyalari va uning samaradorlik darajasi.
Tadqiqotning bosqichlari: tadqiqot ishi ikki bosqichda amalga oshirildi:
Birinchi bosqich (2011-2012 yillar)da izlanayotgan muammo bo‘yicha ya’ni tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqidagi pedagogik va ilmiy ommabop adabiyotlar o‘rganildi. Boshlang‘ich ta’lim dasturlari, metodik adabiyotlar, hujjatlar tahlil qilindi. Ish tajribalari bilan tanishildi. Ilmiy tadqiqotning nazariy asoslari, holati aniqlandi, tadqiqot ishining dasturi va metodlari ishlab chiqildi. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish texnologiyasi holati bo‘yicha yutuq va kamchiliklar tahlil etildi hamda tajribalari umumlashtirildi. Tajriba-sinov maydonlari belgilandi.
Ikkinchi bosqich (2012-2013 yillar)da tadqiqot doirasida tajriba sinov ishlari olib borildi va uning natijalari amaliyotga tatbiq etildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonining pedagogik shart-sharoitlari o‘rganildi. Kuzatishlar va chiqarilgan xulosalarga asoslanib, metodik tavsiyalar tayyorlandi. Tajriba-sinov ishlari natijalari tahlil qilindi, umumlashtirildi, mavjud materiallar dissertatsiya shaklida rasmiylashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |