Mundarija kirish. 3 I bob. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishning ilmiy- nazariy asoslari


Download 145.58 Kb.
bet6/26
Sana04.04.2023
Hajmi145.58 Kb.
#1323416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Tadqiqot natijalarining joriy etilishi va amaliyotga tatbiq qilinganligi: Tadqiqot 2011yilda Qarshi davlat universitetining «Boshlang’ch ta’lim» kafedrasining majlisida, ilmiy metodologik seminarlarda atroflicha muhokama qilingan va himoya uchun tavsiya etilgan. Tadqiqotchi o‘z chiqishlari bilan Viloyat ilmiy-amaliy anjuman va seminarlarida (2012-2013 yillar) qatnashgan.
Ishning sinovdan o‘tganligi: Tadqiqot ishi natijalari Qarshi tumanidagi 25–sonli umumta’lim maktabining boshlang‘ich ta’lim o‘quv faoliyatiga tatbiq etilganligi hamda tajriba- sinov ishlarining muvaffaqiyatli yakunlanganligi bilan tavsiflanadi.
Tadqiqot natijalarining chop etilganligi: dissertatsiya ishining mazmuni 2012-2013 yillarda o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyalardagi tezislarda ( 3 ta ilmiy maqolalarda ) o‘z ifodasini topgan.
Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi: dissertatsiya kirish, 3 bob, 6 paragraf, boblar bo‘yicha xulosalar, umumiy xulosa va tavsiyalar, hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, uning hajmi 95 sahifani tashkil etadi.

I - BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYAVIY ISHLARNI TEXNOLOGIYALASHTIRISHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI





    1. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish pedagogik

muammo sifatida


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini ta’lim sohasi tashkil etadi. Ayni damda ta’lim jarayoni islohoti rejalashtirilgandek amalga oshrilmoqda. Ya’ni,


«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro'yobga chiqarishning uchinchi sifat bosqichida - «ta'lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o'quv- tarbiya jarayonini yuqori sifatli o'quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash, uzluksiz ta'lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish»”2 vazifalari belgilab qo'yilgan edi. Shubhasiz, ushbu vazifadan maqsad mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin olishi, bozor iqtisodiyoti saroitida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishishdan iboratdir.
Bugungi kunga kelib Respublikamiz uzluksiz ta'lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar o’z natijasini berdi va dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi. Bu ulkan yutuqlarning samarasi sifatida ta’lim jarayonida keng qo’llanilib kelinayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligining oshganligini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Bizga ma’lumki, innovatsiyalar uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta'lim jarayonida o’quvchilarning sifatli bilim olishlarini kafolatlabgina qolmay, ularning intellektual qobiliyati, mustaqillik tafakkurini shakllantirishga olib keladi.


2Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq NMK, 1997. –61 b.
Demak, innovatsiyalar yangiliklar asosida vujudga keladi va ta'lim jarayonini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida innovatsiyalardan o’rinli foydalanish o’qituvchi uchun ham o’quvchi uchun ham ko’plab qulayliklarni yaratib beradi. Xuddi shunday tarbiyaviy ishlarda ham innovatsion texnologiyalardan foydalanish faqat va faqatgina samadorlikning oshishiga olib keladi.
Demak, belgilangan vazifalar asosida bugungi kunda ta’lim sohasida juda katta ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiyaning ta’lim-tarbiya jarayoniga kirib kelishi jadallashmoqda.
Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra redagogik texnologiyaning rivojlanishini 4 bosqichga bo‘lish mumkin:

  1. bosqich – 40-50 yillar. Pedagogik texnologiya ta’lim jarayonida audiovizual (texnik vositalar) vositalardan foydalanish deb tushunilgan.

  2. bosqich. 50-60 yillar. Ta’lim texnologiyasim programmalashtirilgan ta’lim sifatida qaralar edi.

  3. bosqich. 60-70 yillar. Ta’lim jarayonini loyihalashtirib, aniq belgilangan maqsadning kafolatlangan natijasiga erishish sifatida qaraladi.

  4. bosqich. Ta’lim jarayoniga kompyuter texnologiyasi va axborot texnologiyalarining kirib kelishi bilan bog‘liq.

Texnologiya nima?
Texnologiya - yunoncha so‘z bo‘lib, texne-mahorat, san'at, logos-tushuncha, ta'limot ma'nolarini anglatadi. Texnologiya tushunchasi-tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmui; shunday usul va metodlarni ishlab chiqaruvchi va takomillantiruvchi fan sifatida ta'riflanadi.
V.M.Shepel ta’rifiga ko‘ra texnologiya- ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi. Keyinchalik texnologiya tushunchasi ta’lim jarayonlarida ta’lim texnologiyasi nomi bilan qo‘llanila boshladi.
Pedagogik texnologiya asrimizning 60-yillarida Amerika Qo‘shma Shtatlarida, 70-80 yillarda boshqa rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanila boshlandi.
YUNESKOning 1996 yildagi xalqaro konferensiyasida mamlakatning ma‘naviy iqtisodiy salohiyatini oshirishda va ta’lim-tarbiyani intensivlashtirishda pedagogik texnologiya muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy asoslanadi.
“Pedagogik texnologiya bilimlarni o‘rganish yaxlit jarayonida ta’lim shakllarini optimallashtirish, texnikaviy, insoniy imkoniyatlar, ularning o‘zaro hamkorligini amalga oshirish metodlari tizimidir”, - degan xulosaga kelinadi.
Pedagogik texnologiya nima?
Bu haqida ko‘pgina mualliflar o‘z ta’riflarini berganlar. Bular:
BMT ning nufuzli idoralaridan biri bo‘lgan YUNESKO ta’rificha:
Ta’lim texnologiyasi – ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o‘zaro ta‘sirini hisobga olgan holda, butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini aniqlash, yaratish va qo‘llash tizimidir.
V.P.Bespalko: «har qanday faoliyat yoki texnologiya, yoki san‘at bo‘lishi mumkin. San‘at ichki sezgi (intuitsiya)ga, texnologiya esa fanga asoslanadi. hammasi san‘atdan boshlanadi va texnologiya bilan tugaydi va yana qaytadan boshlanadi» - degan edi.
M.Ochilov “Pedagogik texnologiya – tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob‘ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta‘sirini inobatga olib, ta’lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir”, degan ta’rifni beradi.
Pedagogik texnologiyaga professor N.Saidahmedov: “Pedagogik texnologiya bu o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga ta‘sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni”-degan ta’rifni beradi.
Ta’lim texnologiyasi – oldindan belgilangan o‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan, ta’lim jarayonida inson va texnika resusrlaridan foydalanishning loyihalashtirilgan muayyan tizimi. XTV “Multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish” markazi ta’rifi.
Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda "yangi pedagogik texnologiya", "ilg‘or pedagogik texnologiya", "zamonaviy pedagogik texnologiya" iboralari keng qo‘llanilmokda. Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiya asosida o‘qitishni boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi.
Aslini olganda, pedagogik texnologiya - bu o‘qitishga o‘ziga xos bo‘lgan yangicha (innovatsiya) yondashuvidir.
Keltirilgan ta’riflarni ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo‘lsak, uzoq horijda berilgan ta’riflar bilan MDH mamlakatlari olimlari bergan ta’riflari bir-biriga yaqin kelsada, farqi ham anchaligini ko‘ramiz. Jumladan, YUNESKO ta’riflarida tizimli yondashuv tamoyillariga alohida urg‘u berilgan.
Jahon ta’limi taraqqiyoti tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta’limning takomillashishi va taraqqiy etishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Prezident I. Karimov ta’kidlab o‘tganidek: «Aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi yo‘q. Toki hayot davom etar
ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan yangi-yangi talablarga ko‘ra mustaqil ravishda o‘zgarib-yangilanib boraveradi».3
Respublikamizda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dastur» va
«Davlat ta’lim standart»lari talablariga mos keladigan yangi ta’lim texnologiyalarini yaratish dolzarb muammoga aylandi. An’anaviy ta’lim tizimidan farqli ravishda, pedagogik texnologiyalar ta’lim – tarbiya jarayonidagi boshqa innovatsiyalar bilan kirishib va rivojlanib keta olishi ilg‘or davlatlar tajribasida allaqachon o‘z isbotini topgan.
Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilgan tarbiyaviy ishlar samarali natija berib, o‘quvchilarni bevosita maktab, o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Bunday innovasion metodlarga kichik guruhlarda ishlashning quyidagi: «Aqliy hujum»,
«Rolli o'yinlar», «Munozara-ringi», «Yechimlar daraxti», «Sinkveyn», «Klaster», «Kubiklar»,
«B-B-B», “Zigzag» va boshqa shakllarini misol qilib keltirish mumkin.
Shulardan biri - “Breynshtorming” (“Aqliy hujum”) metodidir. Breynshntorming – yangi g'oyalar yaratish metodidir. Bunda o'quvchilar kichik guruhlarga birlashgan holda muammoni echishga harakat qiladilar: muammoni echish uchun shaxsiy g'oyalarini ilgari suradilar.
«Aqliy hujum»ning vazifasi o'quvchilarni ko'proq mustaqil fikrlashga va yangi g'oyalarni yaratishga undashdir. Masalan, ko’rik tanlovlar tashkil etganda ham ushbu metoddan foydalanish mumkin. Bunda o'quvchilar kichik guruhlarga bo’linadilar va har bir guruh nomlanadi. Ko’rik tanlov shartlari o’quvchilar tomonidan ishlab chiqilgan g’oyalar asosida baholanadi. Bunda o'quvchilar tomonidan bildirilgan har qanday g'oya va fikrlar hisobga olinadi. Bildirilgan g'oya va fikrlarni to'ldirish va yanada kengaytirish uchun imkoniyat yaratiladi.
O’quvchilar faolligini oshiruvchi metodlardan biri - sinkveyn strategiyasidir. Sinkveyn- fransuz tilida «besh qator» ma'nosini bildiruvchi pedagogik strategiya hisoblanadi. Sinkveyn- ma'lumotlarni umumlashtirishga yordam beradigan qofiyasiz she'r bo'lib, unda o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to'g'risidagi axborot yig'ilgan holda, o'quvchi tilidan turli variantlarda ifodalanadi.
Sinkveyn tuzish-murakkab fikrlarni bir nechagina so'zlar bilan ifodalash uchun muhim bo'lgan ko'nikmadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
Sinkveyn tuzishda quyidagilarga amal qilish kerak:

  1. qator: Mavzu birgina so'z, ot orqali ifodalanadi.

  2. qator: Mavzu ikki so'zdan iborat sifat bilan ifodalanadi.

  3. qator: Mavzu doirasidagi hatti-harakat uchta so'z orqali ifodalanadi. Bu so'zlar fe'l yoki ravishdosh bo'lishi lozim.

3 Karimov I. A. “O‘zbekiston buyuk kelajak sari” T. O‘zbekiston, 1998 y. –62 b.

  1. qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to'rtta so'zdan iborat bo'lgan yaxlit fikr ifodalovchi gap yoziladi.

  2. qator: Mavzuni takrorlaydigan sinonim so'z yoziladi. Masalan:

Ertak


Qiziqarli, sehrli.
Ertak tinglash yoqimli.
Ertaklar- insonlarni yaxshilikka yetaklar! Cho'pchak, mаtal.
Tarbiyaviy ishlarda sinkveyn metodidan foydalanish natijasida o'quvchilar bilimi faollashadi, ularning tadbirga qiziqishi yanada ortadi.
Pedagogik texnologiyaning samarali metodlaridan biri bu - klasterdir. «Klaster» so'zi “g'ujum”, “bog'lam” ma'nosini anglatadi. Bu usul ko'p variantli fikrlashni o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o'rtasida aloqa o'rnatish malakalarini rivojlantiradi. Klasterlar asosan yangi fikrlarni uyg'otish, mavjud bilimlarga yetib borish strategiyasi bo'lib, muayyan mavzu bo'yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Klaster tuzishda guruhdagi barcha o'quvchilarning ishtirok etishi lozim bo’ladi.
Shuningdek, tarbiyaviy ishlar jarayonida davralar metodidan foydalanish ham mumkin. Ushbu metod haqida pedagog olima T. G‘afforovaning “Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmasida quyidagicha fikrlar bildirilgan: “Bunda о‘quvchilar davra qurib o‘tirib, taklif etilgan savolni galma-gal izohlab chiqishadi. Har bir o‘quvchi o‘z fikrini bayon qilib, muhokamaga foydali ulush qo‘shish imkoniga ega bo‘ladi, chunki barcha qatnashchilarning fikrini bilish muhim. Lekin qatnashchilar o‘z ixtiyori bilan navbatini o‘tkazib yuboradigan bo‘lsa, bu – tamomila odatdagicha hol. Ba‘zan qanday bo‘lmasin biror savol yoki topshiriq davra bo‘ylab o‘tkaziladi va uni olgan o‘quvchi o‘z fikrini aytish huquqiga ega bo‘ladi”4.
Davra metodida hamma teng huquqlidir. Bunda hamma bir-birini ko‘rib turishi, ishtirokchilar so‘zlayotgan kishining gaplarini diqqat bilan tinglashi lozim bo’ladi. Davrani tashkil etishning muhim shartlaridan biri ishtirokchilar bir-birini ko‘rib tura oladigan joy tanlanishi, shuningdek, so‘zga chiqmaganlar diqqat bilan boshqalarni tinglab borishlari, aytilayotgan gaplarga izoh bermasliklari lozim bo’ladi.
Shuningdek, ushbu qo‘llanmada akvarium metodi quyidagicha izohlanadi: “Guruhdan ixtiyoriy ravishda 3 kishi tanlab olinadi. Bular sinfning o‘rtasidan joy oladilar – go‘yoki “baliq”, qolganlar esa, kuzatuvchi bo‘lishadi. Shu kichik guruhga bir vaziyat taklif etiladi, ular buni 10–
4 G‘afforova T. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Qarshi. Nasaf.: 2009, -115 b.
15 daqiqa davomida birgalikda muhokama qilishlari, kuzatuvchilar esa, davradagi o‘rtoqlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javoblarini yozib borishlari kerak. Avval “baliqlar” g‘oyasi taklif etiladi, uni kuzatuvchilar muhokama qilishadi, keyin kuzatuvchilar o‘z g‘oyalarini taklif etishadi, shu g‘oyalardan eng yaxshisining muallifi o‘z g‘oyasini taklif etmagan o‘quvchi o‘rniga kichik guruhga o‘tadi”5.
“Akvarium” metodining afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • mavzu barcha ishtirokchilar tomonidan muhokama qilinadi;

  • metodni bajarish jarayonida mavzu qismlarga ajratiladi, o‘quvchilar bilimini tekshirish imkoniyati yuzaga keladi;

-mashg‘ulot o‘yin ko‘rinishida tashkil etilishi bois, qiziqarli o‘tadi;
-barcha o‘quvchilarning ishtirok etishi ta’minlanadi.
Ruchka stol o‘rtasida” metodi haqida ham qo‘llanmada quyidagi fikrlar keltirilgan. Butun guruhga topshiriq beriladi. Har bir o‘quvchi bitta javob variantini bir varaq qog‘ozga yozib, uni qo‘shnisiga beradi, o‘z ruchkasini esa, stolning o‘rtasiga surib qo‘yadi.
Topshiriqqa misol:
O‘qituvchining guruhga beradigan topshirig‘ini hayotiy misollar bilan sharhlab berish.
Ajratilgan 10-15 daqiqa vaqt ichida guruh mumkin qadar ko‘proq sonda javob variantlari berishi kerak. Bir varaq qog‘ozga yozilgan topshiriq bir o‘quvchidan ikkinchisiga uzatiladi. O‘quvchi javobni yozib, qog‘ozni keyingi o‘quvchiga uzatadi, ruchkasini esa, o‘ziga ro‘baro‘ qilib, stolga qo‘yib qo‘yadi. Javobni bilmaydigan o‘quvchi qog‘ozni keyingi o‘quvchiga uzatadi- yu, lekin ruchkasini qo‘lida olib qoladi. Bu metodikaning yana bir sharti: bitta variantni ikki qayta berish mumkin emas, boshqacha aytganda, qaytariqlar bo‘lishiga bu o‘rinda yo‘l qo‘yilmaydi.
Topshiriq bajarildi. Javob variantlari yozilgan qog‘oz o‘qituvchida. U o‘sha variantlarni sanab o‘tadi.
Variantlar sanab o‘tilar ekan, ularning har biri bir yo‘la muhokama qilib boriladi: “Ruchka stol o‘rtasida” metodining bir qancha afzalliklari bor:
-o‘qituvchi mashg‘ulotga kim tayyor, kim tayyor emasligini ko‘rib turadi;
-mashg‘ulotga tayyorlanmagan o‘quvchi og‘zaki muhokama paytida ko‘rib chiqilayotgan mavzu yuzasidan anchagina foydali bilimlar olishi mumkin;
-bu guruhda olib boriladigan ish bo‘lib, o‘quvchilar intizomini mustahkamlaydi va ularni jipslashtiradi, chunki o‘z varianti ustida juda uzoq o‘ylab o‘tiradigan o‘quvchi butun guruhga ajratilgan vaqtni sarflaydi. Shuningdek, o‘quvchi mashg‘ulotga tayyor bo‘lmasa, bunda ham u guruhga pand beradi, chunki guruh uning uchun ishlashi kerak bo‘ladi;


5 O’sha kitob -118 b.
- o‘quvchilar o‘z javoblarini ikki marta: yozma ish paytida va og‘zaki muhokama vaqtida tahlil qilib chiqishadi.
Tarbiyaviy ishlarda “MUNOZARA” metodidan ham foydalanish maqsadga muvofiq. Munozara – bu ikki yoki bundan ko‘proq kishilarning keskin chegaralangan qoidalar doirasida og‘zaki ravishda o‘zaro olib boradigan bahsi, munozarasi, masala talashuvidir. Uning asosida kamdan-kam hollarda yashirin mo‘ljal pinhon yotadi, bu o‘rinda faqat nazariy qiziqish va oqillik bilan keltirilgan dalil yordamida opponentdan ustun kelish ishtiyoqi bo‘ladi. Munozara nazariya yoki g‘oyalarni targ‘ib qilish maqsadida emas, balki mamnun bo‘lish va qatnashchilarga bilim berish maqsadida olib boriladi. Munozara mavzui hamisha taklif ko‘rinishida maydonga qo‘yilishi kerak, gap namalar to‘g‘risida ketayotgani juda ham aniq-ravshan bo‘lishi uchun esa jumlalarni sinchiklab tuzib olish lozim. Munozarada, hech bo‘lmaganda, ikki nafar so‘zlovchi va rais qatnashadi. Qatnashchilarning biri taklifni qo‘llab quvvatlab chiqsa (munozarani ochuvchi kishi), ikkinchisi – bu taklifga qarshi bo‘lib chiqadi – opponent bo‘ladi. Munozaralarda boshqalar ham biror tomon tarafdori bo‘lib so‘zga chiqishi mumkin.
Munozara ochuvchi kishi va opponent, shuningdek qo‘shimcha ravishda so‘zga chiqadiganlar o‘z so‘zlarini oldindan tayyorlab olishlari kerak. Har bir kishi muayyan vaqt davomida, odatda, 15 daqiqa so‘zlaydi, har qaysi tomondan qo‘shimcha ravishda so‘zga chiquvchilar ko‘p deganda 2 kishi bo‘lishi va ularning so‘zlash vaqti 5 daqiqadan ortmasligi kerak. Munozara ochilishidan oldingi yarim soat davomida guruhning har bir a‘zosi uning mavzui yuzasidan fikr bildirishi – unga qo‘shilishi yoki qarshi chiqishi mumkin. Bunga 3 daqiqa beriladi, ikki marta so‘zga chiqish ruxsat etilmaydi. So‘zga chiquvchilarning hammasi raisga murojaat qilishadi, uning qarori uzil-kesil bo‘lib hisoblanadi.
So‘zga chiqish tartibi quyidagicha:

  • munozarani ochuvchi;

-opponent;

-opponent yordamchilari;
-sinfdagilarning so‘zga chiqishi;

  • munozarani ochuvchi.

Raisning asosiy vazifasi munozara tartibiga qattiq amal qilinishi va so‘zlovchilarning munozara mavzuidan chetga ketmasligini kuzatib borishdan iborat.
Boshlang’ch sinf tarbiyaviy tadbirlarida “blits– o‘yin ” texnologiyasidan foydalanish ham yaxshi samara beoadi. Blits– o‘yin texnologiyasi o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan narsa va predmet asosida xilma-xil fikrlardan to’g’risini tanlab olishga o‘rgatadi. O’yin davomida o‘quvchilar o‘zlari to’g’ri deb bilgan javobni boshqalarga o‘tkazish
imkoniyatiga ega bo’ladilar, chunki o’yinning muhim shartlaridan biri ham shudir. Ushbu texnologiya ko’p bosqichlarda amalga oshiriladi. Boshlang’ch sinf o’quvchilari uchun texnologiya shartlarini soddalashtirish, o’quvchilarning yoshiga mos holda o’yinni tashkil etish mumkin.
Yuqorida keltirilgan metodlardan foydalanish boshlang’ch sinflarda tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirib, oquvchilarda faollik, ijodkorlik, yaratuvchanlik, mustaqil fikrlash kabi qobiliyatlarini o’stiradi, ularning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.



    1. Download 145.58 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling